3.Jinsiy ko‘payish: Bunda ikki xujayralarning qo‘shilishi natijasida sporalar
xosil bo‘ladi.
a)Planogamiya - Xitridiomisetlar sinfi vakillarida jinsiy jarayon ikki xil shakldagi
gametalarning qo‘shilishi – kopulyatsiyasi bilan amalga oshadi. Xosil bo‘lgan planozigota o‘simlik
to‘qimasi ichiga kirib tinchlangan spora – sistaga aylanadi. qulay sharoit bo‘lganda sistaning
rivojlanishidan zoosporangiy ichida zoospora yetiladi. b)Oogamiya - Oomisetlar sinfi vakillarida jinsiy ko‘payish oogamiya usulida amalga
oshadi. Bunda otalik gametangiy – anteridiyda xosil bo‘lgan suyuqlik onalik gametangiysi
oogoniyga kelib tushadi. Bunda oosporalar hosil bo‘ladi. Oogamiya yo‘li bilan ko‘payish soxta un
shudring zamburug‘larida kuzatiladi. v) Zigogamiya - zigomisetlar sinfi vakillarida ikkita morfologik gametalarning qo‘shilishi natijasida zigospora hosil bo‘ladi.
g) Askomisetlarni ko‘payishi bunda ikkita xujayralar qo‘shiladi. Bitta
xujayra-otalik xujayra-anteridiy deyiladi. Ikkinchi xujayra – onalik xujayra-
arxikarp deyiladi. Arxikarp uchta qismdan – askogen, trixogena va askoganiy
asosidan iborat. Jinsiy ko‘payishda ya’ni protsessda anteridiy askogenga
yaqinlashib trixogenaga yopishadi va qo‘shilish natijasida antediyning ichidagi
suyuqlik askogengpa o‘tadi. Yadrolar yaqinlashadi va qo‘shiladi natijada
askogendan gifalar o‘sib chiqadi. Ularni ichida sporali xaltachalar xosil
(askosporalar).
d) Bazidiomisetlarni ko‘payishi - bunda ikki xil miseliy (birlamchi galloid)
qo‘shiladi va diploid miseliy hosil bo‘ladi, diploid miseliydan o‘simta hosil
bo‘ladi ya’ni (bazidiyalar) bo‘ladi
Buo‘simta ikkita yadroli bo‘ladi
Bazidiya ustida 4 ta bir hil o‘simta hosil bo‘ladi. Bo‘lingan yadrolar har biri
ana shu o‘simtalarga o‘tadi va bazidiospora hosil qiladi.
Bu sporalar yetilib uziladi va atrofga tarqaladi.