Bank hisobi va audit


Foydalaniladigan usullar va tadbirlarga ko’ra



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

Foydalaniladigan usullar va tadbirlarga ko’ra 
Umummetodologik 
usullar 
Hujjatli nazorat 
usullari 
Faktlar asosida tekshiruv 
usullari 
 Audit 
 Analiz 
 Tekshiruv 
(reviziya) 
 Monitoring 
 Tematik 
tekshiruv 
 Xizmat 
tekshiruvi 
Yuridik 
baholash 
 Mantiqiy 
nazorat 
 Formal 
tekshiruv 
 Arifmetik 
tekshiruv 
 taqqoslash 
 Inventarizatsiya 
 Ekspertiza 
Boshqaruv 
ma’lumotlari tahlili 
va bosh. 


165 
- Bank kengashi qarorlari yuzasidan javobgarlikni belgilash, bank ichki 
nazoratini tashkil etish va amalga oshirishda tijorat banki siyosati va strategiyasini 
amalga tadbiq etish; 
- Ichki nazorat doirasida qoida va tartiblarni ishlab chiqish jarayonida 
vakolatlar taqsimotini belgilash (bank tashkiliy strukturasiga muofiq); 
- Tijorat banki faoliyatining ichki hujjatlar, shuningdek ichki nazoratni 
amalga oshirishda belgilangan tartibga muofiqligini nazorat qilish
- Ichki nazoratning aniq yo’nalishlari uchun javobgarlikni va majburiyatlar 
taqsimotini belgilash; 
- Ma’lumotlarning samarali uzatilish tizimini ishlab chiqish; 
- Ichki nazorat xizmati tomonidan aniqlangan qonun buzilishlar va 
kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha nazorat mexanizmini tashkil etish; 
Tijorat banki manfaatlar to’qnashuvi yuzaga kelishi sharoitida mavjud 
bo’ladigan ziddiyatlarni oldini olish maqsadida xodimlarning xizmat vazifalari 
taqsimotini amalga oshiradi. Bank manfaatlarning potensial to’qnashuvini 
aniqlash va nazorat qilish bo’yicha aniq tartib o’rnatishi kerak. 
Ma’lumotlar oqimi boshqaruvini nazorat qilish va ma’lumotlar xavfsizligini 
ta’minlash jarayoni bank faoliyatining barcha yo’nalishlarini qamrab olishi zarur. 
Bank faoliyatining biror yo’nalishi bo’yicha ma’lumot ishonchli, to’liq, to’g’ri 
shakllantirilgan va o’z vaqtida taqdim etilgan bo’lishi kerak. Avtomatlashgan 
ma’lumotlar tizimi va texnik vositalarning ichki nazorati umumiy nazorat va 
dasturiy nazoratdan iborat bo’ladi. Umumiy nazorat uzluksiz ishni tashkil qilish 
maqsadida komputer tizimini nazorat qilishni nazarda tutadi. Dasturiy nazorat 
amaliy dasturda avtomatlashgan tartiblar bilan amalga oshiriladi.
Ichki nazorat tizimini nazorat qilish boshqaruv va turli bo’linmalar xodimlari 
tomonidan doimiy amalga oshirilishi shart. Bank moliyaviy faoliyatga ta’sir 
ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillarni o’rganib ichki nazorat tizimining samarali 
faoliyat yuritishi uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
17
Tijorat banklarida ichki nazorat xizmati quyidagi muhim tamoyillar asosida 
shakllantiriladi: 
- Nazorat tadbirlarini o’tkazish uchun bankning barcha bo’linmalari va 
tashkiliy tuzilmalarning ochiqligi; 
- Bank faoliyatidagi risklarning doimiy nazoratini amalga oshirish; 
- Operatsiyalarning 
maqsadli 
bajarilishiga 
yagona 
shaxs 
javobgar 
bo’lmasligi uchun xodimlarning lavozim majburiyatlari taqsimoti; 
- Har bir lavozimdagi shaxsni boshqa shaxsdan avval bajarilgan 
operatsiyalarga bog’liq bo’lmagan holda nazorat qilish; 
- Bank aktivlariga va hujjatlariga bo’lgan jismoniy ruxsatni doimiy nazorat 
qilish. 
Bank ichki nazorat tizimi uni joriy qilish bilan bog’liq hujjatlarga muofiq 
ravishda boshqaruv organlari tomonidan tashkil etiladi. Ichki nazorat tizimining 
faoliyat yuritishi, muammolarni aniqlash va tahlil qilish jarayonini domiy nazorat 
17
Маковникова Г. А., Кантор В. Э. “ Финансовый менеджмент ” М., ЮРАИТ, 2011 y. 


166 
qilish uchun bankda ichki nazorat xizmati joriy qilinadi. U Markaziy bank 
talablariga javob berishi va o’z faoliyatini bank Ustavi hamda ichki nazorat 
to’g’risidagi Kengash tomonidan tasdiqlangan ichki tartibga asosan amalga 
oshirishi kerak. Ichki nazorat xizmatining xodimlar tarkibi bankning ko’lami, u 
bajaradigan operatsiyalar murakkablik darajasiga bog’liq holda boshqaruv 
tomonidan belgilanadi.
Bugungi kunda bank faoliyatida risk nazorati xizmatini tashkil qilishga katta 
e’tibor qaratilmoqda. Bank ishidagi risklar likvidlilikning tushib ketishi, katta 
moliyaviy yo’qotishlar va zararlarga olib kelishi mumkin. Ichki nazoratda ushbu 
yo’nalishni tashkil qilishdan asosiy maqsad kredit tashkiloti tomonidan 
qonunchilik hamda markaziy bank va boshqa tegishli organlar tomonidan qabul 
qilingan normativ hujjatlarga amal qilinishini nazorat qilish yo’li bilan mavjud
risklarni cheklashdan iborat.
Amerikaning aksionerlik va davlat korxonalari uchun buxgalteriya hisobi 
bo’yicha mutaxasislarni tayyorlovchi Institut olimlari ichki nazoratni quyidagicha 
talqin etadi (Bauen va Uolker, 1978 )
18
:“Ichki nazorat tashkilot rejasi va shu 
tashkilot (ma’lum biznes sohasi) tomonidan quyidagilarni ta’minlash maqsadida 
qabul qilingan chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi: (1) o’z aktivlarini saqlash; (2) 
hisobotlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi va aniqligini tekshirish; (3) 
operatsiyalar samaradorligini oshirishga ko’maklashish; (4) tasdiqlangan 
boshqaruv siyosatiga rioya qilinishini rag’batlantirish.
Ma’lumki, nazariy jihatdan ichki audit va ichki nazoratni taqqoslash zaruriyati 
paydo bo’ladi va bu taqqoslash bizga ikkala tizimning mohiyatini to’laroq ochib 
berishga imkon yaratadi. Ichki audit bo’limi ichki nazorat tizimini kuzatish va 
ichki nazoratning qanday shaklda amal qilayotganini aniqlash uchun javobgar. 
Ichki audit shuningdek, operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan 
tartiblarni ta’minlaydi. Bundan tashqari ichki audit bo’limi bankda profilaktik 
funksiyani ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Quyida nazorat tizimining ikki bo’g’ini ko’rsatib o’tilgan. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin