O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


Muhammad (s.a.v.) vafot etgach, uning eng yaqin safdoshi  Abu Bakr



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

Muhammad (s.a.v.) vafot etgach, uning eng yaqin safdoshi 
Abu Bakr (632–634) xalifa (o‘rinbosar) deb e’lon qilinadi. 
Arab qabilalarining islomni qabul qilib, siyosiy jihatdan yagona 
hokimiyatga birlashuvida, shuningdek, jahon dinlaridan biriga 
aylanishida islom aqidalari, huquqiy va axloqiy me’yorlarini 
o‘z ichiga qamrab olgan Qur’oni karimning ahamiyati buyuk 
bo‘ldi. 
MisrSuriyaFalastinIroqEron kabi ko‘p mamlakatlar 
bo‘ysundirilib, behisob o‘ljalarga ega bo‘lgandan so‘ng Arab 
xalifaligi harbiy yurishlarni bizning o‘lkamizga qaratdi.
* Islom — “bo‘ysunish”, “itoat etish”, “o‘zini Alloh 
irodasiga topshirish” degan ma’nolarni anglatadi


28
651-yili arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. So‘ngra 
hozirgi Afg‘onistonning shimoliy, eronning shimoli sharqiy 
qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo‘ 

-
gan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlarni Xuroson 
deb ataganlar. Uning markazi Marv shahri edi. Bu viloyatni 
boshqarish uchun maxsus noib tayinlanib, u Marvda turar edi. 
Arablar bu yerda o‘rnashib olgach, Amudaryodan shimolda 
joy lashgan boy viloyatlarni zabt etishga tayyorgarlik ko‘radilar. 
Bu yerlarni arablar Movarounnahr, ya’ni “Daryoning narigi 
tomoni” deb atadilar.
Movarounnahr tomon yurishlar.
Arablar Movarounnahrga 
dastlab uni bosib olish uchun emas, balki Islom dinini yoyish 
jihatdan tayyorgarlik ko‘rish, mahalliy hukmdorlarni si 
nash 
maqsadida yurish qiladilar. Movarounnahrga ilk bor hujum-
lar 654-yilda Maymurg‘ va 667-yilda Chag‘oniyondan bosh-
lanadi. Manbalarda qayd etilishicha, bu davrda Xorazm arablar 
tomo nidan ikki marotaba talon-toroj etilgan. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin