125
Moliyaviy
hisobotning
tarkibi
va
mazmuni
O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy hisobotining
tarkibi hamda mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan belgilanadi.
Asosiy xo‘jalik jamiyati bo‘lgan va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga,
o‘z nazorati ostidagi tashkilotlarga ega buxgalteriya
hisobi subyekti
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzadi.
Konsolidatsiyalashgan
moliyaviy
hisobotni
tuzish
tartibi,
shuningdek‚ asosiy xo‘jalik jamiyatining nazorati ostidagi tashkilotlarga
qo‘yiladigan talablar buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanadi.
Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:
davlat soliq xizmati organlariga;
ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;
davlat statistika organlariga;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.
Moliyaviy hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilishi mumkin.
Moliyaviy hisobot yilning har choragida taqdim etiladi. Kichik
korxonalar va mikrofirmalar buxgalteriya
balansidan hamda moliyaviy
natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan iborat‚ faqat yillik moliyaviy hisobotni
taqdim etadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti
manfaatdor banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar, shuningdek‚ qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa shaxslar uchun ochiqdir.
Aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek‚ sug‘urta
tashkilotlari,
banklar, jamoat fondlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
tashkilotlar har yilgi moliyaviy hisobotni aksiyadorlarning yoki
buxgalteriya hisobi subyekti boshqa yuqori boshqaruv organining yillik
umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan
kamida ikki hafta oldin
auditorlik xulosasi bilan birga e’lon qilishi shart.
Buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz,
hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini
yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan,
126
shuningdek‚ u asosida moliyaviy va
boshqa hisobotni tuzishdan
iboratdir.
Boshlang‘ich hisob hujjatlariga asoslangan, buxgalteriya hisobi
reestrlarida,
moliyaviy
hisobotlarda,
tushuntirishlarda
hamda
buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bilan bog‘liq boshqa
hujjatlarda aks ettiriladigan buxgalteriya hisobi obyektlari haqidagi
qayta ishlangan ma’lumotlar –
buxgalteriya axboroti deb yuritiladi.
Buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir
minimal talablarni buxgalteriya hisobi standartlari belgilaydi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish
va moliyaviy hisobotni
tuzishga doir maxsus talablarni buxgalteriya hisobining milliy
standartlari belgilaydi.
Xo‘jalik subyektlari moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘llashlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: