174
1. Dastlabki nazorat.
2. Joriy nazorat.
3. Yakuniy nazorat.
Buxgalteriya operatsiyalarni dastlabki nazoratdan o‘tkazish
Dastlabki nazorat agar bank tarkibiy tuzilmasi
Front-ofis va Bek-ofisga
bo‘lingan bo‘lsa, Front-ofis xodimlari, buxgalteriya apparati bir butun yaxlit
bo‘lgan hollarda mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalarni bajarmasdan
oldin ularning bankning ichki siyosatiga hamda amaldagi qonunchilikka mos
ekanligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Agar operatsiyalar xorijiy
valutada xalqaro shartnomalar asosida amalga oshirilsa, shartnoma shartlariga
rioya qilinishi lozim.
Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilishda ularning O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlarida belgilangan
shakldagi blankda yozilib to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, barcha rekvizitlar to‘liq va
to‘g‘ri to‘ldirilganligi, ushbu pul hisob-kitob hujjatlarida bo‘yash,
chizish va
tuzatishga yo‘l qo‘yilmaganligi, shu jumladan, hisobvaraqni tasarruf
etuvchilarning imzolari va muhr izi taqdim etilgan namunalarga mos kelishi
tekshiriladi.
Agar mijoz taqdim qilgan pul hisob-kitob hujjatlarida
belgilangan talablarga
zid kamchilik va nuqsonlar aniqlansa, to‘lov hujjatlari mijozga ijroga qabul
qilinmasdan qaytarilishi lozim. Summasi, mijozlar nomi va ularning hisobvaraqlari
raqami o‘zgartirilgan to‘lov hujjatlari, hatto mijozlar tomonidan o‘zaro kelishilgan
tartibda tuzatish kiritilgan bo‘lsa ham ijro uchun qabul qilinmaydi.
To‘lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tushadigan reyestri
bor bo‘lgan holatda inkassaga qabul qilinadi.
Agarda bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib ko‘zda tutilmagan
bo‘lsa, to‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning talab qilib olguncha
depozit hisobvarag‘ida to‘lov uchun yetarli mablag‘lar mavjud bo‘lgandagina
qabul qilinadi. Budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha
taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari mijozning hisobvarag‘ida to‘lov
uchun
yetarli mablag‘lar mavjud bo‘lmaganda 2-son kartotekaga kirim qilinadi.
To‘lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo‘yish uchun foydalaniladigan
e’lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lishi kerak, aks
holda ular ijro uchun qabul qilinmaydi (oldingi ish kunida “kechki” muhri bilan
hamda budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar uchun qabul qilingan
to‘lov topshiriqnomalari bundan mustasno).
Naqd pulni berishda ishlatiladigan cheklar to‘ldirilgan kundan boshlab,
(to‘ldirilgan kunni hisobga olmagan va hujjatda ko‘rsatilgan sana to‘g‘rilanmagan
holda) 10 kalendar kun davomida bank tomonidan qabul qilinadi. Mas’ul
xodim
175
qabul qilingan naqd pul chekining sanasi, chekni topshirgan xo‘jalik subyektining
nomi va hisobvaraq raqamini, olinadigan mablag‘ning raqam va so‘z bilan
yozilgan summasini tekshiradi, chekdagi imzolar va muhr izini o‘zidagi imzo
namunalari bilan solishtiradi. Shuningdek, naqd pul cheklarini belgilangan tartibda
rasmiylashtirilganligini tekshirib chiqadi.
Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalter
mijozlardan qabul qilingan
barcha pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalariga asosan ma’lumotlarni dasturga
kiritadi va to‘lov hujjatlarini imzolab, elektron to‘lov tizimi orqali ularni joriy
nazoratdan o‘tkazish uchun Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalterga yuboradi.
Dostları ilə paylaş: