Masalan: V. inaquales – olmada parsha kasalligini keltiradi.
4.Pleosporaseae (Pleosporatsiya) oilasi vakillarining psevdotesiyasi sharsimon, ko‘zasimon
bo‘lib, qora rangli bo‘ladi. Xaltachalar lokulalarda to‘p-to‘p bo‘lib joylashadi. Xaltachalar shakli
silindrsimon bo‘lib, qobiqlari ikki qavatli bo‘ladi. Bu oila 3 ta avlod beradi.
1.Ophiobolus (Ofiobolyus) 2.Pyrenophora (Pirinofora) 3.Pleospora (Pleospora) Ophiobolus avlodiga kirgan zamburuglar galla donlilarda ildiz chirish kasalliklarini
keltiradi. Psevdotesiyalari asosan poyada rivojlanadi sporalari to‘siqli, ipsimon bo‘ladi.
Masalan: O.gramminis – bugdoyning ildiz chirish kasalligini keltiradi
Pyrenophora avlodiga kirgan zamburuglar yo‘l-yo‘l gelmintosporioz kasalliklarini keltiradi.
Psevdotesiyalari xivchinlar Bilan qoplangan bo‘ladi.
Masalan: Drechslera graminia – sulining gelmintosparioz kasalligini keltiradi.
Pleospora avlodi vakillarining psevdotesiyasi silliq bo‘lib, sporalari ko‘ndalang to‘siqli
bo‘ladi. Bular chirish kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Masalan: P.herbarum –sabzavot ekinlarida chirish kasalliklarini keltiradi.
II. Myriangiales tartibiga kiruvchi zamburuglarning meva tanasi dumboq stromalardan
iborat bo‘lib, uning ichida yakka xaltalar betartib joylashgan. Bularning meva tanasi berk bo‘ladi.
Sporalari bir yoki ko‘p to‘siqli bo‘ladi. Bu tartib zamburuglari barglari va kurtaklarda parazit holda,
daraxt shoxlari va po‘stloqlarida saprofit holda yashaydi. Bu tartib 1 ta Elsinoeaceae (Elsinoatsiya)
oilasini beradi. Oila esa Elsinoe avlodiga egadir. Bu avlod vakillari qishloq xo‘jalik ekinlarida
antraknoz kasalliklarini keltiradi. Masalan: E.veneta – malinada antraknoz kasalliklarini keltiradi.
14 – MAVZU: EUACOMYCETIDAE KENJA SINFINING VAKILLARI Ish rejasi:
1. Plectomycetidae tartib guruhi
1. Plectoascoles tartibi
2. Erysiphales tartibi
3. Discomycetidae tartib guruhi
1. Phacidiales tartibi
2. Helotiales tartibi