Zamburug‘larning mevatanachalari ularning ko‘payishi va saqlanishida
katta ahamiyatga ega. Mevatanalardan iborat bo‘lgan
menva tanachalar bir
necha xil bo‘ladi:
Piknida
– sharsimon meva tanacha, uning ichida konidiyalar va
konidiya bandlar joylashgan bo‘ladi. Konidiyalar rangli yoki rangsiz ko‘p
xujayrali (makrokonidiyalar) yoki bir xujayrali mikrokonidiyalar bo‘ladi
.
Loje
– bu mevatanacha konidiya bandlaridan iborat bo‘lib, bo‘sh
to‘qilgan miseliylar orasida bo‘ladi.
Kleystotesiy
– yopiq, dumaloq, sharsimon mevatana bo‘lib,
ichidagi
xaltachalarda sporalar yetiladi. Ular xaltacha devori parchalangandan keyin
tashqariga chiqadi.
Peritesiy –chala ochiq, sharsimon, noksimon shaklda bo‘lib tepa
qismida sporalar chiqishi
uchun teshikcha xosil qiladi. Peritesiyning ichida xaltacha va sporalar yetiladi.
Apotesiy – turli shaklga ega bo‘lgan: disksimon, taqsimchasimon ko‘rinishda bo‘ladi. Uning
ichidagi qavatlarida xaltachalar (gimeniy) va ular ichida askosporalar xosil bo‘ladi.
Po‘kaklar – mevatanasi bir yillik yoki ko‘p yillik bo‘lib, yumshoq etli yoki yog‘ochsimon
bo‘ladi, ba’zan uzunligi bir metrga yetadi. Shakli
turlicha, yoyiq, plastinkasimon, tuyoqsimon,
qalpoqchasimon bo‘ladi. Bularga turli xil daraxtda yashovchi zamburug‘lar kiradi.
Ularning
mevatanasi ko‘p yillikdir.
Dostları ilə paylaş: