181
samaradorligini oshirishni talab etmoqda. Chunki, tijorat
banklari jalb qilgan
mablag’larining asosiy qismini depozitlar tashkil etadi. Depozitlar bank mijozlari
tomonidan qo’yilgan yoki operatsiyalar jarayonida bank hisobvarag’ida ma’lum
vaqtgacha saqlanadigan mablag’lar hisobidan shakllantiriladi.
Depozit mijozlarning bankka vaqtincha foydalanish uchun bergan
mablag’lari bo’yicha bank va mijoz o’rtasida vujudga keladigan munosabatlarni
aks ettiradi
23
. Depozitlarning guruhlanishi bo’yicha me’yoriy hujjatlar va iqtisodiy
adabiyotlarda keltirilgan manbalar bir-biriga mos kelmaydi. Ayrim manbalarda
ular asosan uchta guruhga ajratilsa, ba’zi adabiyotlarda to’rtta guruhga ajralishi
ta’kidlanadi, Markaziy bankning depozitlar to’g’risidagi
nizomida esa beshta
guruhga bo’lingan
24
.
Tijorat banklari depozit operatsiyalarini bu tartibda guruhlanishi ularni
moliyaviy jihatdan nisbatan barqaror va beqaror mablag’larga hamda to’lovliligi
jihatidan nisbatan qimmat va arzon depozit mablag’lar sifatida tasniflashda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Mablag’larni tashkil topishi jihatidan qimmatli yoki arzon mablag’lar
guruhiga ajratish mumkin. Bu erda asosiy e’tibor, depozit operatsiyalari natijasida
vujudga keladigan mablag’larga qaratilib, yuqorida qayd etilgan nisbatan barqaror
mablag’lar tijorat banklari uchun qimmat resurs manbalarini tashkil etadi. Arzon
bank resurslari guruhiga esa o’z – o’zidan aniqki nisbatan beqaror xususiyatga ega
mablag’lar kiradi.
Tijorat banklari depozit mablag’lari tarkibida talab qilib olinguncha
saqlanadigan hisobvaraqlardagi depozitlariga korxona,
tashkilot, muassasa va
boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarning hisob–kitob va joriy hisobvaraqlarida
saqlanadigan pul mablag’lari kiradi. Talab qilib olinguncha saqlanadigan
hisobvaraqlardagi depozitlarga bank nisbatan past miqdorda, ayrim hollarda esa
umuman foiz to’lovlari to’lamaydi.
Shu jihatdan, tijorat banklarining ushbu
depozit manbasi beqaror moliyaviy manba sifatida ta’kidlashimiz mumkin. Chunki
bank ushbu manbalar hisobidan aktiv operatsiyalarini amalga oshiradigan bo’lsa,
uning faoliyatida turli iqtisodiy muammolar vujudga keladi. Ularning asosiylaridan
biri vakillik hisobvaraqlari bilan bog’liq taqchillik muammosi hisoblanadi.
Tijorat banklari resurslari tarkibida muddatli depozitlar moliyaviy jihatdan
barqaror manba hisoblanadi. Ushbu depozit turining nomidan ham ma’lumki,
depozit mablag’lar nisbatan uzoqroq muddatga qo’yilib, ularning muddati kamida
bir oyni tashkil etishi lozim. O’z navbatida banklar ushbu depozit turi bo’yicha
nisbatan yuqori foiz to’lovlarini to’laydi. Muddatli depozitlar oldindan
ogohlantirish asosida muddatidan oldin bankdan qaytarib olinishi ham mumkin.
Bunda bank mijozga depozit mablag’ini oldindan qaytarib olganligi uchun jarima
tarzida shartnomada kelishilgan foiz to’lovlarini to’lamaslik huquqiga ega bo’ladi.
Jismoniy shaxslar o’rtasida omonatlarning eng rivojlangan turi – bu
jamg’arma depozitlar hisoblanadi. Jamg’armaning ushbu turida bank omonatchiga
23
Финансы и кредит: Учебник под ред. проф. М.В.Ромоновского, проф. Г.Н.Белоглазовой. –М.: Юрайт-
Издат, 2003. -С. 390.
24
O’zbekiston Respublikasi bank tizimida buxgalteriya hisobini yuritishga oid qonunchilik hujjatlari to’plami.–
Toshkent:O’zbekiston, 2003.88-b.
182
uning mablag’i harakati, qoldig’i va unga hisoblangan foizlar haqidagi ma’lumotni
aks ettiruvchi jamg’arma daftarchasini beradi.
Jamg’arma depozitlarining asosiy turi sifatida rivojlangan mamlakatlar bank
amaliyotida keng qo’llanilayotgan depozit sertifikatlarini ko’rsatish mumkin.
Boshqa
depozitlar
guruhiga
banklarning
yuqorida
qayd
etilgan
depozitlaridan tashqari mijozlarning akkreditiv bo’yicha talab qilib olinguncha
bo’lgan davrdan foizsiz depozitlar, shuningdek, amaldagi qoidalarga muvofiq turli
ishonchli mablag’lar va shunga o’xshash boshqa
moliyaviy operatsiyalar va
majburiyatlar bo’yicha depozit hisobvaraqalarini ochishi mumkin
25
.
Demak, tijorat banklari depozit siyosati – bank siyosatining ajralmas
elementi bo’lib, uning asosiy maqsadi bankning depozit resurslarni shakllantirish,
boshqarish bilan bog’liq strategik va taktik faoliyati harakatini ishlab chiqish
hisoblanadi.
Tijorat banklari resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag’lar tashkil
etadi. Har bir tijorat banki faoliyatida jalb qilingan mablag’lar muhim ahamiyat
kasb etadi, chunki tijorat banklarining o’z mablag’lari, asosan, bankni tashkil qilish
va shakllantirish bilan bog’liq vazifani amalga oshirsa, jalb qilingan mablag’lar
esa, bankning barqaror daromad olish imkoniyatini ta’minlab turadi. Shuning
uchun ham, har bir tijorat bankining jalb qilingan mablag’larini doimiy tahlil qilib
borish bankning barqarorligini ta’minlash imkonini beradi.
Tijorat banklarida
puxta o’ylangan depozit va kredit siyosati bo’lishini talab qiladi. Tijorat banklarida
depozit va kredit siyosatining to’g’ri tashkil etilganligi, ular orasidagi bog’liqlik va
nisbatning optimal tanlanganligigina banklarning samarali faoliyat ko’rsatishi
uchun asos bo’lishi mumkin.
Depozit operatsiyalarning subyektlari bo’lib bir tomondan tijorat banklari
qatnashsa, ikkinchi tomondan:
- davlat korxona va tashkilotlari;
- moliya, sug’urta, investitsion va trast kompaniyalar;
- xususiy korxona va tashkilotlar;
- aktsioner kompaniyalar;
- banklar va boshqa kredit muassasalari;
- qo’shma korxonalar, kooperativlar;
- jamoa tashkilotlari va fondlar;
- alohida jismoniy shaxslar yoki ularning birlashmalari qatnashadilar.
Depozit operatsiyalarining obyekti bo’lib ehtiyojdan ortiqcha pul
mablag’lari (qo’yilmalar) hisoblanadi. Depozit operatsiyalarini tashkil qilishning
asosi bo’lib, balans likvidliligi, mijozlarning moliyaviy ahvolining barqarorligi
hisoblanadi. Depozit operatsiyalari tijorat banklarining
depozit siyosatini amalga
oshirish orqali ta’minlanadi, ya’ni:
- depozit operatsiyalari bank daromadining oshishga yoki kelajakda
daromad olishga sharoit yaratishi kerak;
25
O’zbekiston Respublikasi bank tizimida buxgalteriya hisobini yuritishga oid qonunchilik hujjatlari to’plami. –
Toshkent: O’zbekiston, 2003. 92-b.
183
- bank balansining likvidliligini saqlash maqsadida depozit siyosatini
amalga oshirish kerak;
- depozit operatsiyalarini amalga oshirishda muddatli qo’yilmalarga
e’tibor qaratish lozim;
- depozitlarni jalb kilish va ularni vaqtida qaytarib berish bilan bog’lik
bank xizmatlarini rivojlantirish choralarini ko’rish zarur va boshqalar.
Pul qo’yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda depozitlar quyidagilarga
bo’linadi:
- yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar) qo’yilmalari;
- jismoniy shaxslar qo’yilmalari;
Mablag’larni olish shakliga ko’ra depozitlar quyidagilarga bo’linadi:
- muddatli depozit mablag’lar;
- talab kilib olingunga qadar depozit mablag’lar;
- aholining jamg’arma qo’yilmalari.
Tijorat banklarining depozit siyoatini ishlab chiqish, birinchi navbatda,
depozit siyosatining umumiy va xususiy mezonlarini aniqlab olishni taqozo qiladi.
Bunda asosiy e’tibor umumiy mezonlarni belgilab olishga karatiladi.
Tijorat banklarida ochiladigan depozitlar (omonat)lar
quyidagi turlarga
bo’linadi:
Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar;
Jamg’arma omonatlar;
Muddatli omonatlar;
Omonat sertifikatlari;
Banklar omonatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni qonun hujjatlarida
belgilangan talablarga amal qilgan holda sir saqlanishini ta’minlashlari lozim.
Dostları ilə paylaş: