41
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning O’zbekiston modeliga muvofiq ichki bozorda
tovarlar narxi va xizmatlar tarifi boshqa hamdo’slik mamlakatlarida bo’lgani singari
birdaniga erkinlashtirilmay bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Birinchi bosqich
1991 yilning ikkinchi yarimida 1994 yil iyul oyigacha, ya`ni milliy valyuta
kritilgunga qadar bo’lgan davrni “yumshoq” pul-kredit va byudjet siyosati zaminida
daromadni shakllantirish sohasida liberal siyosat amalga oshirilgan davrni o’z ichiga
oladi. Daromadlar siyosati nuqtai nazardan 1-bosqich quyidagi asosiy xususiyatlari
bilan belgilanadi:
• aholi pul daromadlari ustidan (“bo’sh”) nazorat;
• aholi yalpi daromadlarida iste`mol subsidiyalarining salmoqli vazni;
• fuqarolar tomorqa maydonlarining kengayishi hisobiga aholi natural
daromadlari yangi mnbalarining shakllanishi;
• norentabel ishlab chiqarish sohalarida band bo’lganlarni “avaylab” olib
chiqish hisobiga rasmiy ishsizlik darajasini sekin o’sishi hamda “Bankrotlik
to’g’risida” qabul qilingan qonunning samarali ta`sir o’tkazmasligi.
II-bosqich – 1994-1996 yillar mobaynida, qat`iyroq pul-kredit va byudjet
siyosati qo’llanila boshlaganda, daromadlar siyosati ham o’zgarishlariga duch keldi,
1996 yilga kelib quyidagilarga erishildi:
aholining pul va yalpi daromadlari o’sa boshladi;
daromadning shakllanish manbalari tarkibida ishbilarmonlik faoliyati,
mulkchilik, shaxsiy yordamchi xo’jalik yuritish va boshqa daromadlar
ulushi ko’tarildi.
Ishlab chiqarishning pasayishi, amalga oshirilayotgan ishlab chiqrishni qayta
tashkil etish, yashirin ishsizlikning o’sishi aholi qo’lidagi real daromadlarga ta`sir
etdi va ular 1991-1995 yillar mobaynida amalda ikki baravar kamaydi. Real
daromadlarning kamayishi byudjetdagi korxona va tashkilotlarda ishlovchilar
daromadida yaqqol namoyon bo’ladi. CHunki bu sobit daromadlarga soliq solish
osonroq bo’lib, yangidan paydo bo’layotgan xususiy sektordagi ish haqi haqiga soliq
solish qiyinroq ko’chadi.
Ayni paytda xilma-xil ishbilarmonlik faoliyati turlaridan hamda qishloq
xo’jaligi
mahsulotlarini
sotishdan
olinadigan
daromad
ko’paydi.
Aholi
daromadlarining ko’payishi ish bilan bandlikni oshishga olib keldi. Masalan, 450
ming nafardan ortiq qishloq joylarda yashovchilar ishga joylashdi, bo’larning 90%
dan ortiqrog’i iqtisodiyotning nodavlat sektorida mehnat kilayapti.
Mikroiqtisodiyot va statistika vazirligi o’tkazilgan tekshirishlarga ko’ra,
oilalarning umumiy daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan
daromad 37,0 % atrofida bo’lib, bu aholining shakllanib kelayotgan bozor
sharoitlariga moslashayotganligidan dalolat beradi. Buni 9.3.1 jadvalda ko’rish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: