Bank hisobi va audit


 Banklarda buxgalteriya provodkalarni bajarish asoslari



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

5. Banklarda buxgalteriya provodkalarni bajarish asoslari. 
Hozirgi kunda xalqaro andozalarga muvofiq balans ichidagi hisob raqamlari 
ham, balansdan tashqari hisobvaraqlar ham ikkiyoqlama yozuv asosida olib 
boriladi. Buxgalteriya hisobining tashkil qilishning asosiy tamoyillaridan biri ham 
aynan ikkiyoqlama yozuv usulidir.
Ikki yoqlama yozuv usulining mazmuni nimadan iborat? Hisob siyosatida 
ikkiyoqlama yozuv usulini amaliyotga tatbiq etilishi maxsus buxgalteriya hujjatlari 
asosida amalga oshiriladi. Bu hujjat hisobvaraq bo‘lib, u ikki qismdan iborat 
bo‘ladi: chap tomoni “debet”, o‘ng tomoni esa “kredit” deb nomlanadi. Har bir 
hisobvaraqning kun boshiga bo‘lgan boshlang‘ich qoldig‘i (saldo) bo‘lib, 
operatsiyalar o‘tkazilgandan so‘ng debet va kredit aylanmalarni hisobga olgan 
holda kun oxiriga bo‘lgan qoldig‘i chiqariladi. 
Barcha hisobvaraqlar o‘z mazmuniga ko‘ra aktiv yoki passiv bo‘lishi 
mumkin. Bankning o‘z mablag‘larini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar 
aktiv hisobvaraqlar hisoblanadi. Bank mablag‘larining manbayini hisobga olishda 
ishlatiladigan hisobvaraqlar esa passiv hisobvaraqlar bo‘lib hisoblanadi. 
Aktiv 
hisobvaraqlarga 
bankdagi 
naqd 
pullar, 
bankning 
vakillik 
hisobvarag‘idagi mablag‘lar, turli muddatlarga, banklarga, hukumatga, korxona 
tashkilotlarga berilgan ssudalar, asosiy vositalari, bank xarajatlari kiradi. Passiv 
hisobvaraqlarga esa turli depozitlardagi mablag‘lar, budjet mablag‘lari, bank 
kapitali, daromadlari va hokazo kiradi. 
Aktiv hisobvaraqlarning qoldig‘i uning “debet” qismida bo‘lib, 
mablag‘larning ko‘payishi ham debetda aks ettiriladi, mablag‘larning kamayishi 
esa hisobvaraqning kreditida ko‘rsatiladi. Passiv hisobvaraqlar bo‘yicha, aksincha, 
qoldiq hisobvaraqning kredit tomonida bo‘lib, mablag‘larning kelib tushishi uning 
kreditida, mablag‘larning kamayishi, ya’ni chiqib ketishi debetida o‘z ifodasini 
topadi. 
Aktiv va passiv hisobvaraqlar bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari sxemasini 
quyidagicha ifodalash mumkin.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin