Ii sho‘ba amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda innovatsion yondashuv amaliy mashg’ulotlarda mustaqil ta’limni tashkil etish


Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash



Yüklə 333,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix05.12.2022
ölçüsü333,74 Kb.
#120481
1   2   3   4   5   6
Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash 
Providing the integrity of music education in instrumental performance 
Tashkent, Uzbekistan 
155 
ma’lum reja asosida olib boorish yaxshi natija beradi. Quyida mustaqil 
mashg’ulotlarning taxminiy tuzilishi va vaqtini keltirilgan: 
1. Gamma, uch tovushliklar va turli mashqlarni ijro etish 10-15 daqiqa. 
2. Yangi berilgan vazifani o’zlashtirish 15-20 daqiqa. 
3. Dam olish uchun 5 daqiqa. 
4. Oldin o’rganilgan vazifalarni takrorlash 20-25 daqiqa. 
Keltirilgan vaqt me’yori taxminiy bo’lib, uni belgilashda talabaning individual 
imkoniyatlarini hisobga olgan holda vazifalar hajmining katta-kichikligiga qarab 
kamaytirish yoki aksincha, ko’paytirish mumkin. 
Mustaqil mashg’ulot uchun keltirilgan taxminiy vaqtning jami 45-60 daqiqani 
tashkil etadi. Bu bir qarashda kamdek ko’rinishi mumkin. Ammo mashg’ulotlar 
muntazam ravishda davom ettirilsa, ko’zlangan natijaga bemalol erishish mumkin. 
Musiqa asarini yod olishni har bir sozanda qobiliyati va imkoniyatlaridan kelib 
chiqqan holda amalga oshiradi. Bu borada hamma uchun yagona ko’rsatma bo’lishi 
qiyin. Ba’zida sozandalarda nota matnini ko’rib eslab qolish qobiliyati kuchli bo’lsa, 
boshqalarida eshitib eslab qolish qobiliyati kuchli bo’ladi. Shu sababdan ham asarni 
yod olish ishida ularning uslublari turlicha bo’ladi. Muhimi musiqa asari qaysi bir 
uslub bilan yod olinishidan qat’i nazar, u sozandaning yodida mustahkam o’rnashib 
qolishidir. 
Hozirgi paytda oliy o’quv yurtlarida o’zlashtiriladigan ma’lumotlar 
miqdorining ortib borishi, kam vaqt sarf qilib, ko’proq natijalarga erishishni taqozo 
qilmoqda. Talabalarning mustaqil mashg’ulotlari muvaffaqiyatli bo’lishiga o’qituvchi 
rahbarligida sinfda darsni shu mustaqil mashg’ulotga yaqinlashtirib o’tish yordam 
beradi.
Uy vazifasini bajarishning bir qator muhim tomonlari bo’lib, bularni talaba 
esda tutishi zarur. Musiqa asari talaba tomonidan avvalo to’g’ri tushunilishi, ya’ni 
asar mohiyati to’g’ri ochilishi asosiy vazifa qilib qo’yilishi kerak. Asar ma’nosini 
to’g’ri tushunishda ijro uslublarining tanlanishi, belgilarga rioya qilish, 
applikaturaning to’g’ri qo’yilishi kabi masalalar muhim ahamiyatga ega. Talabaning 
mustaqil mashg’ulotlari paytida uning diqqat-e’tibori, albatta, biror aniq vazifani 
bajarishga qaratilishi kerak. Aks holda mashg’ulotlar quruq, ma’nosiz kechib, hech 
qanday natijaga erisha olmaslik mumkin. 
Ba’zi talabalar musiqa asarini o’zlashtirish davrida nota matniga ko’proq 
e’tibor qaratib, ijroning ifodali bo’lishi kerakligini unutib qo’yadilar. Bu 
kamchilikning oldini olish maqsadida talabaning diqqat markazida doimo ijro ni 
ifodali bajarish vazifasi turishi shart. Boshqacha aytganda, talabalar asar matnini 
o’zlashtirishda qancha kuch sarf qilishsa, ijroning ifodali chiqishiga ham shuncha 
e’tibor berishlari kerak. 



Yüklə 333,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin