Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
azoblasalar, o‘ldirsalar... Shu yerning norasmiy xo‘jasi mana shu yapaloq yuz cho‘ponni 
birov nazarga ilmaydi. Chunki uyida qo‘sha-qo‘sha gilami yo‘q, ko‘mib qo‘ygan tillayu 
pullari yo‘q. Buni shaharda odamlarning chaqasiga ko‘z tikib o‘tirgan gaz suv 
sotuvchidan tortib, gerdayib yurgan olimgacha mensimaydi. Balki Safarqulning baxti 
ham shundadir? Uning uchun eng muhimi — ota yurtida yashash. Bezaklaru buyumlar 
xayoliga kelmaydi. Mana shu ko‘l, mana shu tog‘ Safarqulniki. Qishloqqa yoki shaharga 
borib shunday desam, meni telbaga chiqarishadi. Lekin shu odamdan boshqasi bu yerga 
kelib turmaydi. Agar yonimda ming tilla bo‘lsayu buni Safarqul bilsa, ko‘nglida yomonlik 
uyg‘onmaydi. Chunki u haloliga o‘rgangan. Lekin boshqalar bir so‘m uchun odam 
o‘ldirishi, bitta amal kursisi uchun odamni badnom qilib yuborishi mumkin. Nega 
shunday? Biz kimlarga sig‘inishimiz kerak?..» 
— Izg‘irin turdi, sovqotmadingizmi? — dedi Safarqul, uning yoniga kelib. 
— Bunaqa ajoyibotni har kuni ko‘ravermaymiz. Bir ko‘zlarim to‘yib olsin, — dedi 
Solihov. 
— Bu ham bir ne’mat. Tog‘lar ham, ko‘l ham, dovdaraxt, o‘t-o‘lan ham odamga 
o‘xshaydi. Yaxshi gapirib, boshini silasang, marhamatlarini ayamaydi. Noshukrlik bilan 
oyoqosti qilsang, g‘azabga keladi. Inson bolasini shu tabiat boqqanidan keyin, tabiat 
oldida hamisha qulluq qilib turishi kerak, ma’qulmi, inim? 
Solihov «to‘g‘ri», deb qo‘yib, olimlarning «Yovvoyi tabiatni yengamiz!» degan shiorini 
esladi. «Kim haq — bu savodsiz cho‘ponmi yo miyasi bilimga g‘ij-g‘ij to‘lgan olimmi?» 
deb o‘yladi.
— Safarqul aka, olimlar tabiatni yengish kerak, deyishyapti. 
Safarqul bosh chayqab, ko‘l tomon uch-to‘rt qadam qo‘ydi.
— Beriroq keling, — dedi Solihovga qarab, — mana shu ko‘lni tog‘ning naryog‘iga 
o‘tkazib bering yoki hov tog‘ni yo‘ldan oling. Erta-indin qalin qor tushadi, shu qorni 
yog‘dirmang, biz ovora bo‘lib qishloqqa borib yurmaylik.
Solihov cho‘ponning maqsadini tushunib kulimsiradi. 
— Qo‘lingizdan kelmaydimi? — dedi Safarqul istehzo ohangida. — Kelmaydi. Xo‘sh, 
qanday yengmoqchisiz? Tabiat sizga nima yomonlik qildi? Nimaga yengmoqchisiz? 
Men olimlarning gapini aytdim, Safarqul aka, — dedi mayor aybdor odamning 
ovozida. 
— Olimlaringizga aytib qo‘ying, tuzluqqa tupurishmasin, — Safarqul biroz jim qoldi. 
So‘ng yana tilga kirdi: — Men esimni taniganimdan beri qo‘y boqaman. Ota-bobom ham 
qo‘y boqqan. Biz tabiatni yengishni o‘ylamaganmiz. Bolalarim ham o‘ylamaydi. Bu 
yerlarda yashaydigan odamlardan bunaqa ahmoqona fikr chiqmaydi. 
Safarqul boshqa gapirmadi. Solihov ham uni gapga tutmadi.
Tun o‘z hukmida qattiq edi. Yulduzlarning jimirlashi ham, oyning suvdagi aksi ham bu 
hukmga qat’iy bo‘ysinar edi. Yuzaki qaralsa, bu tun ham, barglarning bu shiviri ham, 
chigirtkalarning chirillashi ham odatdagiday, o‘zgarishsiz edi. Tunlar tunlarga o‘xshaydi. 
Zohiran shunday. Botinan esa, odamning kechagi umri bugungisiga o‘xshamaganiday, 
tunlar ham tunlardan farq qiladi, faqat biz buni sezmaymiz. Solihov maylini ana shu 
betakror tun hukmiga berdi.
Ertalab Safarqul ham yo‘l tadorigini ko‘rdi. 
— Inim, malol kelmasa, meni shaharga ola keting. Olamgir akaning uyini ko‘rsatib 
qo‘ysangiz bas. Fotiha o‘qib qaytaman. Harholda, tuzlarini ichganman, eshitib turib 
bormasam gunoh bo‘ladi. 
Safarqulning bu niyati Solihovga yoqib tushdi. Chunki bu tashrif ko‘p sirlar sandig‘ini 
ochishi mumkin edi. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin