O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


“Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

“Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni.
 
Movarounnahrda yana bir 
xalq qo‘zg‘olonlardan biri 769–783-yillarda bo‘lib o‘tgan. 
Qo‘z g‘olonchilar oq libos kiyganlari uchun tarixda u “Oq ki-
yimlilar” qo‘zg‘oloni nomi bilan tilga olinadi. Bu harakatning 
rahbari Hoshim ibn Hakim ismli hunarmand bo‘lgan. U boshi 
va yuziga ko‘k parda tutib yurganligi uchun uni “Muqanna”, 
ya’ni “Niqobdor” laqabi bilan atashgan. Muqanna Xurosonda 
kichik lashkar boshidan vazirlik darajasigacha ko‘tarilgan.
Muqanna ajnabiylar hukmronligi va zulmiga qarshi qo‘z g‘a-
lishga da’vat qilib, Mova rounnahrga yo‘l oladi va o‘z yaqinlari 
bilan Naxshab va Kesh shahriga yetib boradi. Kesh yaqinida 
tog‘ tepasiga bino qilingan Som qal’asini o‘z qarorgohiga aylan-
tiradi. Tez orada butun Qashqadaryo vohasi “Oq kiyimlilar” 
qo‘liga o‘tadi. Natijada Oq kiyimlilarharakati kengayib
katta xalq qo‘zg‘oloniga aylanadi. U ayniqsa Sug‘dda avj olib, 
Eloq (Ohangaron) vodiysi va Shoshga ham o‘zining ta’sirini 
o‘tkazadi. Qo‘zg‘olonda turli tabaqalar qatnashadi.
“Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloniga zarba berish uchun xalifa 
Mansur 775-yilda katta harbiy kuchni Movarounnahrga safar-
bar qiladi. Dastlabki to‘qnashuvlarda arab qo‘shinlari katta 
talafotlar berib, Samarqandga chekinadilar. Biroq to‘rt oy 
davom etgan kurashdan so‘ng qo‘zg‘olonchilar mag‘lubiyatga 
uchraydi.
Narshax va Samarqandda “Oq kiyimlilar” yengilgach, 
mahal liy mulkdor tabaqa vakillari arablarga yordam bera bosh-
laydilar. Kurashning oxirgi bosqichi Kesh vodiysida bo‘lib 
o‘tadi. 783-yilda Muqannaning Som qal’asidagi qarorgohi 
qamal ga olinadi. Uzoq davom etgan qamaldan so‘ng kurashdan 
tinkasi qurigan qo‘zg‘olonchilar taslim bo‘ladilar. Istilochilarga 
taslim bo‘lishni istamagan Muqanna o‘zini yonib turgan 
tandirga tashlab halok bo‘ladi.
“Oq kiyimlilar” uyushqoqlik bilan harakat qila olmaganligi 
qo‘zg‘olon yengilishining asosiy sababi bo‘ldi. Ikkinchidan, 
xalq harakatining ommalashib ketishidan cho‘chigan mahalliy 


36
mulkdorlar birin-ketin arablar tomoniga o‘tib ketgan lar. Uchin-
chidan, qo‘zg‘olonning uzoq davom etganligi mehnat kashlarni 
holdan toydirgan.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin