6. Mavzu: Avesto tarixiy manba sifatida. Reja


Dinkard (Diniy amallar yoki diniy kirdikorlar)-



Yüklə 181,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix23.11.2022
ölçüsü181,78 Kb.
#119739
1   2   3   4   5
6.Seminar

Dinkard (Diniy amallar yoki diniy kirdikorlar)-Pahlaviy tilida yaratilgan bu 
kitobni olimlar «Farhangnoma» («Doiratul maorif») deb nomlaganlar. Bu buyuk 
kitob milodiy IX asrda Bag’dodda jamlangan. To’qqiz bo’limdan iborat 
«Dinkard»ning ikki bo’limi bizgacha yetib kelmagan. Qolgan yetti bo’limi 169000 
so’zni o’z ichiga oladi. Ozar Faranbog’ Farruxzod o’g’li «Dinkard»ni jamlab xatga 
tushirgan. «Dinkard»ni qayta jamlagan Ozarpod Umid o’g’li uni «Ming eshikli 
Dinkard» deb nomlagan. Asar 1911 yilda ingliz tiliga o’girilib ikki jild shaklida 
chop etildi. Asarda «Avesto» dagi miflar, Zardusht sarguzashtlari va yetti tangriga 
aloqador voqealardan tashqari ta’lim-tarbiyaga bag’ishlangan maxsus boblar ham 
mavjud. «Shuning uchun ham o’rta asrlarda «Avesto» va zardushtiylik dinini 
targ’ib qilish, shu e’tiqodning paydo bo’lishi tarixi, mohiyatini o’rganishda ushbu 
manbaning 
qiymati 
beqiyos. 
Barcha 
avestoshunoslar, 
tarjimon 
va 
lug’atnavislarning ko’proq «Dinkard»ga murojaat etishlarining boisi ham xuddi 
ana shundadir».
«Dadestoni menogi xrad»-(Aql ruhi mushohadalari) pahlaviy adabiyotlari 
ichidagi eng qimmatli asarlardan biri hisoblanadi. «Dadestoni menogi xrad» bir 
necha marta (Andreas, 1882; Sanjana, 1895; Codex, 1936) nashr qilinib ingliz
gujarat, fors va rus tillariga tarjima qilingan. Bundan tashqari West, 1885; Antia, 
1909; Taffazoli, 1975, 1985; CHunakova O, 1997, F. SHpigel, D. Tavadia, X. 
Nyuberg, M. Mole, R. Sener, M. Boys va boshqa Sharqshunoslar o’z ilmiy 
tadqiqotlari asar matnidan namunalar keltirishgan. Yodgorlikning yaratilish vaqti 
tarixi, davri hamda va muallifi haqida ma’lumotlar yo’q hisobi. Ko’pgina 
Tadqiqotchilar asar muallifining «Avesto» dan juda yahshi xabardor, 
mazdoparastlik e’tiqodiga sodiq zardushtiy bo’lganligini e’tirof etishadi. Bunga 
misol sifatida matnda 20 marotoba «Avesto» tilga olinganligi va 100 dan ziyod 
«Avesto» dan iqtibos keltirilganligi ta’kidlash lozim. Asarning yaratilish davri 
Sosoniylar hukmronligining oxirgi davriga to’g’ri kelishi ham taxmin qilinadi. 
Asarning asosiy syujetini aql ruhi va donishmand orasidagi savol-javob, 
musohoba tashkil etadi. Aql ruhi esa o’z navbatida moddiylashtirilgan tushuncha 
sifatida talqin qilinadi. Donishmand unga jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalar, 
udumlar, urf-odatlar, belgilangan tartibga rioya qilinishi va shu jarayonda 
insonning hatti-harakati bilan bog’liq zardushtiylar ta’limotining mohiyatini 
anglashga qaratilgan 62 ta savol beradi. Savol-javoblar zardushtiylik ta’limotiga 
asoslangan dunyoqarashni shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lib, uning asosini 
doimiy ravishda davom etadigan yahshiilik va yomonlik o’rtasidagi azaliy ko’rash 
masalasi tashkil etadi. Inson esa o’z aqli, tafakkuri yordamida yahshiilik va 
yomonlik yo’llaridan birini tanlab o’z taqdirini belgilaydi.
Insonning to’g’ri tanlovi uning jamiyat va ijtimoiy hayotdagi hatti-
harakatlarini ham belgilab beradi. Bu o’z navbatida dinning asosiy ahkomlarini 


bilish va tushunish, uning farzlari, sunnatlariga rioya qilish, butparastlarga nisbatan 
ko’rash, shuningdek «ezgu fikr», «ezgu so’z» va «ezgu amal» triadasiga so’zsiz 
amal qilish holatlarida namoyon bo’ladi.
Zardushtiylikda tafakkur va aql tushunchasi (xrad) ga alohida e’tibor beriladi. 
Oy, yer va barcha yaratilgan xilqat va mavjudotlar aql-tafakkur tomonidan 
himoyalanib, boshqariladi. Olamdagi qonunlar u tomonidan belgilanadi ( s 3, 61, 
65 ). Ezgu ishlar va oliyjanob hatti-harakatlar aql-tafakkur orqali amalga oshiriladi 
(s 4), aqlli va mulohozakor insonga kam zarar yetadi (s 36), aql-tafakkurga ega 
bo’lgan inson badavlatdir(s 36), aql-tafakkur har qanday boyligdan a’lodir (s 56) 
va uni sotib olib bo’lmaydi (s 43). Aql-tafakkur barcha sohalarda bilim, tajriba, 
ko’nikma va malakalarni hosil qilish, yahshi hayot kechirish, xursandchilik, shon-
sharafga ega bo’lishga ko’maklashib, o’limdan so’ng jannatga tushishga yordam 
beradi(s 46-47, 60, 63).
Inson harakterida shakllanishi lozim bo’lgan asosiy xususiyatlar-bu 
oqko’ngillik,saxiylik, ezgulik (s10, 27), oliyjanoblik, rostgo’ylik(s 19,20,38), 
tirishqoqlik(s 46), harakatchanlik, o’ziga ishonch(s8) va minnatdorchilik (s 72)dir. 
«Dadestone menogi xrad»da ana shunday ezgu amallardan 33 tasining tasnifi 
keltirilgan.
Inson iblis Axriman tomonidan yaratilgan ko’p sonli xilqatlar va devlar, 
shuningdek: xasislik (s. 5,24,44), yovuzlik (s. 44), tuhmat (s5), takabbur ( s. 44, 
XXI. 43), ishonchsizlik (s 49), qoniqmaslik (s. 44) kabi xislatlardan voz kechib 
ular bilan doim ko’rash olib bormog’i lozim. Diniy va ahloqiy holatlarni o’zida 
mujassamlashtirgan 30 ta gunoh ishlarni bajarmaslik va ulardan tiyilish lozim (s. 
37-38). Bunday gunohlar jumlasiga: to’g’ri kishini qasddan o’ldirish, olov 
otashdonini buzish, sanam va butlarga sig’inish, yolg’on, ishyoqmaslik, jodugarlik, 
o’g’rilik, qasamni buzish, qondoshlik nikohiga kirish bo’yicha zardushtiylik 
odatini buzish va boshqalar kiradi. Insonlar bilan o’zaro munosobat ham 
zardushtiylik etikasi prinsiplariga bo’ysungan holda amalga oshirilish lozim. 
Oqko’ngil insonlar bilan muloqot yahshiilik, yomon kishilar bilan esa kulfat 
keltiradi (s. 67). Hukmdorlarning ham yolg’onchi va tuhmatchilar bilan emas, balki 
donishmand, dono, oqko’ngil kishilar bilan suhbatlashishlari foydalidir (XX. 4-5).  
Zardushtiylikda kishini holdan toydiradi degan fikrga ko’ra ro’za to’tish man 
etilgan. Inson holdan toysa, o’z zimmasiga yuklangan vazifani bajara olmaydi, 
ya’ni, Axura Mazdaga yordam bera olmaydi, bu esa yovuz kuchlarning ezgulik 
kuchlari ustidan g’alaba qilishiga Sharoit yaratib beradi, deyiladi. Och qolish va 
yahshi ovqatlanmaslikning inson xulqining shakllanishga ham ta’sir etishi 
qo’yidagicha ta’kidlanadi: «Oziq-ovqat yahshiilanishi bilan xalqning ahloq-odobi 
ham kuchayadi. Non mo’l-ko’l bo’lsa, ahloqiy so’zlar, ilohiy fikrlar yahshiiroq 
idrok qilinadi». Zardushtiylikda may iste’mol qilish ta’qiqlanmagan. Mayni 


me’yorida iste’mol qilish kishi organizmini mustahkamlaydi, ya’ni, ovqat yahshi 
hazm bo’ladi, qon yahshi yurishadi, kishi yahshi uxlaydi, bu holatlar esa uning 
unumli ravishda aqliy mehnat qilishiga yordam beradi, kishilar o’rtasida do’stona 
munosabatlarning qaror topishiga ko’maklashadi, ahloqi yomon kishilar bilan 
ahloqi yahshi kishilarni bir-biridan ajratib olishiga yordam berishi qayd etib 
o’tiladi.
Zardushtiylikda dunyoviy noz-ne’matlardan voz kechish talab etilmaydi, balki 
noz-ne’matlarni me’yorida iste’mol qilish, ularning mazasidan lazzat olish, inson 
hayotining «yahshii kun ko’rish uchun zarur narsalar mo’l-ko’lchiligida» 
xushchaqchaqlik va baxtiyorlik bilan o’tkazishi lozimligi to’g’risidagi fikrlar ilgari 
suriladi.
Ko’rinib turibdiki «Avesto» va pandnomalardagi ta’lim-tarbiyaga oid 
g’oyalarning asosiy o’zagini ezgulik, yahshiilik, halollik, poklik, rostgo’ylik, 
oliyjanoblik, adolat, insonparvarlik kabi xislatlarni yosh zardushtiylarda 
shakllantirish masalasi tashkil etib, zardushtiylar e’tiqodining asosi hisoblanmish 
«Ezgu fikr», «Ezgu so’z» va «Ezgu amal» aqoidlariga tayangan holda , insoniyatni 
ro’shnolikka, hidoyatga undaydi.
Xulosa qilib aytganda, «Avesto» asarida insonning barkamol bo’lib 
yetishishida uning so’zi, fikri hamda ishi ezgu bo’lishi va ezgulikning tantanasi 
uchun xizmat qilishiga katta e’tibor beriladi. Ushbu ahloqiy uchlik g’oyasi eng 
qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida 
yaratilgan barcha ma’rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Zero, 
unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun 
zarur bo’lgan muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat 
Sharq balki G`arb xalqlarining ham muhim ma’naviy merosi bo’lib qoldi. Asarda 
ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab 
olganligi Zardusht g’oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning 
qimmati bugungi kunda ham yuqori bo’lishiga olib kelgan.
 
 

Yüklə 181,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin