311-bob. Mehmondorchilik muddati haqida 762. Abu Shurayh Adaviy (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning mana bu so'zlarni
aytayot-ganlarini o'z ko'zlarim bilan ko'rib, quloqlarim bilan eshitdim: "Kim Allohga va
oxirat kuniga ishonsa, qo'shnisini izzat qilsin Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa,
mehmonni e'zozlasin. "Meh-monning muddati qancha, ey, Rasululloh?" - deb
so'ralganda, ul zot: "Bir kecha-kunduzdir. Mehmon-dorchilik uch kun bo'ladi. Kim
Allohga va oxirat kuniga ishonsa, yaxshi gaplarni gapirsin yoki jim tursin", dedilar.
312-bob. Mehmondorchilikning uch kungacha ekanligi haqida 763. Abu Hurayra Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini rivoyat qildilar:
"Mexmondorchilik uch kundir. Uch kundan ortig'i xonadon sohibining sadaqasidir".
313-bob. Mehmon mezbonni zeriktirm asligi haqida 764. Abu Shurayh Ka'biy (r.a.) aytdilar: Rasulul-loh (s.a.v.) dedilar: "Kim Allohga va
oxirat kuniga ishonsa, yaxshi gap gapirsin yo jim tursin. Kim Al-lohga va oxirat kuniga
ishonsa mehmonini muddati bilan ikrom qilsin. Muddati bir kecha-kunduzdir.
Mexmondorchilikuch kundir. Bundan oshig'i sadakdtsir. Mehmonning mezbonni zeriktirar
darajada uning uyida turshpi o'zi uchun xalol emas".
314-bob. Agar mehmon mezbon uyining tashqarisida tong ottirsa... 765. Miqtsom Abu Karim (r.a.) aytdi: "Payg'amba-ri-miz (s.a.v.): "Mehmonning tunab
qolishi har bir musulmon zimmasidagi hakdir. Kimki mezbonning uyidan ta-shqarqtsa
tong otgarsa, mehmonnavozlik qarzi bo'ynida qoladi, xohlasa o'taydi, xohlasa tark
etadi". dedilar".
315-bob. Mehmonga iltifot ko'rsatilmasa... 766. Uqba ibn Omir (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Ey, Allohning Rasuli,
siz bizni bir qavm huzuriga jo'nadantaz, o'sha qavm bizni mehmon qilmasa, qanday yo'l
tushshni buyurasiz?" - deb so'radim. Rasulul-loh (s.a.v.): "Agar biror qavm oddiga
mexmon bo'lib bor-sangaz, mexmon uchun lozim narsalarni buyursalar, qabul qiling.
Agar bunday qilmasalar, ular o'tashlari lozim bo'lgan mexmondorchilik haqqini talab
qiling", dedilar".