Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Shatrabaning hikoyati
Naql qilurlarki, bir zog‘, bo‘ri va shag‘ol bir sher-
ning xizmatida edilar. Ularning maskani yo‘l ustida 
edi. Bir kun bir savdogarning tuyasi karvondan 
ayrilib, o‘rmonga kelib qoldi. Sherni ko‘rgach, unga 
bosh egib salom berdi. Sher ham muloyimlik bilan 
bu yerga qanday kelib qolganli gini surishtirdi. Tuya 
ahvolni gapirib bergach, sher: 
– Endi qayerda turmoqchisan? – deb so‘radi.


111
Tuya dedi: 
– Shohimning ixtiyori nima bo‘lsa – shu.
Sher dedi: 
– Mayling bo‘lsa, mening yonimda qolib, ro-
hat-farog‘atda yashashing mumkin.
Tuya buni eshitib, shod-u xurram bo‘ldi, o‘sha 
o‘rmonda o‘tlab semirib yuraverdi. Kunlardan bir 
kun sher ovga ketayotganda bir mast filga duch 
keldi. O‘rtalarida shiddatli urush boshlandi. Sher 
og‘ir yarador bo‘lib, ingray-ingray o‘rmonga qayt-
di va bir burchakda ingrab yotdi. Bir necha kun 
ovga chiqa olmadi. Sherning oviga sherik bo‘lib 
yurgan bo‘ri, zog‘ va shag‘ol och qoldilar. Buni 
sezgan sher ularga dedi: 
– Och qolib qiynalayotganga o‘xshaysizlar, 
bu yaqinda biror ov ko‘rsangiz, xabar beringlar, 
men uni ushlab parchalay. Sizning ham qorningiz 
to‘yadi, mening ham. 
Ular tashqari chiqib, maslahat qildilar: – Tuya 
bizning oramizda ortiqcha. Uning sherga nima 
nafi bor-u, bizga nima foydasi. Hech birimizga 
o‘rtoq bo‘la olmaydi. Hozir sherni majbur qilamiz, 
uni yesin, qoldig‘i bizga tegadi.
Shag‘ol dedi: 
– Bu gapni sherga aytib bo‘lmaydi, chunki sher 
unga omonlik berib, o‘z xizmatida olib qolgan. 
Kimki podshohni xiyonatga yo‘llab, ahd-paymonni 
buzishga da’vat etsa, do‘st-oshnolarini balo tu-
zog‘iga tashlagan bo‘ladi, baxtsizlik o‘qini o‘ziga 
qaratgan bo‘ladi.
Zog‘ dedi: 
– Bu borada shunday hiyla ishlatish kerakki, 
podshohning o‘zi o‘z ahdini buzishga majbur 


112
bo‘lsin. Sizlar shu joyda tek turinglar, men hozir 
kelaman. Zog‘ uchib sher qarshisiga bordi va 
ta’zim qilib turdi.
Sher so‘radi: 
– Biror narsa topdingizmi?
Zog‘ dedi: 
– Ochlikdan ko‘zlarimiz hech narsani ko‘rol-
maydi. Agar podsho rozilik bersa, hammaga yeta-
digan bir ne’mat bor.
Sher dedi: 
– U nima deganing?
Zog‘ dedi: 
– Ana u tuya bizlarning oramizda begonadir. 
Uning bu yerda yurishidan shohga hech foyda 
yo‘q.
Sher g‘azab bilan dedi: 
– Bu gaping insof va muruvvatdan emas, buni 
vijdon qabul qilmaydi. Men tuyaga bergan va’dam-
ni qanday qilib buza olaman?
Zog‘ dedi: 
– Men buni ham o‘ylab qo‘ydim. Donishmand lar 
aytibdurlarki, falokat yuz berganda, bir kishini 
bir oila uchun, bir oilani bir qabila uchun, bir 
qabilani bir shahar uchun, shahar aholisini esa 
podshoh uchun fido qilsa bo‘ladi. Ahdni buzmas-
lik uchun ham bir vaj va iloj topiladi. Shunda ahd 
ham buzilmagan bo‘ladi, podshoh ham ochlik 
tahlikasidan qutulgan bo‘ladi. 
Sher buni eshitgach, boshini quyi solib o‘tirdi.
Zog‘ o‘z yoronlari qoshiga kelib dedi: 
– Sher boshda g‘azablanib, gapimga quloq sol-
gisi kelmadi, oxirida indamay qoldi. Endi masla-
hat shuki, hammamiz tuyaning oldiga borib, 


113
sherning ochlikdan azob chekayotganini gapirib 
beraylik va aytaylik: sherning davlati soyasida to‘q 
va shod-xurram kun kechirdik. Agar endi uning 
boshiga og‘ir kun kelganda, shoh uchun jonimizni 
fido qilmasak, nonko‘r bo‘lamiz...
Keyin sherning yoniga boramiz-da, uning bizga 
katta iltifotlar ko‘rsatganini e’tirof etib, jonimizni 
unga qurbon qilishga tayyorligimizni aytamiz, 
har birimiz navbat bilan: «Shoh bugun meni 
yesinlar», – deymiz. Boshqalarimiz: «Yo‘q meni 
yeng», – deb turib olamiz. Shunday qilib, biz ham 
sherga bo‘lgan minnatdorchiligimizni izhor etgan 
bo‘lamiz, ham salomat qolamiz.
Ular aldab-suldab tuyani o‘z so‘zlariga ko‘ndir-
dilar, tuya sher ning huzuriga borishga rozi bo‘ldi. 
Hammalari sherning qoshida bosh egib ta’zim 
qildilar.
So‘zni zog‘ boshladi: 
– Shohning umri uzun, davlati abadiy bo‘lsin. 
Bizning tirikligimiz shohning sog‘lig‘iga bog‘liqdir. 
Shohning boshiga musibat tushgandan keyin biz-
ning yashashimizning nima ma’nosi bor? Bo‘yim 
kichkina va vujudim zaif bo‘lishiga qaramay 
men o‘zimni shoh hazratlariga fido qilishga qaror 
qildim... Agar shoh mening go‘shtimni yemoqchi 
bo‘lsalar, marhamat tayyorman.
Boshqalari dedilar: 
– Sening go‘shting bilan kim to‘yadi?
Shag‘ol so‘z boshladi, u ham zog‘ga o‘xshab 
o‘zining fidokorligidan lof ura boshladi. Sheriklari 
unga: 
– Sening go‘shting sassiq va zararli, shohga 
loyiq emas, – dedilar. 


114
Undan keyin bo‘ri gap boshlab, o‘z go‘shti yax-
shiroq ekanini aytdi. Sheriklari bo‘riga ham e’tiroz 
bildirib: «Sening go‘shting qattiq, tomoqqa tiqilib 
qoladi va zaharlaydi. Seni ham yeb bo‘lmaydi», – 
dedilar.
Navbat bechora tuyaga yetdi. U makkor sherikla-
rining «samimiy»ligiga ishonib, o‘z go‘shtining 
toza va lazzatliligini maqtay ketdi. Hammalari bir 
ovozdan uning so‘zini quvvatladilar: 
– Juda to‘g‘ri va chin yurakdan gapiryapsan, 
o‘zing chiroylisan, go‘shting mazali, podsho haz-
ratlarining mijozlariga juda mos keladi, hamma-
mizga ham yetadi, – deb hammalari tuya ustiga 
yopirilib, bechorani pora-pora qildilar. Shu yo‘sin-
da tuya ularning hiyla tuzoqlariga ilinib, halok 
bo‘ldi.
Bu masalni shuning uchun keltirdimki, agar 
dushmanlar yig‘ilib, so‘zni bir yerga qo‘ysalar, 
ularning hiylasi bekor ketmaydi.
Dimna dedi: 
– Xo‘sh, sen qanday fikrdasan?
Shatraba dedi: 
– Urishib qarshilik ko‘rsatmoqdan o‘zga ilo-
jim yo‘q. Agar bir odam umr bo‘yi ibodat qilib, 
mol-mulkini faqir-fuqaroga ulashsa, baribir uning 
savobi o‘z mol-mulkini, o‘z nomusini saqlash 
uchun bir soat kurashgan odamning savobidan 
kam bo‘ladi. Chunki kurashib halok bo‘lgan kim-
sa ham shuhrat topib, hurmatga sazovor bo‘ladi, 
chunki bunday o‘lim sharafli hisoblanadi. Pichoq 
suyakka yetganda, jon bo‘g‘izga kelganda mol-jon, 
imon va maslak uchun olib boriladigan kurash-
ning savobi juda katta.


115
Dimna dedi: 
– Aqlli odam olishuvga oshiqmaydi, tayyorgarlik 
ko‘rmasdan katta va tahlikali ishni boshlamaydi. 
Dushman bilan mumkin qadar yumshoq muoma-
la qilib nizoni tinchlik va do‘stlik yo‘li bilan hal 
etishga tirishadi. Donishmand kimsalar o‘zlarin-
ing zaif dushmanlariga ham mensimaslik bilan 
qaramaydilar, chunki dushman kuchsiz bo‘lsa, 
har xil hiyla va nayrangga murojaat qiladi, shu 
yo‘l bilan u g‘alaba qozonishi mumkin. Holbuki, 
sherning qo‘rqmas, jasur, kuchli va qudratli ekan-
ligi hammaga ma’lum. Kimki dushmanni mensi-
masa va urushning nima bilan tamom bo‘lishini 
oldindan ko‘rmasa, tatavani pisand qilmagan 
daryo tangrisi kabi pushaymon bo‘ladi.
Shatraba so‘radi: 
– Tatava nima qilibdiki u pushaymon bo‘lgan?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin