Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari


Moliyaviy hisobotlarning elementlari



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/32
tarix03.12.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#120396
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari

Moliyaviy hisobotlarning elementlari: aktivlar, majburiyatlar, 
xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, moliyaviy natijalar. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekti o‘zining, pul oqimlari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlaridan tashqari, moliyaviy hisobotlarini buxgalteriya 
hisobining hisoblash usuli asosida tayyorlashi lozim. Buxgalteriya 
hisobining hisoblash usuli qo‘llanilganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt 
moddalarni aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromadlar va xarajatlar 
(moliyaviy hisobotlar elementlarini) sifatida tan oladi, qachonki ular 
konseptual asosda keltirilgan ushbu elementlarning ta’riflariga va tan 
olish mezonlariga to‘g‘ri kelsa. 
Aktivlarsubyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad 
olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir. 
Aktivlar – xo‘jalik subyektining qiymat bahosiga ega bo‘lgan 
moddiy, shu jumladan, pul mablag‘lari, debitorlik qarzlari va nomoddiy 
mulkidir. 
Aktivlarda aks ettirilgan bo‘lg‘usi iqtisodiy foyda, xo‘jalik 
yurituvchi subyektning pul mablag‘lari oqimiga potensial bevosita va 
bilvosita qo‘shiladigan ulushdir. Bu ulush xo‘jalik yurituvchi subyekt 
asosiy faoliyatining bir qismi sifatida yuzaga kelishi mumkin. 


127 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning aktivlari avvalgi bitimlar va boshqa 
voqealarning natijasidir. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar odatda aktivlarni 
sotib olib yoki hosil qilib unga ega bo‘ladilar, biroq, boshqa bitimlar va 
voqealar aktivlarni ko‘paytirishga imkon beradi. Masalan, xo‘jalik 
yurituvchi subyekt hukumatdan olgan ko‘chmas mulk va h.k. Kelgusida 
kutiladigan bitimlar va boshqa voqealar o‘zidan o‘zi aktivlarning paydo 
bo‘lishiga olib kelmaydi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z aktivlaridan mulkni, tovar-moddiy 
zaxiralar ishlab chiqarishni va xizmatlar ko‘rsatilishini boshqarish uchun 
foydalanadi. 
Aktivlarda aks ettirilgan bo‘lg‘usi iqtisodiy foyda xo‘jalik 
yurituvchi subyekt tomonidan har xil yo‘llar bilan amalga oshirilishi 
mumkin. Masalan, aktivdan: 
- tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishda 
alohida yoki boshqa aktivlar bilan birgalikda foydalanilishi; 
- boshqa aktivlarga almashtirilishi; 
- majburiyatlarni bajarish uchun foydalanilishi; 
- xo‘jalik yurituvchi subyektning egalari o‘rtasida taqsimlanishi 
mumkin. 
Aktivlar binolar, inshootlar va uskunalar singari moddiy shaklga 
ega. Biroq, moddiy shakl aktivning mavjud bo‘lishi uchun zarur emas. 
Masalan, patentlar va mualliflik huquqlari aktivlardir, agar xo‘jalik 
yurituvchi subyekt kelgusida ulardan foydalanishdan iqtisodiy foyda 
olishni kutayotgan bo‘lsa. 
Aktivlar, masalan, debitorlik qarzlari va mulk yuridik huquqlar, shu 
jumladan egalik huquqi bilan bog‘liqdir. Aktiv mavjudligini aniqlashda, 
egalik huquqi asosiy hisoblanmaydi. Masalan, ijaraga olinadigan mulk 
aktiv hisoblanadi, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt ana shu mulkdan 
olinishi kerak bo‘lgan foydani nazorat qilsa. 
Xarajatlarni amalga oshirish bilan aktivlarni hosil qilish o‘rtasida 
uzviy aloqa mavjud, ammo bu jarayonlar hamma vaqt ham vaqti 
bo‘yicha to‘g‘ri kelmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan 
amalga oshirilgan xarajatlar bo‘lg‘usi iqtisodiy foyda izlanganidan 


128 
dalolat beradi, lekin aktivlar olinganini uzil-kesil tasdiqlamaydi. 
Binobarin, xarajatlarning mavjud emasligi obyektni aktiv deb hisoblash 
uchun asos bo‘lmaydi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektga tekinga 
berilgan obyektlar aktivlarni ta’riflashga mos keladi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin