O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Malakaviy ishning ob’ekti va predmeti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix10.01.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#122102
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ozbek xonliklari davridagi etnomadaniy jarayonlar

Malakaviy ishning ob’ekti va predmeti . Tadqiqot ishini ob’ekti va 
predmetini yozish uchun ko‘plab adabiyotlardan foydalanildi. Tadqiqotning 
nazariy asosini Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlari va mavzuga doir 
bildirgan fikr hamda nutqlari tashkil etadi
1

Bugungi kunda etnologik tadqiqotlardan biri sifatida "An’anaviy va 
zamonaviy etnoslararo jarayonlar" yo‘nalishida ham qator amaliy ishlar bajarilgan 
bo‘lib, keng kitobxonlar ommasiga takdim qilinayotgan ushbu kitobni yozishdan 
bosh maqsad - O‘zbek xonliklari yani XV asr boshlari - XIX asr o’rtalarida 
yashagan turli etnos va etnografik guruhlarning o‘zaro etnik hamda madaniy 
aloqalari xarakterini tarixiy-etnografik materiallar asosida tahlil qilish hisoblanadi. 
1
Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. -Т., «Ўзбекистон», 1992; Ўша 
муаллиф. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. -Т., «Ўзбекистон», 1995; 
Ўша муаллиф. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва 
тараққиёт кафолатлари.- Т., «Ўзбекистон», 1997; Ўша муаллиф. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 
-Т., «Ўзбекистон», 1998; Ўша муаллиф. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. -Т., «Шарқ», 1998; Ўша 
муаллиф. Ўзбекистон буюк келажак сари.-Т., Ўзбекистон, 1998; Ўша муаллиф. Ўзбекистон 
мустақилликка эришиш остонасида. -Т: Ўзбекистон, 2011. 



Natijada "etnomadaniy jarayonlar", "etnik va madaniy identiklik muammolari", 
"zamonaviy jamiyatda milliy-etnik jarayonlar", “etnopsixologiya", "etnoslararo 
kommunikatsiya" kabi chnologiyaning yangi yo‘nalishlarida qator
tadqiqotlar bajarildi. 
Ma’lumki, so‘nggi yillarda etnologiya fanida etnik mansublikni urug‘, qabila, 
elat, el kabi tarixiy-ijtimoiy birliklar tarzida talqin qilinishi biroz munozaralarga 
sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, ular ma’lum bir tarixiy taraqqiyot davomida u yoki bu 
xalqning etnogenetik jarayonida faol ishtirok etgan va uning tarkibiy qismiga 
aylangan etnik guruhlar anchagina. Tarixda har qanday ijtimoiy tuzilma u etnik 
birlik, urug‘, qabila, elat, millat deb atalishidan qat’iy nazar, bu davrda O‘rta Osiyo 
xalqlari ko‘plab katta-kichik etnik va etnografik guruhlardan tashkil topgan edi. 
Tadqiqotlarda etnoslararo aloqalar o‘ziga xos tarixiy «etnomuloqot 
hududlar»dan biri bo‘lgan Farg‘ona vodiysi va o‘ziga xos tarixiy-etnografik 
ko‘riqxona» hisoblangan Surxondaryo xamda Qashqadaryo viloyatlari misolida 
o‘rganilgan. Unda etnomadaniy aloqalar an’anaviy xo‘jalik va savdo – sotiq 
aloqalari misolida tahlil qilingan. Shuningdek, bu davrda O‘zbekiston aholisining 
etnomadaniy aloqalarini moddiy madaniyatda, xususan, turarjoylar, kiyimlar va 
taomlarda namoyon bo‘lishini etnografik materiallar asosida ko‘rsatib berishga 
alohida e’tibor qaratilgan.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin