Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari


Buxgalteriya balansi elementlari va ularning tasnifiy belgilari



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/32
tarix03.12.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#120396
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari

Buxgalteriya balansi elementlari va ularning tasnifiy belgilari 
Buxgalteri
ya balansi 
elementlari 
Tavsifi 
Tarkibiy tuzilishi 
Aktivlar 
Subyekt 
nazorat 
qiladigan, 
kelgusida ulardan daromad olish 
maqsadida 
avvalgi 
faoliyat 
natijasida 
olingan 
iqtisodiy 
resurslardir 
Uzoq muddatli aktivlar: 
-Asosiy vositalar: 
-Nomoddiy aktivlar 
-Uzoq 
muddatli 
investitsiyalar 
-O‘rnatiladigan 
asbob-


136 
uskunalar 
-Kapital qo‘yilmalar 
Joriy aktivlar: 
-Tovar moddiy zaxiralar 
-Debitorlar 
-Pul mablag‘lari 
-Qisqa 
muddatli 
investitsiyalar
Xususiy kapital 
(sarmoya) 
Subyektning 
majburiyatlarini 
chegirib tashlagandan keyingi 
aktivlaridir 
O‘z 
mablag‘lari 
manbasi: 
-Ustav kapitali 
-Qo‘shilgan kapital 
-Zaxira kapitali 
-Taqsimlanmagan foyda 
-Maqsadli tushumlar 
-Kelgusi davr to‘lovlar 
zaxirasi 
Majburiyatlar 
Shaxsning (qarzdorning) boshqa 
shaxs 
(kreditor) 
foydasiga 
muayyan ishni amalga oshirish, 
masalan mol-mulkni topshirish, 
ishni bajarish, pul to‘lash va 
boshqa majburiyatlaridir yoxud 
muayyan xatti-harakatdan tiyilib 
turish majburiyatidir, kreditor esa 
qarzdordan o‘z majburiyatlarini 
bajarishini talab qilishga haqlidir 
Uzoq 
muddatli 
majburiyatlar 
Joriy majburiyatlar 
Korxona aktivlarlari va majburiyatlarini baholash. 
Baholash – aktivlar va majburiyatlar e’tirof etiladigan va moliyaviy 
hisobotlarda qayd etiladigan pul o‘lchovining usulidir. 
Moliyaviy 
hisobotlarda 
baholashning 
quyidagi 
usullaridan 
foydalaniladi:
Boshlang‘ich qiymat. Aktivlar sotib olish vaqtida erishilgan 
tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra belgilangan joriy qiymati 
bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni bajargunga qadar 
to‘lanadigan pul mablag‘lari summasi bo‘yicha majburiyatlarga 
almashib olingan mablag‘lar summasida aks ettiriladi. 


137 
Joriy qiymat. Aktivlar ana shu yoki shunga o‘xshash aktiv endigina 
sotib olingan bo‘lgandagi holatda to‘lanishi kerak bo‘lgan pul 
mablag‘lari summasi bo‘yicha hisobotda aks ettiriladi. Majburiyatlar 
majburiyatni to‘lash uchun talab etiladigan pul mablag‘larining 
diskontlanmagan summasida aks ettiriladi. 
Sotish qiymati. Aktivlar sotishdan olinishi mumkin bo‘lgan pul 
mablag‘lari summasi bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar ularni to‘lash 
qiymati bo‘yicha aks ettiriladi, bunday qiymat esa majburiyatlarni 
to‘lash uchun talab etiladigan pul mablag‘larining diskontlanmagan 
summasidir. 
Diskontlangan qiymat. Aktivlar xo‘jalik yurituvchi subyektning 
normal faoliyati davomida aktivlarni ko‘paytirishi lozim bo‘lgan 
bo‘lg‘usi pul mablag‘lari tushumining diskontlangan qiymati bo‘lgan 
joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi. 
Majburiyatlar 
kelgusida 
o‘tkaziladigan pul mablag‘larining 
diskontlangan 
qiymatidan 
iborat 
bo‘lgan, 
xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektning oddiy faoliyati davomida majburiyatlarni to‘lash uchun 
foydalanilishi mumkin bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi. 
Balans qiymati. Hisobot sanasida buxgalteriya balansida aktivlar va 
majburiyatlarni aks ettirish qiymatidir. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda 
boshlang‘ich qiymatni baholash uchun asos qilib oladilar. Undan odatda 
baholashning boshqa asosiy tushunchalari bilan birgalikda foydalaniladi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin