141
moddalarni o‘z ichiga oladi. Masalan, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi
hisobot soliqqa tortilgungacha va undan keyingi moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatidan olingan daromadni ko‘rsatadi. Omonat egalarining xususiy
sarmoyaga ulushlari daromad hisoblanmaydi;
xususiy sarmoyaning
egalari o‘rtasida taqsimlanishi xarajat hisoblanmaydi. Daromadlar va
xarajatlarni aniqlash ularning asosiy farq
qiluvchi jihatlarini ochib
beradi, lekin ularni moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda e’tirof
etishdan oldin javob berishi lozim bo‘lgan mezonlarni aniqlashtirmaydi.
Hisobot davridagi sof daromad yoki zarar quyidagi elementlar
asosida
aniqlanadi, ularning har biri moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi
hisobotda ochib berilishi lozim:
– Xo‘jalik umumiy faoliyatidan olingan daromad yoki ko‘rilgan
zarar;
– Favqulodda daromad (zarar);
– Daromad solig‘i to‘langunga qadar umumiy moliyaviy natija
(foyda yoki zarar);
– Daromad solig‘idan tashqari sof foyda.
Moliyaviy natijalarni ifodalovchi muhim ko‘rsatkichlarni
aniqlash
usulini quyidagi chizmada ko‘rib chiqish mumkin (2.1-chizma).
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot. Pul oqimlari to‘g‘risidagi
hisobot undan foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subyektning
moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni
baholashga imkon beradi, ularni
hisobot davrida qancha pul tushgani va qancha pul chiqqani to‘g‘risidagi
axborot bilan ta’minlaydi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot axborotlari
moliyaviy hisobotdan
foydalanuvchilar
uchun
xo‘jalik
yurituvchi
subyektning
pul
mablag‘larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini
baholashga baza bo‘lib xizmat qilish bilan foydalidir.
Pul oqimlari
to‘g‘risidagi hisobot pul tushumlari va to‘lovlarni uchta asosiy toifaga
ajratadi:
- operatsion faoliyat;
- investitsiya faoliyati;
- moliyaviy faoliyat.
142
Har uch toifaning pul mablag‘iga birgalikda ta’siri
hisobot davrida
pul mablag‘ining sof o‘zgarishini belgilab beradi. Pul oqimlari harakati
to‘g‘risidagi axborot bo‘lajak pul oqimlari prognozi to‘griligini
tekshirish chog‘ida, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx
o‘zgarishi ta’siri o‘rtasidagi aloqalarni tahlil qilish chog‘ida
zarur
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: