Bank hisobi va audit


Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

2.Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobi. 
Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar omonatchilarning talab 
qilinishi bilanoq beriladigan omonatlardir. Bank plastik kartalaridagi mablag’lar 
talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar hisoblanib, ularning harakati 
alohida qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi. 
Bank bilan yuridik shaxs, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug’ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor hamda dehqon 
xo’jaliklarining talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat hisobvarag’i bo’yicha 
vujudga keladigan munosabatlari bank hisobvarag’i shartnomasi bilan tartibga 
solinadi.
Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari 
bo’yicha, bank omonatchining birinchi talabiga ko’ra (agar, bank omonati 
shartnomasi tuzilgan va unda boshqa muddatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa) 
omonatchining tegishli ko’rsatmasi bankka kelib tushgan kunning ertasidan 
kechikmagan holda uning to’lovlar bo’yicha topshirig’ini bajarishi shart. 
Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari 
bo’yicha tuzilgan bank omonati shartnomasida omonatchi tomonidan omonatning 


57 
asosiy summasini birinchi talabi bilan qaytarish va belgilangan foizlar to’lash 
shartlari bo’lishi lozim. 
3.Muddatli va jamg‘arma depozitlari bo‘yicha operatsiyalari hisobi. 
Bank omonati shartnomasida belgilangan muayyan maqsadga yo’naltiriladigan 
yoki boshqa shartlar asosida jalb qilingan omonatlar jamg’arma omonatlar 
hisoblanadi. 
Jamg’arma omonatlar bo’yicha bank bilan omonatchi o’rtasida bank 
omonati shartnomasi tuzilishi va omonatchi shartnoma tuzganidan so’ng, bank 
omonati shartnomasida ko’rsatilgan omonat summasi qo’yilishi shart. Jamg’arma 
omonatlar bo’yicha bank omonati shartnomasiga muvofiq qo’shimcha mablag’lar 
kiritilishi mumkin. Qo’shimcha mablag’lar kiritish tartibi bank omonati 
shartnomasida aniq belgilanishi lozim. 
Jamg’arma omonatlar maqsadli, yutuqli va boshqa shartlar belgilangan 
ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. 
Ma’lum maqsad uchun jamg’ariladigan va qat’iy ravishda shu maqsadga 
yo’naltiriladigan omonatlar maqsadli jamg’arma omonatlar hisoblanadi.
Omonatchiga foizlar yutuq ko’rinishida to’lanadigan omonatlar yutuqli 
jamg’arma omonatlar hisoblanadi. Yutuqlar pul mablag’lari, omonatga qo’shimcha 
foizlar hisoblab yozish, buyum va boshqa ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Omonat qo’yishda bank omonati shartnomasida ko’rsatilgan shartlarning 
bajarilishi bilan omonatdan foydalanish mumkin bo’lgan uchinchi shaxs nomiga 
qo’yilgan omonatlar shartli jamg’arma omonatlar hisoblanadi. Masalan, 
“Omonatchi o’quv yurtini tugatgandan so’ng, omonat beriladi” yoki “Voyaga 
yetgach beriladi” kabi shartlar belgilangan bo’lishi mumkin. Omonatchining 
xohishiga ko’ra, shartning bajarilish muddati masalan, “20___ yilda omonatchi 
o’quv yurtini tugatgandan so’ng omonat beriladi” kabi belgilar bank omonati 
shartnomasida ko’rsatilishi mumkin. 
Omonatchi jismoniy shaxslar xohishlariga qarab, bank jamg’arma omonat 
hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Masalan, 
omonatchi topshirig’i asosida bank uning jamg’arma omonat summasini bankdan 
olingan kredit va unga hisoblangan foizlar to’loviga, kommunal to’lovlarni amalga 
oshirish uchun yo’naltirilishi mumkin.
Agar omonatchi jamg’arma omonatni bank omonati shartnomasida 
ko’rsatilgan holatlar yuz bergunga qadar qaytarib berishni talab qilish niyatida 
bo’lsa, u o’zining bu niyatidan bankni omonatni olishni mo’ljallayotgan sanadan 
kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim.
Bank omonati shartnomasida belgilangan muddat tugaganidan keyin 
qaytarish sharti bilan jalb qilingan omonatlar muddatli omonatlar hisoblanadi. 
Muddatli omonatlar bo’yicha bank bilan omonatchi o’rtasida muddatli bank 
omonati shartnomasi tuzilishi va omonatchi shartnoma tuzilganidan so’ng, 
muddatli bank omonati shartnomasida ko’rsatilgan omonat summasini qo’yishi 
shart. Qo’shimcha mablag’lar kiritish tartibi muddatli bank omonati shartnomasida 
belgilanishi lozim.


58 
Agar omonatchi muddatli omonatni muddati tugagunga qadar qaytarib 
berishni talab qilish niyatida bo’lsa, u o’zining bu niyatidan bankni omonatni 
olishni mo’ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim.
Muddatli omonatlar quyidagi muddatlar bo’yicha tasniflanadi: 
muddati 30 kungacha bo’lgan omonatlar; 
muddati 90 kungacha bo’lgan omonatlar; 
muddati 180 kungacha bo’lgan omonatlar; 
muddati 365 kungacha bo’lgan omonatlar; 
muddati 365 kundan ortiq bo’lgan omonatlar. 
Omonatchi muddatli omonat summasini muddat tugaganidan keyin 
muddatli bank omonati shartnomasida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganidan 
keyin qaytarib berishni talab qilmagan hollarda, agar muddatli bank omonati 
shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, shartnoma omonatni 
talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar shartlari asosida uzaytirilgan deb 
hisoblanadi.
Bank tomonidan jalb qilingan omonatlar bo’yicha foizlar hisoblanadi va 
omonatchiga to’lab beriladi. Omonatlar bo’yicha foizlar 2004 yil 30 yanvardagi 
№-1306-sonli “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to’g’risida”gi Nizom asosida 
amalga oshiriladi. 
Omonatlarga to’lanadigan foiz stavkalari banklar tomonidan qonun hujjatlari 
talablari doirasida belgilanadi. 
Bank omonati shartnomasida to’lanadigan foizlar miqdori haqida shart 
bo’lmagan taqdirda, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga 
to’lanadigan miqdorda foizlar to’lashi shart. 
Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo’lmasa, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga to’lanadigan 
foizlar miqdorini o’zgartirish huquqiga ega. 
Bank foizlar miqdorini kamaytirgan taqdirda, foizlarning yangi miqdori 
foizlar kamaytirilganligi haqida omonatchilarga xabar berilganidan keyin qo’yilgan 
omonatlarga nisbatan qo’llanadi. Agar bank omonati shartnomasida boshqa 
muddat nazarda tutilgan bo’lmasa, ushbu xabarga qadar qo’yilgan omonatlarga 
nisbatan kamaytirilgan foizlar miqdori tegishli xabar berilgan paytdan bir oy 
o’tganidan keyin qo’llanadi.
Bank, omonat foizlari miqdorini kamaytirganligi haqida shaxsan har bir 
omonatchini rasmiy ravishda xabardor qilishi lozim. 
Jamg’arma va muddatli omonatlar bo’yicha bank omonati shartnomasida 
belgilangan foizlar miqdorini, agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan 
bo’lmasa, bank tomonidan bir tomonlama kamaytirilishi mumkin emas. Ushbu 
omonatlar bo’yicha mablag’lar omonatchining talabi bilan unga qaytarilgan 
hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, omonat 
bo’yicha foizlar to’lanmaydi. 
Bank omonati summasiga foizlar omonat bankka tushgan kunning ertasidan 
boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga ko’ra omonatchining 
hisobvarag’idan o’chirilgan kundan oldingi kungacha yoziladi. Omonatchining 


59 
hisobvarag’i xatlanganligi oqibatida bank ushbu hisobvaraqdagi mablag’lardan 
foydalana olmagan davr uchun foizlar yozilmaydi.
Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo’lmasa, bank omonati summasiga foizlar har bir oy o’tganidan keyin 
omonatchining talabi bilan omonat summasidan alohida to’lanadi, bu muddatda 
talab qilib olinmagan foizlar esa foizlar yoziladigan omonat summasiga qo’shilib 
boradi.
Omonatga topshirilgan mablag’ qo’yilgan kunning o’zida to’liq yoki qisman 
qaytadan berilsa, foizlarni hisoblashda omonat berilgan kun hisobga olinmaydi. 
Qo’shimcha mablag’lar qabul qilinganda, foizlar hisoblash uchun operatsiya 
amalga oshirilgan kundan keyingi kundan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan 
yoki boshqa asoslarga ko’ra omonatchining hisobvarag’idan o’chirilgan kundan 
oldingi kungacha yoziladi.
Banklar omonatchilar bilan kelishilgan holda omonat bo’yicha foizlarni 
oldindan to’lab berishi mumkin. Agar omonatchi omonat summasini muddatdan 
oldin olish niyati bo’lsa va omonatning haqiqatda saqlangan muddatiga 
hisoblangan foizlar summasi avans tariqasida oldindan berib yuborilgan summadan 
kam bo’lsa, o’rtadagi farq omonat summasidan chegirib qolinadi. 
Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat omonatchining talabi bilan, 
shuningdek, muddatli va jamg’arma omonatlar muddati tugashi bilan 
qaytarilganda, shu paytgacha yozilgan hamma foizlar to’lanadi.
Tijorat banklari resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag’lar tashkil 
qiladi. Har bir tijorat banki o’z faoliyatida jalb qilingan mablag’lar muhim 
ahamiyat kasb etadi, chunki tijorat banklarining o’z mablag’lari asosan bankni 
tashkil qilish va shakllantirish bilan bog’liq vazifani amalga oshirsa, jalb kilingan 
mablag’lar esa bankning barqaror daromad olish imkoniyatini ta’minlab turadi. 
SHuning uchun ham xar bir tijorat bankining jalb kilingan mablag’larini doimiy 
taxlil kilib borish bankning barkarorligini ta’minlash imkonini beradi. Tijorat 
banklarida puxta uylangan depozit va kredit siyosati bo’lishini talab qiladi
banklarda ushbu siyosatlarning to’g’ri tashkil etilganligi ular orasidagi bog’liqlik 
va nisbatning optimal tanlanganligini banklarning samarali faoliyat ko’rsatishi 
uchun asos bo’lishi mumkin.
Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul 
mablag’larini bankga jalb kilish bilan bog’liq operatsiyalar depozit operatsiyalari 
deyiladi. Depozit operatsiyalari yordamida tijorat banklarining 90 foizdan ortiq 
passivlari tashkil qilinishi mumkin. Depozit operatsiyalarini tijorat banklari 
o’zlarining depozit siyosatlari asosida olib boradilar. Tijorat bankining depozit 
siyosati uning kredit siyosati, foiz siyosati va boshka faoliyat turlari bilan 
chambarchars bog’lik bo’lib, banklarning resurs bazasini mustaxkamlash va uning 
barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir. Depozit operatsiyalarini amalga 
oshirishda bu operatsiya turining obyekt va subyektini aniqlash lozim. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin