Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi


-bob. Ta’lim kreditini qaytarish tartibi



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/47
tarix22.12.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#121678
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
----------------------------------------------------

4-bob. Ta’lim kreditini qaytarish tartibi 
21. Ta’lim kreditining asosiy qarz to‘lovlari kredit oluvchi tomonidan ta’lim 
krediti shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarda to‘lanadi.
22. Kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) ta’lim krediti bo‘yicha asosiy 
qarzni ta’lim krediti shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga 
haqlidir. 
23. Kredit oluvchi ta’lim krediti bo‘yicha asosiy qarzni ta’lim krediti 
shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarmasa, tijorat banki ta’lim krediti 
bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarni o‘zining ichki hujjatlariga asosan qaytarish 
choralarini ko‘radi. 
24. Kredit oluvchi ta’lim krediti bo‘yicha asosiy qarzni kredit shartnomasida 
belgilangan muddatlarda qaytarmagan taqdirda, tijorat banki kredit shartnomasiga 
asosan muddati o‘tgan qarz bo‘yicha neustoyka yoki boshqa turdagi jarima 
hisoblashi va ushbu neustoyka (jarima) summasini qarz oluvchidan (birgalikda qarz 
oluvchidan) undirishga haqli. 
Muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘yicha hisoblangan neustoyka (jarima) 
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan undirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
25. Bosh bitimga muvofiq tijorat banklari qarz oluvchilarga ajratilgan ta’lim 
kreditlari foizlarini qoplash yuzasidan talabnomani shakllantirib, Jamg‘armaga 
taqdim etadi. 
26. Jamg‘arma tomonidan har uch oyda tijorat banklari tomonidan berilgan 
talabnomaga muvofiq besh ish kunida tijorat banklarida ochilgan alohida hisob 
varag‘iga ta’lim krediti foizlarini qoplash uchun tegishli mablag‘larni o‘tkazib 
beradi. 
27. Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga joylashtirilgan ta’lim krediti 
uchun depozitni qaytarish tijorat banklari va Moliya vazirligi o‘rtasida tuzilgan 
depozit shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. 
5-bob. Yakunlovchi qoidalar 
28. Mazkur Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik 
hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 
29. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar 
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 


35 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin