3
KIRISH
“Banklarda buxgalteriya hisobi” fanini o’qitishning maqsadi – kelgusida
respublikamizda yuqori malakali iqtisodchi –mutaxassislar bo’lib etishadigan
talabalar uchun banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etishning nazariy, huquqiy,
tashkiliy
asoslari haqida bilim berish, ularda banklarda buxgalteriya hisobini
yuritishda qo’llaniladigan hisobvaraqlar rejasi, bank balansi, bank hisobotlari
bo’yicha ko’nikma va malakalar shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga bank buxgalteriyasini tashkil etishning
nazariy, xuquqiy, tashkiliy asoslari
haqida bilimlari berish, tijorat banklarida
buxgalteriya xisobini yuritish halqaro standartlari asosida yuritishni tashkil qilish,
naqd pulsiz hisob-kitob operatsiyalarini rasmiylashtirilishi va hisobini
o’rganishdan iborat.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturu”ning asosiy maqsadi ham zarur
bilimlarni o‘zlashtirish bilan birga talabalarning intellektual qobiliyatlarini
rivojlantirish, ularda mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini
hosil
qilishdir
1
.
Fanni o’zlashtirgan talabaning malakaviy darajasi:
- banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari, hujjatlashtirish,
xujjatlar aylanishi va bank nazorati, Bosh va yordamchi kitob kitoblar bo’yicha
sintetik va analitik hisob, naqd pulsiz hisob-kitoblarning rasmiylashtirilishi va
hisobi, qimmatli qog’ozlar bo’yicha operatsiyalarning rasmiylashtirilishi va hisobi,
banklararo hisob-kitoblarning
hisobi va rasmiylashtirilish, qisqa muddatli kredit
operatsiyalarining rasmiylashtirilishi va hisobini;
- talaba kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish va hisobga olish, bank ichki
operatsiyalari, daromadlar va xarajatlarning rasmiylashtirilishi va hisobi,
tijorat
banklarining moliyaviy hisobotlari to’g’risida;
- talaba tijorat banklarining yangi hisobvaraqlar rejasi bo’yicha hisob va
buxgalteriya o’kazmalarini jahon andozalari asosida bajarilishini, tijorat
banklarining buxgalteriya hisobini amalga oshirishda qo’llaniladigan hujjatlarning
rasmiylashtirilishi va hujjatlarning aylanishi, tijorat banklarining moliyaviy
hisobotlari bo’yicha tasavvur va malakaga ega bo’ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 20
apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qarori mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish
borasida olib borilayotgan
ishlarning ham mantiqiy davomi, ham uni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgani
bilan ahamiyatlidir.
2
Qarorning eng muhim jihatlaridan biri, unda oliy malakali mutaxassislar
tayyorlashda xalqaro standartlar mezoniga rioya qilish, uning darajasida shart-
sharoit yaratish, ruhi va talabiga mos zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega
1
O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida” Qonun. Oliy ta’lim. Me’yoriy
hujjatlar to‘plami.T.: “Sharq”, 20014 y. 23 b.
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev. 20.04.2017 yildagi Qarori bilan “2017-2021 yillarda Oliy
ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish” dasturidan - “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaroridan.
4
kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Mazkur fanni o’rganish uchun bakalavr-iqtisodchi talabalar Davlat ta’lim
standartlarida ko’zda tutilgan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan bevosita
aloqada bo’ladi.
“Banklarda
buxgalteriya
hisobi”
fanini
o’qitishda
pedagogik
texnologiyalarni qo’llagan holda dars o’tish ko’zda tutilgan. Bulardan: muammoli
vaziyatlarni echish, masala-mashqlar, bahs-munozara usullari, testlar va h.k.
Seminar mashg’ulotlarida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va
ularni amaliyotga joriy etish kabi masalalar sinovdan o’tkaziladi. Xususan, har bir
dars yakunida talabadan ma’lum ko’nikma va malakalar hosil qilinishi nazarda
tutilgan. Seminar darslari ham pedagogik texnologiya usullarini qo’llagan holda
o’tkaziladi. Shuningdek, fanni o’zlashtirish jarayonida kompyuter texnikasidan
foydalangan holda tijorat banklarda qo’llaniladigan
yangi hisobvaraqlar rejasi,
xo’jalik subyektlari o’rtasida hisob-kitoblarni olib borish bilan bog’liq kompyuter
dasturlari bilan tanishadilar.
Mustaqil ta’lim shaklida banklarda buxgalteriya hisobi bo’yicha bilimlar
kengaytiriladi va bu fanlarning asoslari chuqurroq bilib olinadi. Buning uchun
muayyan mavzular tanlanib, talabalar e’tiboriga taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: