1.2 – XV - XVII asrlarda O’zbek xonliklarida
etno – madaniy jarayon
Shayboniyxonning Movarounnahr va Xorazmdagi hukmronligi uzoqqa
cho‘zilmadi. 1510 yilda Eron shohi Ismoil bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ldi.
Shayboniy o‘limidan keyin mamlakatda parokandalik boshlandi. Xurosonni
Safaviylar egallaydilar. Shayboniy avlodlari va ayrim qabila boshliqlari alohida
viloyatlarni (Balx, Hisor, Badaxshon, Samarqand, Toshkent va boshqalar) egallab,
markaziy hokimiyatga itoat qilmay mustaqil bo‘lishga intiladilar. Shayboniy
zurriyotlari orasida ham taxt uchun kurash avj oladi. Mana shu janglarda
Abdullaxon II g‘olib chiqib, 1560 yilda Buxoro taxtini egallaydi
2
, taxt da’vogarlari
va bebosh amirlarga qattiq zarba berib, Buxoroda markazlashgan kuchli feodal
davlat tuzishga erishadi. Uning davrida mamlakat rivoj- lanadi, dehqon, chorvador
va hunar axdi orom topadi. U mamlakatni iqtisodiy jihatdan oyoqqa qo‘yadi.
Biroq, uning o‘limidan keyin, uning vorislari mamlakatni boshqarishga
ojizlik qildilar. Valiahd Abdul Mo‘min taxtda atigi yarim yilgina o‘tira oldi. U
otasining safdoshlari tomonidan o‘ldirildi. Buxoro xonligida yana tartibsizliklar
boshlanadi. Tashqi vaziyat ham tang holga tushib qolgan edi. Ichki va tashqi
vaziyatni kuzatib borayotgan bir guruh qabila boshliqlari va ta’sirchan ulamolar
Shayboniy avlodlaridan taxtga yaroqli biror kimsa qolmaganligidan (ularni o‘z
vaqtida Abdullaxon II tinchitib bo‘lgan edi) xonga kuyov o‘g‘il ashtarxoniy Din
1
Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. –Т.: Шарқ, 2014. – Б. 498.
2
Бухоро шаҳри Шайбонийлар давлатининг пойтахти эди.
21
Muhammad Sultonni taxtga o‘tqazadilar. Shunday qilib, Buxoro tarixida
Ashtarxoniylar sulolasi mamlakatni boshqara boshlaydilar. Biroq, Ashtarxoniylar
xonadonidan biroz durustroq xon chiqmadi, mamlakatda parokandalik, saroy
o‘yinlari, bebosh amirlarning o‘zaro mojarolari to‘xtamadi. Parokandalik
Ashtarxoniylar sulolasining oxirgi vakili Abulfayzxon (1711 - 1747) davrida
yanada jadallashdi. XVIII asrning 20 - yillarida Balx viloyati Buxoro xonligi
tarkibidan chiqib ketdi. Toshkent va Toshkent vohasini qalmiqlar (jungarlar), keyin
qozoqlar egallab oldi. Shahrisabzni kenagaslar, Qarshini mang‘itlar, qtoy va
qipchoqlar Mirzacho‘lni, Farg‘onani minglar va yuzlar, Zarafshon vodiysini
naymanlar egallaydilar. O‘ta maishatga berilib ketgan Abulfayzxonning sanoqli
kunlari qoldi. Buxoro xonligidagi bu ahvolni kuzatib kelayotgan Eron hukmdori
Nodirshoh Buxoroni bosib olish uchun Amudaryodan o‘tib, Buxoro yaqinidagi
Chor - Bakrda to‘xtaydi. Chor - Bakr ta’sirchan saidlar makoni edi. Bundan xabar
topgan Abulfayzxon, unga peshvoz chiqib, uning yordamida atrofidagi ta’sirchan
amaldorlarni Buxorodan boshqa yurtlarga badarg‘a qilmoqchi bo‘ladi. Ular orasida
Hakim Otaliq mang‘itning o‘g‘li Rahimbiy ham bo‘lgan. Bundan xabar topgan
Rahimbiy uni iziga tushib, 1747 yilda o‘ldiradi va uning 9 yoshli o‘g‘lini taxtga
o‘tqazadi
1
. Bir yil ham o‘tar-o‘tmas uni ham qatl etib, hukmronlikni o‘z qo‘liga
oladi. Rahimbiy Otaliq juda ustomonlik bilan sekin - asta o‘z mavqeini
mustahkamlab olgach, 1753 yilda mangit sulolasining birinchi hukmdori sifatida
Buxoro taxtiga o‘tiradi. Shunday qilib, Buxoroda 1753 yilda xonlik tugatilib,
Buxoro amirligi davri boshlanadi. Demak, ko‘chmanchi Dashti Qipchoq
o‘zbeklarining yirik mang‘it qabilasi uch o‘zbek xonliklarining Buxoro amirligiga
asos soladi.
Mang‘itlar haqida etnografik asarlarda ma’lumotlar uchraydi. Ularda
mang‘itlarni mo‘g‘ul qabilasi sifatida XIII asr boshlaridan tilga olinadi. Ana shu
XIII asr davomida mang‘itlar Dashti Qipchoqda yashar edilar. Ularning katta qismi
XIII - XIV asrlarda Volga daryosi bilan O‘rol daryosi oralig‘ida joylashgan edi.
Shu davr ichida qipchoqlarning ta’sirida o‘z mo‘g‘ul tillarini unutib, turk - qipchoq
dialektida so‘zlashar edilar. XIV asr oxirlarida o‘z mustaqil davlatini, ya’ni
22
Mang‘itlar O‘rdasini tuzadilar
1
. XV asr o‘rtalarida mang‘itlar no‘g‘aylar atalib,
ularning davlati endi No‘g‘ay O‘rda deb ataladigan bo‘ldi. XVI asr o‘rtalarida
No‘g‘ay O‘rda ikkiga, ya’ni Katta no‘g‘ay va Kichik no‘g‘ayga bo‘linib ketdi.
Keyinchalik Katta no‘g‘ay mang‘itlari o‘zbek, qoraqalpoq, qisman qozoqlar etnik
tarkibiga singib ketgan, Kichik no‘g‘ay mang‘itlari esa asosan qozoqlar etnik
tarkibiga qo‘shilgan. XVI asr boshlarida Shayboniyxon yetakchiligida 92 bovli
ko‘chmanchi Dashti Qipchoq o‘zbeklarining Movarounnahrga kirib kelishi haqida
Muhammad Solih o‘zining «Shayboniynoma» asarida shunday yozadi: «O‘zbeklar
elidan kelganlar orasida askarlar ko‘p edi. Xo‘ja Go‘gi mang‘itlar urug‘ining
sardori edi. Bu yerda o‘zbeklar 4000 bo‘lib, ularning barchasi o‘zaro qon -
qorindosh edilar. Ular orasida qo‘ng‘irotlar, mang‘itlar, do‘rmanlar, ushunlar va
uyrotlar ham bor edilar»
2
.
Ularning bir qismi bu zaminda qadimdan yashab kelayotgan mahalliy o‘troq
aholi iqtisodiy xo‘jalik va etnomadaniy ta’sirida asta - sekin dehqonchilik bilan
shug‘ullanib, o‘troq aholi qatlamiga aylanib ketadilar, ularning boshqa qismi XIX
asrning oxiri - XX asrning boshlarigacha yarim ko‘chmanchi hayot tarzini o‘tab,
yaylov chorvachilik bilan shug‘ullanishda davom etadilar
3
.
Hozirgi vaqtda mang‘itlar o‘zbek xalqi tarkibiga singib ketgan, ular o‘z-
larini o‘zbek millati ekanliklaridan faxrlanadilar. Ammo, etnik kelib chiqishi
chorvador bo‘lgan ajdodlarimizning keksa avlodi hozirgacha qabilaviy etnik
nomlarini unutmaganlar. Bu xalqning qoniga singib ketgan yetti pusht avlodni
eslash, shajarani unutmaslik bilan bog‘liq turkona an’anadir.
Mang‘itlar jonli sheva tilida o‘zbek tilining qipchoq lahjasida so‘zlashadilar.
Yozma ijodda o‘zbek adabiy tilida faoliyat olib boradilar.
O‘zbek xalqining tarkibiga kirgan Dashti Qipchoq ko‘chmanchi
o‘zbeklaridan yana biri qo‘ng‘irotlardir. Manbalarda xabar berilishicha,
qo‘ng‘irotlar ilk o‘rta asrlarda Oltoy, Mo‘g‘ulistonning shimoliy qismida
yashaganlar. Rashididdin Fazlallaxning «Jom-i at-tavarix» va Abulg‘ozi
1
Shamsutdinov R., Karimov Sh, Ubaydullaev O’,Xoshimov S. Vatan tarixi. II – kitob. T., “Sharq”, 2016. – B. 85.
2
Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. –Т.: Шарқ, 2014. – Б. 503.
23
Bahodirxonning «Shajarai turk» asarlarida XIV asr qo‘ng‘irotlarining kelib
chiqishi haqida ko‘p rivoyatlar keltirilgan. Ko‘p asarlarda ularning kelib chiqishini
mo‘g‘ullar bilan bog‘laydilar., Taniqli etnograf olima B.X.Karmisheva
qo‘ng‘irotlar mo‘g‘ulmi yoki turk muhim emas, XVI asr boshlariga qadar
Movarounnahrga kirib kelgan ko‘pgina mo‘g‘ul qabilalari qaysi tilda
gaplashishlaridan qat’i nazar, tili, madaniyati va etnik tarkibi bo‘yicha turklashib
ketgan edilar
1
, degan haq gapni aytgan.
I.P. Magidovichning ta’kidlashicha, XVI asrga qadar Xorazm o‘zbeklarining
katta qismi qo‘ng‘irotlardan iborat bo‘lib, Shayboniyxon bilan Qadimgi Xorazmga
kirib kelgan qo‘ng‘irotlarning katta qismi Dashti Qipchoqda qolib ketgan qozoq
qo‘ng‘irotlari bilan emas, balki avvalroq bu zaminga ko‘chib kelgan
qo‘ng‘irotlarning yaqin qabila va urug‘doshlari bo‘lgan
2
. Ular azaldan chingiziylar
bilan quda - anda bo‘lib bog‘lanib ketgan
3
, ular Amir Temur hukmronlik
davridayoq Qadimgi Xorazmda qo‘ng‘irotlar sulolasini mustaqil davlat sifatida
tiklashga intilib, Amir Temurni Xorazm ustiga 5 marta harbiy yurishlar qilishga
olib kelgan.
Qo‘ng‘irotlarning kelib chiqishi haqida, ular orasida keng tarqalgan
rivoyatga ko‘ra, Chingiziylar bilan qarindoshlik rishtalarini o‘rnatgan qo‘ng‘irot
qabilasining sardori Qo‘ng‘irot ota birinchi xotinidan to‘rt o‘g‘il (Vaxtamg‘ali,
Qo‘shtamg‘ali, Qonjig‘ali, Aynli), kichik xotinidan esa bir o‘g‘il (Tortuvli)
ko‘rgan. Ularning har biri 6 tadan to 18 tagacha o‘g‘il ko‘rishib, ulardan tashkil
topgan urug‘lar soni 66 taga yetgan. Tilshunos olim X.D. Doniyorov
qo‘ng‘irotlarning etnik kelib chiqishini mo‘g‘ullar bilan bog‘laydi va «qo‘ng‘irot»
so‘zi mo‘g‘ulchada «qoraqarg‘a» ma’nosini anglatadi
4
deydi. Surxondaryo viloyati
qo‘ng‘irotlarining oqsoqollari ajdodlarini aynan Xorazmdan ko‘chib kelgan, deb
biladilar
5
. Xorazm qo‘ng‘irotlari bilan Qoraqalpoq, Buxoro, Qashqadaryo va
Surxondaryo qo‘ng‘irotlari bir-birlari bilan genetik qon - qarindoshdirlar. Ular
tarkibidagi urug‘ nomlari bundan dalolat beradi. Qo‘ng‘irotlar allaqachon o‘zbek
24
xalqi tarkibiga singib, o‘zlarini o‘zbek ekanliklaridan faxrlansalar-da, ular orasida
hozirgacha o‘z urug‘ nomlarini unutmagan keksa avlod vakillari uchrab turadi.
1
Farg‘ona mulki esa XVIII asr boshlarida Buxorodan ajralgunicha mustaqil
bo‘lib olgan edi. Farg‘ona davlatining birinchi xoni o‘zbeklarning ming qavmidan
Shohruxbiy bo‘lgan. Uning o‘g‘li Rahimbiy davrida Qo‘qonga Marg‘ilon va
Andijonni qo‘shib olinib, Samarqand va Kattako‘rg‘onga hujum uyushtiriladi va u
shaharlar ham Qo‘qonga qo‘shib olinadi. Rahimbiyning valiahdi Abdukarimbiy
davrida mamlakatda tinchlik o‘rnatilib, shahar va qishloqlarda iqtisodiy
yuksalishlar boshlanadi. XVIII asr o‘rtalariga kelganda Qo‘qon xonligi har
jihatdan o‘zini o‘nglab olgan mustaqil davlatga aylanadi. XVIII asr oxirlarida
mustaqil Toshkent hokimligi Ohangaron vodiysi, Sayram, Chimkent va Turkiston
shaharlarini o‘z ta’sir doirasiga oladi. Biroq, XIX asr boshlariga kelganda
Toshkent hokimliklarining o‘zaro feodal janjallari oqibatida Qo‘qon xonligi
ta’siriga tushib qoladi. Qo‘qon xoni Olimxon (1800-1809 y.y.) mamlakatda
markaziy hokimiyatni kuchaytirish borasida harakatlar qilib, Qo‘qonning
aslzodalari noroziligiga uchraydi, hokimiyatga esa endi uning ukasi Umarxon
keladi. Uning davrida madaniyat ravnaq topadi, markaziy hokimiyat
mustahkamlanadi. Qozoq biylarining Chimkent, Sayram kabi shaharlarini qo‘lga
kiritish yo‘lidagi harbiy yurishlari muvaffaqqiyatsizliklarga uchraydi. Qo‘qon
Muhammad Ali davrida (1822-1842 y.y.) hatto Qoshg‘arga harbiy yurish
uyushtiradi. Tojiklarning Darvoz viloyatiga, Shugnan, Roshan va Vaxan kabi aholi
punktlariga qo‘shin tortadi. Biroq, Muhammad Ali siyosatidan norozi aslzodalar
ruhoniylar bilan til biriktirib, Buxoro amiri Nasrulloxon bilan aloqa bog‘laydi.
Nasrulloxon Qo‘qon ustiga harbiy qo‘shin tortib, Xo‘jandni qo‘lga kiritadi va uni
qaram xonlikka aylantirib, Toshkentni ham undan tortib oladi. Qo‘qon xonligi va
Buxoro amirligi o‘rtasidagi bosqinchilik urushlari va xalq qo‘zg‘olonlari goh u
tomon, goh bu tomon ustunligi bilan davom etsa-da, XIX asr o‘rtalariga kelganda
har ikkala tomonni ham tinkasini quritgan edi. Nihoyat Qo‘qonning oxirgi xonlari
(Xudoyorxon, Mallaxon, Po‘latxon, Nasriddinbek) davrida mamlakat Rossiya
1
Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. –Т.: Шарқ, 2014. – Б. 499.
25
imperiyasining tobe bir o‘lkasiga, Turkiston harbiy general - gubernatorligiga
aylanadi.
1
XVI - XVIII asrlar davomida Movarounnahrda yuz bergan siyosiy
vaziyatning bu qadar murakkabligiga qaramay, mamlakat aholisining etnik
tarkibida azaldan yashab kelayotgan o‘troq etnik qatlamning mavqei juda katta edi.
Qishloq aholisi asosan an’anaviy sug‘orma dehqonchilik bilan, shahar aholisi ko‘p
tarmoqli hunarmandchilik va savdo - sotiq bilan shug‘ullanishda davom etar edilar.
Adir va dashtga yaqin aholi punktlari aholisi esa yaylovga haydab boqiladigan
chorva podalari bilan kun kechirar edilar. Umuman, sug‘orma va lalmikor
dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi turg‘un aholi hayotida chorva yordamchi
xo‘jalik manbai hisoblangan. Yordamchi chorva xo‘jaligi nafaqat qishloq, balki
shaharlik har bir o‘zbek xonadoni uchun ham zaruriy xo‘jalik an’anasi
hisoblangan.
Movarounnahr va Xorazmga turli davrlarda (XIII - XIV asrlarda) kelib
o‘rnashib qolgan turkiy qabilalar (abdal, qarluq, qang‘li, az, uz, kaltatoy, turk, tuxsi
va boshqalar) o‘z urug‘doshlari - Shayboniy o‘zbeklari bilan tezda qorishib
ketadilar. Ularning badavlat qismigina XVI- XVIII asrlarda o‘z qabilaviy etnik
nomlarini saqlab qolgan holda, yarim o‘troqlikda hayot kechiradilar. Ko‘chmanchi
o‘zbeklarning davlatmand aslzodalari shaharlarga joylashadilar va mamlakat
siyosiy hayotida hukmronlikni qo‘lga kiritib, mahalliy aholi bilan asta - sekin
qarindoshlashib, o‘troq hayot kechira boshlaydilar. Davlatmand chorvadorlarning
siyosiy hokimiyat bilan bog‘liq bo‘lmagan aksariyat qismi XVI – XVIII asrlar
davomida O‘rta Osiyoning tog‘oldi hududlarida adir va dashtlarga joylashib,
o‘zlarining an’anaviy chorvachilik xo‘jaliklari bilan shug‘ullanishda davom
etadilar. Ularning hayot tarzi yarim o‘troqlikda o‘tgan. Ular vohaga tutash adir va
cho‘llarda kapa va yurtalarda yashaganlar. Erta bahor chorva mollarini haydab
dasht - adirlarga chiqib ketadilar. Kuzda don va poliz ekinlarini yig‘ishtirib
olganlaridan keyin, chorva mollarini haydab qishlov joylariga qaytib, kech kuz va
qishni o‘tkazadilar. Shunday hayot erta bahorda yana qaytarilgan. Etnograf
1
Shamsutdinov R., Karimov Sh, Ubaydullaev O’,Xoshimov S. Vatan tarixi. II – kitob. T., “Sharq”, 2016. – B. 113.
26
K.Shoniyozovning kuzatuvlariga ko‘ra, turli davrlarda O‘rta Osiyoga kelib
o‘rnashib qolgan turkiy qavmlarning aksariyat ko‘pchiligi o‘troqlashib, ularning
yarim o‘troq va yarim ko‘chmanchilik bilan shug‘ullangan qismi XIII asrda
taxminan 100 mingdan oshmas edi.
1
XIII – XV asrlarda O‘rta Osiyoga kelib qolib ketgan turkiy va turkiylashgan
mo‘g‘ul qabilalari asosan Amir Temur va Bobur qo‘shinlarida xizmat qilardilar.
Ularning ko‘pchiligi harbiy yurishlardan so‘ng tobe mamlakatlarda turli
vazifalarda qolib, u yerlarda bolalari bilan yashab qolardilar. Masalan,
barloslarning ayrim guruhlari Afg‘onistonda, Dehli atroflarida, Kashmirda
o‘rnashib qolgan. Arlot, qipchoq, nayman, arg‘in, mo‘g‘ul guruhlari
Afg‘onistonda, jaloyirlarning katta qismi Eronning shimolida va Ozarbayjonda
qolib ketganlar.
Ta’kidlash joizki, an’anaga ko‘ra, jangga otlangan turk - mo‘g‘ul chavandoz
o‘zi bilan oila va urug‘ - aymoqlarini birga olib yurgan. Shayboniyxon
Movarounnahrga qo‘shin tortib kelganda, uning armiyasida 92 qavm chavandozlari
xizmat qilgan. Demak, har bir qavmni ming oiladan iborat desak, har bir oila
o‘rtacha 6 - 7 kishidan iborat bo‘lsa, u holda, XVI asr boshlaridagi
Shayboniyxonning harbiy yurishlari munosabati bilan kamida 500-600 ming
Dashti Qipchoq o‘zbeklari Movarounnahr va Xorazmga kirib kelgan. O‘rta Osiyo
hududlarida ularning barchasi qolib, tub joyli aholi bilan qorishib ketganda ham,
bu raqam mahalliy turg‘un etnik qatlamga nisbatan hech narsa emas edi. Shuning
uchun ham antropologik tadqiqot natijalariga ko‘ra, XVI asr davomida aholi etnik
tarkibida sezilarli o‘zgarishlar yuz bermadi. Masalan, ko‘chmanchi o‘zbeklar
ko‘proq kirib kelgan Xorazm o‘lkasini olsak, XIV – XVI asrlar davomida mahalliy
Xorazm aholisining ma’lum qismi Movarounnahrga ko‘chib kelgan. Amir Temur
o‘zining Xorazmga oxirgi yurishida (1388 y.) Urganchni olgach, shahar
aholisining ko‘pchiligini, birinchi navbatda, hunarmandlarni bola – chaqalari bilan
Samarqandga ko‘chirib, ustalarni Oqsaroy qurilishida ishlatgan. Shayboniyxon
Xorazmni istilo qilgach, Qiyot va boshqa shaharlar aholisini majburan
1
Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. –Т.: Шарқ, 2014. – Б. 504.
27
Movarounnahrga ko‘chirgan
1
. Buxoro amirlari ham Xorazm ustiga bir necha bor
yurish qilib, uning talay aholisini Hisorga, Buxoroga, Samarqand va Toshkentga
ko‘chirgan
2
. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Movarounnahrning turli
joylarida «Urganji»lar etnik nomlarini uchrashi ana shu ko‘chganlarning avlodlari
bo‘lsa kerak. Shunga qaramay, so‘nggi o‘rta asrlarda Xorazm aholisining asosini
sartlar tashkil etardi. Xorazmning janubida turkmanlar ham yashab, asosan
chorvachilik bilan shug‘ullanardilar. Bu zaminga chetdan kirib kelgan talaygina
qabilalar: bajanaklar (pecheneglar), qipchoqlar, o‘g‘uzlar, qo‘ng‘irot va chagraklar
esa ko‘proq shimoliy Xorazmda yashardilar.
Dashti Qipchoqlilar tiliga kelsak, ular turkiy tilning «jo‘qiyuvchi» qipchoq -
o‘g‘uz lahjasida so‘zlashardilar. Mahalliy turkiyzabon aholi esa Movarounnahrga
moslashgan «yo‘qiyuvchi» qarluq - chigil lahjasida gaplashgan. Demak,
Movarounnahr turkiylarining qadimiylari qarluq lahjasida so‘zlashsa, Chingizxon
bosqinidan boshlab bu zaminga kirib kelgan turkiy ko‘chmanchilar turkiy tilning
qipchoq va o‘g‘uz lahjalarida so‘zlashganlar.
XVI asr boshlarida Shayboniy o‘zbeklarining bu zaminga katta - katta
guruhlar bo‘lib kirib kelishi bilan qipchoq va o‘g‘uz lahjalarida so‘zlovchi aholi
yanada qalinlashadi. Chunki, unga qadar ham bu lahjalarda so‘zlashuvchi etnik
guruhlar Movarounnahr va Xorazmda keng tarqalgan edi.
Movarounnahrda qarluq - chigil lahjalarida so‘zlashuvchi aholi o‘troq turkiy
etnosning asosini tashkil etardi. Keyinchalik qipchoq va o‘g‘uz lahjalarida
so‘zlashuvchi aholining o‘troq hayotga o‘tganlari mahalliy tub joyli aholi bilan
aralashib, qorishib ketgach, ular ham Movarounnahrning barcha qadimiy turkiy
qavmlari kabi qarluq - chigil lahjasida so‘zlashadigan bo‘ladilar. Ana shu uch
turkiy til lahjalarining qorishuvi natijasida shakllangan til o‘zbek tilshunoslik
fanida shartli ravishda «chig‘atoy tili» yoki «eski o‘zbek tili» deb ataladigan
bo‘ldi.
1
Абулғозий: Шажараи турк. - Т.: 1992. - 134-бет.
2
Шарафуддин Али Яздий Зафарнома. - Т.: 1997. — 119-бет.
28
O‘zbek tilshunosligida, eski o‘zbek tili Movarounnahr va Xorazmning
barcha aholisini umumxalq tiliga aylandi
1
. Ammo, «eski o‘zbek tili» haqida gan
ketganda, aslida XI - XII asrlarda G‘arbiy Qoraxoniylar davlati doirasida, aynan
Movarounnahrda umumturk tilidan ajrab chiqib, qarluq - chigil lahjalari asosida
shakllangan turkiy tilni tushunmoq kerak. Bu til juda qadim - qadim zamonlardan
sug‘diy va xorazmiy, VIII – IX asrlardan boshlab arab va fors - tojik so‘zlari bilan
boyib bordi. Eski o‘zbek tili tarkibiga XVI – XVIII asrlar davomida qipchoq va
o‘g‘uz lahjalarida so‘zlashuvchi etnik guruhlar yanada ko‘proq qo‘shilgan holda, u
qarluq - chigil lahjalari asosida o‘zining yuksak cho‘qqisiga ko‘tarildi.
Xullas, ko‘chmanchi o‘zbeklar Movarounnahr va Xorazmga kelib
o‘rnashganlaridan keyin vaqt o‘tishi bilan mahalliy aholi bilan yaqinlashib, ular
bilan quda - anda bo‘lib aralashib, qorishib muqim yashovchi turkiy o‘zbeklarga
xos moddiy madaniyat, ma’naviy - axloqiy hayotni, etnik urf - odatlar va ibratli
udumlarni o‘zlashtira boshlaydilar. O‘troq aholiga xos turmush tarzi va mushtarak
ma’naviy dunyo fazilatlari ularning ruhiga singib boradi.
XVI – XVIII asrlarda va undan keyin ham O‘zbekiston hududida jonli xalq
tili o‘zbek tili edi. Tojik tili o‘zbek aholisining ma’lum qismi uchun (xususan
Zarafshon vodiysining ayrim shahar va tog‘li qishloqlarida) ikkinchi til
hisoblangan. Eski o‘zbek tili Movarounnahrda tojik - fors tili bilan juda yaqin va
doimo uzviy aloqada rivojlandi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Movarounnahr
aholisining talay qismi, ayniqsa, ziyolilar tabaqasi ikki tilda: turkiy va tojik - forsiy
tilida so‘zlashar va yozisha olar edilar.
Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligida rasmiy mahkama tili forsiy va qisman
o‘zbek tilida bo‘lgani holda, Xorazmda Xiva xonligida nafaqat jonli xalq tili, balki
rasmiy mahkama tili ham eski o‘zbek tilida olib borilar edi. Chunki, Xorazm tilida
arab va tojik tillarining ta’siri qamroq edi. Shunga qaramasdan xorazmlilar tiliga
ham o‘zga tillardan ba’zi so‘zlar kirib qolgan.
XVI asrda Dashti Qipchoqdan Xorazm vohasiga ko‘chib kelgan
ko‘chmanchi o‘zbeklar mintaqa aholisini nafaqat son jihatdan ko‘payishiga, balki
1
Абдурахмонов Ғ.А., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси. - Т.: 1973. - 16-18- бетлар.
29
etnik jihatdan rang - barang bo‘lishiga olib kelgan. Ko‘chib kelgan etnik guruhlar
ekinbop yer va yaylov talashib, bir-birlari bilan urushib turganlar. Hukmronlikni
da’vo qilishib, ba’zi qabila boshliqlari xonlar bilan raqobatlashib, mamlakat
tinchligini tez - tez buzib turardilar. XVII asrga kelib bu kurashlarga barham berish
va mamlakatda osoyishtalikni o‘rnatish zarur bo‘lib qoldi. Xiva xoni Abulg‘ozi
mamlakatda osoyishta hayot ta’minlash maqsadida 1646 yilda islohot o‘tkazib,
bunga ko‘ra, Amudaryo quyi havzalarida yashovchi o‘zbek qavmlarini har
ikkitasini bir jamoaga birlashtirib, to‘rt juft (qo‘ng‘irot - qiyot, qang‘li - qipchoq,
nukus - mang‘it, uyg‘ur - nayman) to‘p tashkil qilgan. Har bir juftga ekin
maydonlari, ariq va kanallar va yaylovlarni bo‘lib bergan. Ularga 14 ta kichik etnik
guruhlarii qo‘shib qo‘ygan.
Lekin Buxoro amirligi va Xiva xonligi o‘rtasidagi o‘zaro talonchilik
urushlari mamlakat iqtisodiy hayotiga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. XVIII
asrning oxirgi choragiga kelib, mamlakatda ocharchilik, undan keyin o‘lat kasali
boshlanib, ko‘pchilikni yostig‘ini quritdi. Aholining talay qismi o‘zga yurtlarga
ketishga majbur bo‘ladilar
1
. Xiva xonligida yuz bergan vaziyatdan ustalik bilan
foydalangan qo‘ng‘irot urug‘idan bo‘lgan Muhammad Amin taxtni osongina
egallaydi. Xorazmda qo‘ng‘irotlar sulolasiga asos solinadi
2
.
Shunday qilib, XVIII asr davomida O‘rta Osiyoda uchta xonlik tashkil topib,
Xorazmda qo‘ng‘irotlar, Buxoroda mang‘itlar, Qo‘qonda minglar hokimiyat
tepasiga keladilar. Ular Dashti Qipchoqning o‘zbeklar elidan kelgan ko‘chmanchi
qavmlar bo‘lib, iqtisodiy - xo‘jalik, siyosiy va etnomadaniy jihatdan yuksak
darajada rivojlangan tub joyli mahalliy aholi ta’sirida vaqt o‘tishi bilan
o‘troqlashib ketadilar. Ammo, siyosiy hokimiyat ular qo‘lida bo‘lganligi va
tub
joyli aholining aksariyat ko‘pchiligi turkiyda so‘zlashganliklari uchun
Turkistonda turkiy etnosga xos o‘zbek ruhi barcha aholi qoniga singib boradi.
XVIII asrda bu yurt o‘troq o‘zbeklar eliga, o‘zbeklar yurtiga aylanadi.
1
Ўзбекистон тарихи. - Т.: 1993. - 263-бет.
2
Shamsutdinov R., Karimov Sh, Ubaydullaev O’,Xoshimov S. Vatan tarixi. II – kitob. T., “Sharq”, 2016. – B. 95.
30
Volga va O‘rol daryolari oralig‘ida ko‘chib yurib, Abulxayrxonning
tayanchi bo‘lgan mang‘it qabilalari XV asrning ikkinchi yarmida «No‘g‘oy O‘rda»
nomi bilan tarixga kirgan davlatni barpo qiladilar. No‘g‘oy O‘rdadan shimolda
mustaqil
«Sibir xonligi» tashkil topadi. Bir guruh o‘zbek qabilalari (200 minga
yaqin oila) Abulxayrxon davridayoq Chu daryosi vodiysiga borib, 1466 yildan
mustaqil yashay boshlagan edilar. Abulxayrxon o‘limidan keyin taxt uchun
kurashlarga qatnashishni istamagan Oq O‘rda o‘zbeklarining ayrim guruhlari Chu
vohasida yashovchi ko‘chmanchilarga borib qo‘shiladilar. Manbalarda qayd
qilinishicha, ular
XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrning birinchi choragida o‘zlarini «o‘zbek -
qozoq»lari deb ataganlar
1
. XVI asrning o‘rtalaridan, qachonkim qozoqlar elat
bo‘lib shakllangach, ular tarixiy manbalarda «qozoqi»lar deb tilga olinadi. XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida qozoqlar shunday kuchayib ketdiki, hatto o‘z yaylovlarini himoya qila olishlaridan tashqari, o‘zbek shayboniylari bilan ham bemalol kurasha olardilar. Ular XVII asrda
Shayboniy o‘zbeklaridan qolgan Sharqiy Dashti Qipchoq yerlarini bosib olish bilan
chegaralanmay, hatto, Toshkentga ham hujum qilib, jung‘orlardan Toshkent va
Toshkent vohasini tortib oladi.
Elshunos K. Shoniyozovning yozishicha, Dashti Qipchoqdan Movarounnahrga ko‘chib kelgan etnoslarning hammasi ham ko‘p sonli bo‘lavermagan. Ularning ayrimlarigina, masalan, qipchoq, saray, qo‘ng‘irot, yuz, ming, nayman, mang‘it, qtoylar boshqalarga nisbatan yirik
etnik guruhlar edi. Bularning har biri 30 - 50 mingdan to 200 minggacha bo‘lishi
mumkin. Tilga olingan etnoslar ichida eng ko‘p sonlisi qipchoqlar edi
1
. XVIII asr
oxiri - XIX asr boshlarida qipchoqlar 270 ming atrofida bo‘lgan
2
. Ta’kidlash
joizki, Dashti Qipchoq ko‘chmanchi qabilalarining hammasi ham Movarounnahrga
ko‘chib kelmagan. Ularning bir qismi o‘z ona yurtlarida qolib, keyinchalik qozoq,
qoraqalpoq, qirg‘iz, tatar, boshqird va boshqa turkiygo‘y etnoslarning tarkib
topishida faol ishtirok etganlar. Masalan, qo‘ng‘irotlarning katta guruhi
qoraqalpoq, qozoq, Xorazm aholisini; qipchoqlar qozoq, qoraqalpoq, qirg‘iz,
boshqird, turkman xalqini; naymanlar qozoq va qirg‘iz xalqini; qtoylar qoraqalpoq,
qozoq,
boshqird
xalqini
tarkib
topishida
ishtirok
etganlar.
Ularning
Movarounnahrga kelib, bu zaminda qolib ketganlari XVIII asr boshlarida
1
Шониёзов К. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. - Т.: 2001. - 414-бет.
2
Шаниязов К К этнической истории узбекского народа. Т.: 1974. С. 110.
31
O‘zbekiston aholisining taxminan 4/1 ni tashkil etgan
1
. Ko‘chmanchi o‘zbeklar
o‘troqlikka o‘tishi bilan muhim etnik jarayon yuz beradi, ya’ni kelib chiqishi har
xil bo‘lgan qavmlar orasida o‘zaro aralashish boshlanadi. Ayni vaqtda ular
mahalliy o‘troq aholi bilan ham aralashib, qorishib boradi. Zamon o‘tishi bilan bu
jarayonlar tufayli aholi nomida ham o‘zgarish hosil bo‘ladi
2
. Darhaqiqat, XVI asr
boshlarida Buxoro aholisi (ko‘chib kelgan ko‘chmanchi o‘zbeklardan tashqari)
«chig‘atoy» yoki «turk chig‘atoy» va tojikka bo‘lingan. XVII asr oxirlariga kelib
esa bu aholi manbalarda faqat o‘zbek va tojikka bo‘lingan
3
. Demak, XVII asr
oxirlaridan bu dalillar o‘zbek atamasi etnik ma’no va mazmun kasb eta
boshlaganligidan dalolat beradi.
XVI – XVII asrlarga kelib «sart» atamasining ham mazmuni o‘zgarib qoldi.
Ma’lumki, avvallari bu atama fors manbalarida faqat tojikka nisbatan qo‘llanilgan
bo‘lsa, XVI – XVII asrlardan bu atama ko‘proq Farg‘ona vodiysi, Toshkent vohasi
va Xorazmda turg‘un yashovchi muqim o‘zbeklarga nisbatan qo‘llaniladigan
bo‘ldi
4
.
O‘zbek xalqi o‘zining XVI - XVIII asrlardagi etnik taraqqiyotida oldingi
davrlardagidek, turkman, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoqlar bilan yaqin iqtisodiy,
siyosiy va etnomadaniy aloqada bo‘lib keldi. Ayniqsa, uzoq asrlar davomida bir
hududda yashab kelgan o‘zbek va tojiklar o‘rtasidagi etnomadaniy taraqqiyot har
ikki xalqning mushtarak rivojlanishi uchun xizmat qildi va ularni bir - birlariga
yanada yaqinlashtirdi. Natijada, ayrim turkiy tilli guruhlarning tojiklar tarkibiga,
tojikzabon guruhlarning o‘zbeklar tarkibiga qo‘shilib, qorishib ketishiga olib keldi.
Tojikzabon aholining o‘zbeklashish jarayoni, ayniqsa, Fargona vodiysi va
Zarafshon vohasida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
XVII asrning oxiri va XVIII asr boshlarida jung‘orlarning siquvi ostida
Qozog‘iston cho‘llaridan Movarounnahrga bir necha qabilaviy etnik guruhlar
ko‘chib keladilar. Mana shu etnik to‘lqinda qoraqalpoqlarning bir qismi Zarafshon
vohasiga ko‘chib kelib, Nurota tog‘ tizmalarining janubiy yonbag‘irlariga
1
Мулладжанов И.Р. Демографическое развитие Узбекской ССР. Т.: 1988. С. 123.
2
Шониёзов К. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. - Т.: 1996. - 415-бет.
32
joylashadilar. Shu to‘lqinda qipchoqlarning katta guruhi Zarafshon vodiysi,
Toshkent vohasi va Mirzacho‘lga kelib joylashadilar. Ungacha Toshkent vohasida
turkiy qabilalardan qurama, do‘rman, qirq, yuz, ming va boshqa qabilalar yashab
kelar edi. XVIII asrning 30- yillarida qipchoqlarning bir qismi yaylov qidirib,
shimoliy Farg‘onaning tog‘oldi mintaqalariga ko‘chib o‘tadilar. O‘sha kezlarda
qoraqalpoqlarning bir qismi Markaziy Farg‘onaga kelib o‘rnashadilar. Keyinchalik
bu yerlar «qoraqalpoq cho‘li» nomini olgan.
Xulosa. Shunday qilib, XVI – XVIII asrlar davomida Movarounnahr va
Xorazm vohasida siyosiy vaziyat juda murakkab kechgan. Oqibat natijada, yagona
Shayboniylar - Ashtarxoniylar davlati uchta o‘zbek xonliklariga bo‘linib ketdi. Bu
bo‘linish markazlashgan davlatning etnik va iqtisodiy omillarga asoslanmagan
qabilaviy - sulolaviy parchalanishi edi. Natijada, Movarounnahr va Xorazmda
feodal beboshliklar avj oldi. Yuz bergan bu ziddiyatlar Movarounnahr va Xorazm
aholisining etnik tarkibi va rivojlanishiga ham katta ta’sir etdi.
Dashti Qipchoq o‘zbeklarining etnik tarkibida o‘z tillarini allaqachon
yo‘qotib, turkiyda so‘zlashuvchi elatlar ko‘p edi. Ularning antropologik tipi
Janubiy Sibir tipini eslatar edi. Ularning katta qismi O‘rta Osiyo ikki daryo
oralig‘iga kelib o‘rnashgach, mahalliy aholi bilan aralashib ketishi oqibatida
o‘zbeklarning antropologik tipida mo‘g‘ul qiyofa etnik guruhlar qatlami
qalinlashadi. Ayniqsa, o‘zlarini kelib chiqishini qo‘ng‘irot, do‘rman, ming, arlot,
qatag‘on kabi etnik birliklar bilan bog‘lovchi o‘zbeklarda bu yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Shunga qaramay, XVI – XVIII asrlarda Dashti Qipchoq o‘zbeklarining
Movarounnahr va Xorazmga kelib joylashishi XI – XII asrlarda shakllangan
o‘zbek xalqining etnik tarkibini tubdan o‘zgartira olmasada, «O‘rta Osiyo ikki
daryo oralig‘i tipi» tarkibida XIII – XIV asrlarda mo‘g‘uliy elementlarni
ko‘payishi sezila boshlaydi. XV asrning oxiri va XVI – XVII asrlarda Dashti
Qipchoqdan 92 bovli chorvador o‘zbek urug‘larining Movarounnahr va unga
tutash viloyatlarga kelib o‘rnashishi oqibatida o‘zbek xalqining etnik tarkibida
mo‘g‘uliy elementlarni sezilarli darajada yuz berishiga olib keldi. Ammo, aholi
etnik tarkibida braxikefal yevropeoid qatlam «O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i
33
tipi»ning mutlaq asosi bo‘lib qolaverdi. XVIII - XX asr boshlarida o‘zbek
xalqining antropologik tarkibida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmaydi
1
.
Shayboniyxon yetakchiligida O‘rta Osiyoga birga kirib kelgan Dashti
Qipchoq o‘zbeklari mahalliy turkiyzabon o‘troq aholiga «o‘zbek» nomini berdi.
Bu nom O‘zbekiston tarixining bundan keyingi taraqqiyot bosqichlarida mahalliy
aholi ruhiga singib, o‘zbek atamasi butun bir xalqning etnik nomiga va milliy
iftixoriga aylandi. Hozirgi o‘zbeklar orasida mo‘g‘uliy qiyofa asosan ayrim qishloq
o‘zbeklari (qo‘ng‘irot, mang‘it, ming, do‘rman, qurama, jaloyir kabi o‘zbek
urug‘lari) etnik tarkibida saqlangan. Ammo, shahar aholisining etnik tarkibida
braxikefal yevropeoid qatlam mutlaq asos bo‘lib qolavergan. XX asr ikkinchi
yarmi - XXI asr boshlarida yuz berayotgan globallashuv jarayonlar ta’sirida
O‘zbekiston xalqining katta shaharlar aholisi etnik tarkibida mo‘g‘uliy qiyofali
elementlarning paydo bo‘lishi ko‘zga tashlanadi.
Dostları ilə paylaş: |