Ekspansiya – bir davlatning o‗zga mamlakatlar hududi va bozorini egallab olish
maqsadida o‗z siyosiy va iqtisodiy ta‘sirini yoyishga qaratilgan siyosati.
29-BILET 1. Avstriya-Vengriya imperiyasining Yevropa tarixidagi ahamiyati haqida fikr bildiring. Avstriya-Vengriya imperiyasi 1867-yilda Avstriya va Vengriyaning hukmron
tabaqalari o‗rtasidagi bitim asosida vujudga keldi. Imperiyaning Avstriya
qirolligi tarkibiga Chexiya, Moraviya, Galitsiya va Bukovina, Vengriya tarkibiga
esa Slovakiya, Xorvatiya va Oransilvaniya kirgan. Shu yilning o‗zida
imperiyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilingan. Unga ko‗ra, imperiyaning
umumiy hukmdori Avstriya imperatori bo‗lgan. Imperator Gabsburglar sulolasi
vakili edi. Sulola imperiyani 1867-yildan 1918-yilgacha boshqargan. Imperiya
tashkil etilgan paytda imperator Frans Iosif II edi.
2. Afina davlatida Periklning davlat boshqaruvi haqida ma‟lumot bering. Mil. avv. 443–429-yillarda 15 marotaba strateg lavozimiga saylangan
Perikl hukmronligi davrida Afi na eng qudratli davlatga aylandi va mamlakatda
demokratiya ravnaq topdi. Bu davr shuning uchun ham «Perikl asri» deb atalgan.
Ajoyib yunon yozuvchilari, olimlari va rassomlari Periklning do‗stlari
bo‗lishgan.
Perikl tarixchi Gerodot, haykaltarosh Fidiy bilan do‗st tutingan edi. Perikl
Xalq majlisi dagi lavozimlarga ish haqi to‗lashni joriy qildi. Perikl hukmronligi
davrida Afi nada katta qurilish ishlari amalga oshirildi. U Akropolda
qurilganmashhur inshoot Parfenon – iloha Afi na ibodatxonasining tashabbuskori
bo‗lgan. Periklning faoliyati badavlat shaharliklarga yoqmasdi. U
zodagonlarning hamlalarini qaytarib turgan. Perikl vafot etganidan keyin u joriy
etgan ko‗pgina qonunlar bekor qilingan.
3. “Koalitsiya” atamasiga izoh bering.