O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Malakaviy ishning nazariy – metodologik asoslari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix10.01.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#122102
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ozbek xonliklari davridagi etnomadaniy jarayonlar

Malakaviy ishning nazariy – metodologik asoslari: Mavzuni yoritish 
jarayonida ijtimoiy voqelikni bilish va o‘rganishning dialektik metodi, uning 
ilmiylik, xolislik, tarixiylik, uzviylik tamoyillariga tayanildi. Asosiy e’tibor yuz 
bergan voqealarning o‘zaro dialektik aloqadorligiga qaratildi. Tadqiqot jarayonida 



mavzuga milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy istiqlol g‘oyasidan kelib 
chiqqan holda yondashildi. 
Malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu ishda Vatan 
tarixining bizga hali noma’lum bo‘lgan qirralarini, ayniqsa, O‘zbek xonliklari 
hududidagi an’anaviy etnoslararo jarayonlar hamda o‘zbek xalqi va aholisining 
etnik shakllanishi, tarkibi va undagi asosiy bosqichlarni, tarixiy voqeliklarni 
to‘g‘ri yoritishga, uni to‘ldirish, aniqlik kiritish va xolisona baholashga asoslanadi. 
Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi. Ish kirish, ikkita bob, har bir 
bob ikkita paragrifdan, hamda, xulosa, foydalanilgan manbalar va adabiyotlar 
ro‘yxatidan iborat.



I – Bob. XV – XVIII asrlarda Markaziy Osiyo mintaqalarida 
siyosiy va madaniy hayot. 
 
1.1 - Mavoraunnahr xududiga Dashti Qipchoqdan ko’chmanchi o’zbek 
qabilalarining kirib kelishi 
Ma’lumki, Amir Temur hayotlik chog‘idayoq o‘z qo‘l ostidagi mamlakatlar 
viloyatlarni idora etishni o‘g‘illari va nabiralari hamda sadoqatli amirlari bo‘lib 
berib, ular ustidan qattiq nazorat o‘rnatib boshqarar edi. Amir Temur o‘limidan 
keyinoq Sohibqiron o‘rnatgan tartib zaminiga zil ketdi. Sohibqiron vasiyatlarini 
birinchi bo‘lib, sevimli nabiralaridan biri Xalil Sulton buzdi. U valiahd 
Pirmuhammadni Hirotdan Samarqandga yetib kelishini kutmasdan Samarqand 
taxtini qo‘lga oldi. Shundan so‘ng uning vorislari o‘rtasida o‘zaro ziddiyatlar 
boshlanib, Markaziy hokimiyat zaiflashib ketdi. 
To‘g‘ri, 1409 yilda Hirot hukmdori Shohrux Mirzo Samarqandda 
hokimiyani qo‘lga kiritib, unga o‘g‘li Ulug‘bekni o‘tqazib, siyosiy vaziyatni biroz 
yumshatdi va 40 yilga yaqin mamlakatda tinchlik o‘rnatildi. Ammo, na Shohrux, 
na Ulug‘bek mamlakatda Amir Temurdek tartib va intizomni o‘rnata olmaganlar. 
Shohrux Mirzo o‘ta xudojo‘y, taqvodor bo‘lsa, uning o‘g‘li, Samarqand hukmdor 
tom ma’nodagi olim edi. U olam sirlarini ilm orqali bilishga bel bog‘lagan 
hukmdor edi. 
Shohrux o‘limidan keyin temuriyzoda shahzodalar o‘rtasida markaziy 
hokimiyatga intilish, uni qo‘lga kiritish ilinjida, hatto, o‘zlarining qo‘l ostidagi 
mamlakat va viloyatlar iqtisodiy va madaniy hayoti bilan, raiyat tashvishi bilan 
shug‘ullanishdan uzoqlashdilar. Temuriyzodalar o‘rtasidagi ziddiyatlar ayniqs XV 
asrning ikkinchi yarmida shunday kuchaydiki, buni uzoq-yaqindan kuzatib turgan 
Dashti Qipchoq ko‘chmanchi o‘zbeklari temuriylar mulkiga tez - tez hujum qilib, 
tinch aholini talab ketardilar. Oxir - oqibatda, temuriylar saltanati himoya qilishga 


10 
ojiz bo‘lib qolganligini sezgan Jo‘jixon avlodlari XVI asr boshlarida Shayboniyxon 
boshchiligida Movarounnahrga bostirib keldi va shu qisqa muddat ichida bu 
zaminda o‘z hukmronligini o‘rnatdilar. 
Shundan boshlab, Movarounnahr va Xorazmda «o‘zbek» atamasi el nomi 
sifatida paydo bo‘ladi. Bu nomning hozirgi O‘zbekiston hududida aynan XVI asr 
boshlarida paydo bo‘lishiga Dashti Qipchoq o‘zbek elining 92 bovli ko‘chmanchi 
chorvador qabila va urug‘larining chingiziyzoda hukmdori Shayboniyxon 
boshchiligida kirib kelishi asos bo‘ldi
1
. Ungacha shimoliy dasht chorvadorlari 
O‘rta Osiyo hududlariga qabila - qabila va ayrim urug‘ jamoalari sifatida tinch va 
osoyishta o‘z qabila va urug‘ nomlari bilan kirib kelib, mahalliy aholi egallamagan 
joylarda makon topib yashar va yerli aholi bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatib, 
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi etnografik guruhlar sifatida yashashda davom 
etar edilar. Movarounnahr va uning tevarak - atrof tumanlarida azaldan yashab 
kelayotgan o‘troq mahalliy turkiylar va turkiylashgan sug‘diy, xorazmiy, bohtariy, 
Choch va Qadimgi Farg‘onaning qishloq va shaharlar aholisi esa, takroriy 
sug‘orma va lalmi dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo - sotiq bilan band 
bo‘lib, ular bir - birlarini til jihatidan yaxshi tushunsalar-da, ammo etnomadaniy 
jihatdan ulardan yuksak madaniy turmush tarzi bilan farq qilar edi
2

Bu chorvador ajdodlarimizning hayot tarzi, ularni bir joyda muqim yashashini 
taqozo etmas edi. Ularning azaliy vatani Qora dengizning shimoli - sharqiy 
sohillaridan to Chukotka va Kuril orollarigacha cho‘zilgan dasht mintaqalari 
bo‘lib, ular avvallari ovchilik, xonaki va yaylov chorvachiligi, bronza davridan 
boshlab (mil. avv. XVIII - XI asrlar) ko‘chmanchi chorvadorlarga aylangan edilar. 
Ko‘chmanchi chorvachilik hayot tarzi ularni o‘z chorva mollari uchun yangidan - 
yangi o‘tloq yaylovlar qidirib, yarim harbiy holatda yashashga majbur etardi. Shu 
bois ular qabilalarga, qabilalar urug‘ jamoalariga, ular esa urug‘ - aymoqlarga 
bo‘linib, Dashti Qipchoq cho‘l va dashtlarida, tog‘oldi adirlar va tog‘ soylari 
havzalarida yashashga majbur edilar. 
1
Шарафуддин Али Яздий. Зафарнома. - Т.: 1997. - 296-бет. 
2
Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. –Т.: Шарқ, 2014. – Б. 487. 


11 
Dashti Qipchoq va uning har ikkala (Ko‘k O‘rda va Oq O‘rda) hududiy 
maydonida ko‘chib yurar, kezi kelganda ularning O‘rta Osiyo sarhadlariga o‘z 
podalari bilan kirib kelishi qadimdan odatiy tus olgan edi. 
Tarixiy - arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, ularning O‘rta Osiyo hududlariga 
kirib kelishi ilk bor mil. avv. II mingyillikning o‘rtalarida yuz berdi. Bu migratsiya 
tarixda oriylarning shimoldan janubga yurishi nomi bilan ma’lum. Antik va ilk 
o‘rta asrlardan boshlab ularning janubga, ya’ni janubi Turonga, tarix taqozosiga 
ko‘ra, shu qadar jadal kechdiki, ilk o‘rta asrlarga kelganda, Amudaryo o‘rta 
oqimlariga qadar cho‘zilgan Janubiy Turon o‘lkalari tom ma’nodagi Turkistonga, 
qadimgi turklar vataniga aylandi. 
XIV – XV asrlar davomi Dashti Qipchoqda yuz bergan tarixiy voqealar 
tufayli, ya’ni bu zaminda harbiylashgan chorvador bekzodalarning «O‘zbek eli», 
«O‘zbek davlati»ning tashkil topishi munosabati bilan, u davlatning hukmdori 
Shayboniyxon yetakchiligida turk – mo‘g‘ul qabilalarining qulab borayotgan 
temuriylar davlati ustiga XVI asr boshlarida qo‘shin tortib kelishi real voqelikka 
aylandi, Movarounnahrda hokimiyat Dashti Qipchoq chorvador ko‘chmanchi 
o‘zbeklari qo‘liga o‘tdi. 
Tarixiy manbalardan ma’lumki, Sirdaryoning yuqori oqimi va Tangritog‘ 
tizmalarining g‘arbiy yonbag‘irlaridan Dnepr, Dunay, Don va Volga daryolarining 
quyi oqimiga qadar yoyilgan dashtlar XI - XV asrlarga oid arab va fors 
manbalarida Dashti Qipchoq deb tilga olinadi. Dashti Qipchoq aholisi sharq 
manbalarida - qipchoqlar, rus solnomalarida - polovetslar, Vizantiya xronikalarida 
- kumanlar, venger manbalarida - kunlar deb atalgan. Dashti Qipchoq hududlari 
XIII asr boshlarida Chingizxon qo‘shinlari tomonidan bosib olingach, u joylar 
Chingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘jixonga ulus sifatida berildi. Jo‘jixon ulusi 
doirasida (unga Shimoliy Xorazm vohasi ham kirgan edi) «Oltin O‘rda» davlati 
barpo etiladi. Biroq, XIV asr boshlarida Jo‘ji ulusi bilan Chingizxon avlodlari 


12 
o‘rtasidagi o‘zaro taxt uchun kurashlar tufayli ikkita mustaqil davlatlarga (tarixda 
Oltin O‘rda deb nom olgan Ko‘k O‘rda va Oq O‘rdaga) bo‘linib ketadi
1

Tarixiy manbalarda yozilishicha, Volgadan Dneprgacha cho‘zilgan dashtlar, 
Qrim, Shimoliy Kavkaz, Bulg‘or va Shimoliy Xorazm Ko‘k O‘rdaga qarashli 
hududlar bo‘lib, bu joylar avvalgidek Oltin O‘rda davlati deb nomlanishda davom 
etadi. Undan Sharqqa tomon cho‘zilgan bepoyon Dashti Qipchoq cho‘llari, ya’ni 
Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimlari, Orol dengizining shimol va shimoliy 
sharqidagi keng dashtlar Oq O‘rda davlati hududlarini tashkil etib, ular ham 
Jo‘jixon avlodlaridan O‘rda - Ichan va Shaybonlar tomonidan boshqarilsa-da, 
rasman Oltin O‘rda davlatiga tobe hisoblanar edi. Oltin O‘rdani esa Botuxon va 
Tuga - Temur avlodlari boshqarar edi. 
XIV asrning 60 - yillariga kelganda Oltin O‘rdada Shaybon, O‘rda - Ichan va 
Tuga - Temur avlodlari o‘rtasida hokimiyat uchun kurash avjiga chiqadi
1
. Oltin 
O‘rdaning O‘zbekxon (1312-1342 yillar) davridagi siyosiy va harbiy mavqei tushib 
ketadi. XIV asrning 70-yillarida Oltin O‘rdada ichki feodal janjallari yanada 
kuchayib, bunda Shaybonlar alohida faollik ko‘rsatadilar. Hatto, ularning vakili 
Tulunbek - xonum tashabbusi bilan Shaybonlar nomidan tanga pullar zarb etiladi
2

Amir Temur yordamida hokimiyatni qo‘lga kiritgan To‘xtamishxon davrida 
(1380-1395 yy.) Oq O‘rda kuchayib, hatto, u Oltin O‘rdani ham o‘ziga qo‘shib 
oladi. To‘xtamishxon davrida Dashti Qipchoqda nisbatan tinchlik o‘rnatiladi. 
Biroq, 1395 yilgi Terek daryosi bo‘yidagi jangda To‘xtamish qo‘shinlari Amir 
Temur tomonidan tor - mor etilgach, Oq O‘rdada feodal nizolari yana avj oladi. Oq 
O‘rda dashtlarida badavlat aslzoda beklarning o‘zlarini erkin, ozod va mustaqil 
tutish kayfiyati kuchayadi. Dashti Qipchoqning sharqiy o‘lkalari XIV asr ikkinchi 
yarmidan tarixiy manbalarda «o‘zbeklar diyori», «o‘zbeklar eli» nomi ostida tilga 
olina boshlaydi. Ungacha ham (XIII asrning 80 - yillarida) bu joylarda yashovchi 
turk va til jihatidan turklashgan mo‘g‘ul qabilari o‘zlarini «o‘zbeklar» nomi bilan 
ataganliklari tarixiy asarlardan ma’lum. Unga qadar ham «o‘zbek» degan atama 
ayrim kishi nomlari sifatida uchrab turgan. Masalan, Ozarbayjon atabeklaridan 
1
Shamsutdinov R., Karimov Sh, Ubaydullaev O’,Xoshimov S. Vatan tarixi. II – kitob. T., “Sharq”, 2016. – B. 25. 


13 
birining nomi (Ilteginlar sulolasidan (1210-1225 yy.) hamda Muhammad 
Xorazmshohning (1200-1220 yy.) amirlaridan birini nomi O‘zbek edi
3

Rashididdin Jo‘jixon o‘g‘illarining yettinchi farzandi Minkudaraning o‘g‘li O‘zbek 
nomi bilan atalganini qayd qiladi
4
. «O‘zbek» so‘zi Hamdallah Mustafa Kazvini 
(1281-1350)ning «Tarix-i guzide» (Izbrannaya istoriya) asarida Oltin O‘rda xoni 
O‘zbekxonga tobe yerlar va xalqlar haqida fikr yuritilib, bu qabilalar «o‘zbekiyon» 
(o‘zbeklar), ya’ni «Mamlakat-i o‘zbek» (O‘zbeklar mamlakati) yoki «Ulus-i 
o‘zbek» (O‘zbek ulusi) deb eslaydi. Tarixchi Ruzbexon «Mehmonnomai Buxoro» 
kitobida Dashti Qipchoq o‘zbeklarini uch toifaga bo‘ladi. Ular shayboniylar, 
qozoqlar va mang‘itlar bo‘lib, Shaybon ulusi manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, 
1238 yilda tashkil topgan va O‘rol tog‘ining etaklaridan Tobol va Sarisuv 
daryolarigacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan. 
Arab tarixchisi Kalkashandi (1418 yilda o‘lgan) o‘z asarida To‘xtamishxonni 
«malik bilad o‘zbek» ya’ni o‘zbeklar mamlakatining hukmdori deb ataydi
1

Nizomiddin Shomiy
1
(1404 yilda vafot etgan), Sharafudsin Ali Yazdiy
2
(1454 
yilda vafot etgan), Abdurazzoq Samarqandiy
3
(1413-1482) va Xondamir
5
(1475-
1535) asarlarida o‘zbeklar haqida ayrim lavhalar keltiriladi. Masalan, Nizomiddin 
Shomiy To‘xtamishni Samarqandga kirib kelishi haqidagi hikoyasida «Temur 
To‘xtamishga O‘tror va Savron viloyatlarini berdi va uni o‘sha yerlarga jo‘natdi. 
Biroz vaqt o‘tgach, o‘zbeklarning podshosi O‘rusxonning o‘g‘li Qutlug‘ Bug‘a o‘z 
qo‘shinlarini (bu viloyatlarga) burdi va ko‘p jang qildi. Qachonkim, To‘xtamish 
Temurga xoinlik qilganida, Temur 1389-90 yili unga qarshi ot qo‘ydi. Qachonkim, 
Temur qo‘shinlari Sariq - uzun degan joyga yetganida no‘yonlar va amirlar 
yig‘ilib, Amir Temurga «Agar biz avval Mo‘g‘uliston xoni Xizr jo‘janing 
lashkarboshilaridan biri Inka - To‘rani tor - mor qilib, uning yovuz niyatlarini yo‘q 
1
Низомиддин Шомий. Зафарнома. – Т:. 1997. – Б. 238. 
2
Шарафуддин Али Яздий. Зафарнома – Т:. 1997. – Б. 324. 
3
Абдураззоқ Самарқандий. Матлаъус – садаъин ва мажмаъул – баҳрайн (икки саодатли юлдузнинг чиқиш 
жойи ва икки азим дарёнинг қўшилиш ери). Форс ва тожик тилидан таржима, кириш сўзи ва изоҳли 
луғатлар муаллифи А. ўринбоев. – T:. Фан, 1969
.
– Б. 287.


14 
qilib, so‘ng «o‘zbeklar yurti»ga (diyori o‘zbek) kirib borsak to‘g‘riroq bo‘lardi» 
deb maslahat beradilar. 
Abdurazzoq Samarqandiy Amir Temurni To‘xtamish ustiga yurishini gapirib, 
1390 yili Amir Temur Mo‘g‘ulistonga yurish qildi, unga yo‘l - yo‘lakay asirlar 
xabar berdiki, Inka To‘ra Mo‘g‘ulistonga qochib ketdi va u o‘zbek dashtlarida (dar 
saxro-i o‘zbek) yashiringan, deydi. Xondamir 1389 - 1391 yil voqealari haqida 
hikoya qilar ekan, yuqorida nomi eslatilgan To‘xtamish qo‘shinini «o‘zbeklar 
qo‘shini» (sipoh-i o‘zbek) deb yuritiladi, deydi. Oltin Urdaning amir va xonlari 
«o‘zbeklar» viloyatining hokimlari deb yuritila boshladi. Xullas, XIV asr 
boshlaridan Dashti Qipchoq aholisi, aniqrog‘i avval Oq O‘rda xalqi «o‘zbeklar» 
nomi bilan yuritilgan. 
Bu yurtning harbiylashgan suvoriylari tez - tez Movarounnahrga (asosan 
hozirgi O‘zbekiston shimoliy hududiga) harbiy talonchilik yurishlar qilib turgan. 
Bu haqda Amir Temurning «Tuzuklari»da shunday deyilgan: Movarounnahrda 
o‘zbeklarning jabru zulmi ortib ketdi... Ilyosxo‘ja bo‘lsa (Movarounnahrning 
hukmdori Tug‘luq Temurning o‘g‘li), davlat va siyosat ishlarida layoqatsiz 
bo‘lgani tufayli ularning zulmi sitamiga bardosh berishga ojiz edi. Men bo‘lsam 
salobatim va haybatim bilan o‘zbeklar ustidan g‘alaba qildim va mazlumlarni 
zolimlar jabridan xalos qildim»
1
. O‘zbekxon (1312-1342) ikki O‘rda yerlarini 
birlashtirgach, Oltin O‘rda hududlari ham o‘zbeklar eliga aylandi. To‘xtamish 
(1376-1395) davrida butun Dashti Qipchoq aholisi o‘zbeklar elining fuqarolari deb 
ataladigan bo‘ldi. 
Shu yerda alohida ta’kidlash joizki, keyingi yillarda O‘rta Osiyo respublikalari 
ilmiy doiralarida mintaqa xalqlarining kelib chiqishi, o‘tmish tarix masalasida har 
xil milliy konsepsiyalar ko‘tarilmokda, sotsiologik tadqiqotlarga asoslanib, 
etnogenez masalalarida tarixiylik prinsipini inkor etuvchi konstruktivistik 
nazariyalar paydo bo‘lmoqda. O‘tmish tarixga bunday yondashuvlar birinchidan, 
tashqi muxolafat yordamida o‘z xalqi tarixini asossiz chuqurlashtirish, O‘rta Osiyo 
xalqlarining barchasiga tegishli tarixiy va madaniy merosni «o‘zlashtirish» 
1
Темур тузуклари. Форсчадан Алихон Соғуний ва Ҳабибулло Кароматов таржимаси. - Т.: 1991. – Б. 20. 


15 
kayfiyatini kuchayishiga olib keladi; ikkinchidan, milliy konsepsiyalar uchun 
nazariy asosni milliy respublikalar oliy hokimiyat rahbarlariga iqtisodiy 
manfaatdorlik tufayli xizmat etishga tayyor Rossiyaning ayrim olimlari 
yaratmoqdalar. Uchinchidan, «konstruktivizm» tarafdorlari mintaqa xalqlarining 
etnogenez va etnik tarixini inkor etadilar va O‘rta Osiyoning barcha hozirgi zamon 
xalqlari (o‘zbek, tojik, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq va boshqalar) tarixiy ildizga ega 
emas, ularning hozirgi holati sovet hokimiyati siyosiy tuzumining sun’iy hosilasi, 
siyosiy strukturasidir. 
O‘rta Osiyo xalqlarining etnogenez va etnik tarixi masalasida bunday 
qarashlarni tarixga zid qarashlar bo‘lib
3
, bu yerda «o‘zbek» nomi ostida, birinchi 
navbatda, O‘rta Osiyoning sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq 
qishloq va hunarmandchilik va savdo - sotiq bilan shahar aholisini, shuningdek 
XVI asr boshlarida bu zaminga kirib kelib, siyosiy hokimiyat tepasida turgan 
Dashti Qipchoq ko‘chmanchi o‘zbeklarini tushunmoq kerak. 
Ammo, ba’zi bir taniqli sharqshunos olimlar «qadimda va o‘rta asrlarda turkiy 
tilli qabila va qavmlar, hatto IX - X asrlarga qadar chorvachilik bilan 
shug‘ullanganlar», degan xulosa qilishgacha borganlar. 
O‘rta Osiyoning qadimgi turkiy tilli aholisining katta o‘troq qatlami ziroatchilik 
bilan shug‘ullanganliklari haqida qadimgi xitoy manbalarida ma’lumotlar 
uchraydi
1
. Keyingi yillarda Janubiy Qozog‘iston va Sirdaryoning o‘rta va quyi 
havzalari, Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida olib borilgan keng ko‘lamli 
arxeologik izlanishlar urbanistik jarayonlar bu o‘lkalarga an- tik davrida kirib 
borganligi, ayniqsa ilk o‘rta asrlarga kelganda bu zaminda yuzlab katta-kichik 
shaharlar va shaharmonand qishloqlar qad ko‘targanligidan guvohlik beradi. 
Tarixiy manbalarda esa Markaziy Osiyoning tub joyli turkiy qabila va elatlari 
qadimdan prototurk va turk tillarida dehqonchilik ekinlari va bog‘dorchilik 
mevalarining nomlari tilga olinadi
1

O‘zbek xalqining etnogenez va etnik tarixini o‘rganishda yana bir manba turi 
borki, u ham bo‘lsa, g‘arbiy ovro‘pa va rus kartograflari tomonidan XVI – XVIII 
1
Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. –Т.: Шарқ, 2014. – Б. 491. 


16 
asrlar davomida tuzilgan 200 ga yaqin tarixiy - siyosiy va etnik kartalar hamda 
globuslar mavjud. Bularda «Uzbek», «Uzbekiya», «O‘zbekiston» degan toponimik 
nomlar uchraydi. Masalan, XVIII asrning birinchi yarmida tuzilgan 2 ta xaritada 
(kartograf Abraxam Maasning «Novaya karta Kaspiyskogo morya i stranm Uzbek» 
hamda Vasiliy Vatatsiyning «Karta Kaspiyskogo i Aralskogo morey») O‘rta Osiyo 
hududlari «O‘zbeklar mamlakati», «Uzbek», «Uzbekiya», «Uzbekiston» nomlari 
ostida tasvirlangan
4
.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, XIV - XVIII asrlar haqida 
gap ketganda Dashti Qipchoq hududlari ko‘chmanchi o‘zbeklar mamlakati sifatida 
tushunilgan. XVI asr boshlariga qadar O‘rta Osiyo Turkiston, aholisi esa turk nomi 
ostida yuritilgan. XVI asr boshlarida O‘rta Osiyo hududlarida Dashti Qipchoq 
qabila va qavmlarining siyosiy - harbiy hukmronligi o‘rnatilgach, bu yurt ham 
Dashti Qipchoq o‘zbeklari mamlakatining tarkibiy qismi sifatida Ovro‘pa siyosiy 
xaritalarida «Strana Uzbek», «Uzbekiya», «Uzbekiston» nomlari ostida uchray 
boshlaydi. Bu zaminning dehqonchilik viloyatlarida, birinchi navbatda, 
Movarounnahrda yashagan xalqning aksariyat ko‘pchiligi turkiy tilda, ozroq qismi 
forsiyda so‘zlashganlar. O‘rta Osiyo turkiy tilli aholisining tili Dashti Qipchoq 
o‘zbeklarining tili bilan bir bo‘lib, faqat ular turk tilining turli lahjalarida 
so‘zlashganlar. Movarounnahr turklari va uning turkiylashgan sartlari o‘zlarini turk 
yoki Urganjiy, Farg‘oniy, Samarqandiy, Andijoniy, Shoshiy, Termiziy va 
boshqalar deb bilganlar. Masalan, Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Husayn 
Boyqaro, Zahiriddin Boburlar o‘zlarini turk deb ataganlar. 
Agar uzoq o‘tmish tariximizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tarixiy manbalarda 
Buyuk Turk cho‘lining aslzoda chorvador harbiylari o‘zlarini «bek» deb yuritar 
edilar. Bu atama Turk xoqonlarining bitiktoshlarida ham uchraydi. Masalan, ilk 
o‘rta asrlarda Buyuk Turk Xoqonligi davridan boshlab xoqonlar o‘z xalqiga 
mafkuraviy bitiktoshlarga bitilgan murojaatlarida «turk buduni (xalqi)», «turk 
beklari va buduni», «turk, o‘g‘uz beklari, buduni» kabi so‘zlarni ishlatganlari 
ma’lum. Demak, Xoqonlik davrida, ehtimol undan ham oldinroq, turk qavmlari 
aslzoda beklardan va oddiy chorvador xalqdan iborat bo‘lib, beklar ko‘chmanchi 


17 
chorvadorlar jamiyatining badavlat, erkin, ozod suvoriy harbiylarini tashkil etgan. 
O‘zligini anglash, o‘z qadrini bilish, o‘zini har jihatdan mustaqil va erkin, hech 
kimga qaram emasligini his etish chorvador aslzoda beklar uchun tabiiy bir hol edi. 
Dashti Qipchoqda, ayniqsa uning sharqiy qismida bu kayfiyat XIII asrning oxirgi 
choragida shunchalar keng avj oladiki, sahroyilarning harbiylashgan aslzoda beklar 
tabaqasi o‘zlarini «O‘zbeklar», ya’ni «o‘ziga o‘zi bek» deb atash an’anaga 
aylanadi. 
Aslida, bu so‘z ikki bo‘g‘indan, ya’ni «o‘z» va «bek»dan iborat bo‘lib, bu 
so‘zning «o‘z» o‘zagi o‘zlikni anglatib, unga turkcha «bek» suffiksi qo‘shilib, 
«o‘zbek» atamasi paydo bo‘ladi. Bu borada G. Vamberi ham o‘z vaqtida haq gapni 
gapirgan, ya’ni «Bukvalnoe znachenie slova «uzbek» - sam sebe gospodin, 
samostoyatelnsh. Zamechatelno, chto eto dostoinstva i zvaniya, i v etom smmsle 
ono naxoditsya v dokumentax, otnosyashixsya k 1150 god»
1

«O‘zbek» atamasi dastlab aniq bir etnik birlik nom ma’nosini anglatmagan, 
aksincha, Oq O‘rda dashtlaryda harbiy o‘yinlar va turfa xil bosqinchiliklar bilan 
shug‘ullanib yurgan son - sanoqsiz beklar to‘dasining siyosiy - harbiy uyushmasi 
bo‘lgan. Chunki, XIV asrning 60 - yillarida Oltin O‘rdada Jo‘jixon avlodlari 
o‘rtasida boshlangan o‘zaro feodal urushlar shunchalar kuchayib ketdiki, natijada 
kuchli va yagona Oltin O‘rda mayda hokimliklarga bo‘linib ketdi. Ular orasida eng 
katta va kuchlisi Volga daryosi bilan O‘rol daryolari oraligiga joylashgan Oq O‘rda 
edi. Dastlab, Oq O‘rda To‘xtamishxon davrida (1380-1395) ancha kuchayadi. 
Hatto, u Oltin O‘rda va Oq O‘rdani birlashtirdi. Bunga Amir Temur katta yordam 
bergan
1

Ammo, To‘xtamishxon kuchayib olgach, tashqi siyosatda Amir Temur 
g‘ashiga tegadigan siyosat olib bora boshlaydi, Xorazm yerlarini bosib oladi. Oltin 
O‘rdada To‘xtamishdan norozilar ko‘payib, uning xatti - harakatlari Amir Temurga 
yetib bora boshlaydi. Oqibat natijada, ular o‘rtasida paydo bo‘lgan ichki ziddiyatlar 
tufayli 1391 yil iyun oyida Qunduzcha daryosi vodiysida qattiq janglar bo‘lib, 
To‘xtamish jang maydonidan yengilib qochadi
2
. Ular o‘rtasida bo‘lgan 1395 
1
Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. –Т.: Шарқ, 2014. – Б. 494. 


18 
yildagi jangda esa Amir Temur uni yanchib tashlaydi. Mag‘lub To‘xtamish bir 
qism tan soqchilari bilan qalin rus knyazliklariga qochib jon saqlaydi. 1395 yilgi 
jang tufayli Oltin O‘rda tamoman inqirozga uchradi. Shundan so‘ng, XIV asrning 
80 - yillarida «o‘zbek ulusi» nomini olgan Oq O‘rdada ham xonzoda va bekzodalar 
o‘rtasida hokimiyat uchun jangu jadallar boshlanib ketadi. XV asrning birinchi 
choragida taxt uchun kurashlar avjiga chiqib, bu janglarda Shaybonlar urug‘idan 
Abulxayrxon g‘olib chiqib, Sharqiy Dashti Qipchoqda «O‘zbeklar davlati»ni qayta 
tashkil etdi. 
«O‘zbek» so‘zining kelib chiqishi haqida fanda turlicha qarashlar mavjud. 
Masalan, Anvar Shukurov «O‘zbek atamasining kelib chiqishi haqida» nomli 
risolasini chop etgan
1
. Muallif ushbu risolada «O‘g‘uz» so‘zini arab va fors 
manbalarida g‘uzga aylanishi, «o‘zbek» so‘zidagi «o‘z» o‘zagi o‘g‘uzdan kelib 
chiqqanligi, qadimgi o‘g‘uz+berk, o‘g‘uz+bo‘ka, bek so‘zlaridan O‘ZBEK so‘zi 
kelib chiqqanligi tarixiy haqiqatdir», «O‘zbek» so‘zi O‘g‘uzbek so‘zining 
qisqartirilgan ko‘rinishidir», deydi. «O‘g‘uzlarning aslzodalari orasida «O‘zbek» 
nomi XIII asr boshlarida ham uchrashini, Oltin O‘rda xoni O‘zbekxondan 60 yil 
avval Ozarbayjonda «O‘zbek» degan hokim bo‘lganligi, hatto XI asr arab 
tarixchisi Usom ibn Munqizning «Kitob al e’tibor» (Ibrat kitobi) da O‘zbek ismli 
Mavsil hokimi»
2
bo‘lganligini qayd qiladi. 
O‘zbek nomini kishi nomi sifatida qadimgi bo‘lishi to‘g‘ri, ammo, o‘g‘uzni 
«o‘z» o‘zagi bilan boglash haqidagi farazlar bahslidir. Masalan, «O‘zbek» nomini 
kelib chiqishi masalasida, uni turkiy xalqlarning «uz», «o‘z» urug‘i bilan ham 
bog‘lab, quyidagicha faraz qilish mumkin: ma’lumki, tarixiy - etnografik 
adabiyotlarda Dashti Qipchoqning har joylarida VIII asr o‘rtalaridan «uzlar» deb 
atalgan turkiy tilli qabilaning urug‘ jamoalari yashab kelganligi, IX - XI asrlar 
oralig‘ida ular harbiy jihatdan kuchayib, ularning beklaridan «uzbek» so‘zi tarkib 
1
Шукуров. А. Ўзбек атамасининг келиб чиқиши ҳақида. «Насаф» нашриёти. - Т.: 2010. 
2
Шукуров А. Ўзбек атамасининг келиб чиқиши ҳақида. 32-бет; Алиев А., Содиқов Қ. Ўзбек адабий тили 
тарихидан. «Ўзбекистон» нашриёти. - Т.: 1994. - 42-бет; Зиётов 3. Турон қавмлари. - Т.: 2008. - 189-бет. 


19 
topgandir, degan farazni o‘rtaga tashlash mumkin. Biroq, «uz» qabilasining 
Qipchoq cho‘lida boshqa turkiy tilli qabila va qavmlarga yetakchilik qilganligi 
haqida ma’lumotlar uchramaydi. Shu bois, Dashti Qipchoqda o‘zbek atamasining 
kelib chiqishi Sharqiy Qipchoq dashtining barcha turkiy tilli qabila va urug‘ 
jamoalariga tegishli bo‘lib, bu so‘z beklik g‘ururi baland qabila beklari bilan 
bog‘liq so‘z ekanligi tarixiy haqiqatga yaqindir. Dastlab, aholining aslzoda beklar 
ijtimoiy tabaqasi o‘zlarini «o‘zbeklar» deb atashgan bo‘lsa, sekin - asta ularga tobe 
urug‘doshlari ham o‘zlarini «o‘zbeklar» deb atay boshlaganlar. 
Shundai qilib, aynan Sharqiy Dashti Qipchokda XIII asrning oxirlari va XIV 
asr davomida «O‘zbeklar mamlakati», «o‘zbeklar» degan etnosiyosiy atama- lar 
paydo bo‘ldi. XVI asr boshlarida Shayboniyxon ko‘chmanchi o‘zbeklarining O‘rta 
Osiyoga kirib kelishi bilan «o‘zbek» so‘zi Movarounnahr va Xorazmda paydo 
bo‘lib, u keyinchalik o‘zbek xalqi etnonimiga aylandi. 
Ungacha, Dashti Qipchokda ko‘chib yurgan turk - mo‘g‘ul qabilalari (arlot, 
baxrin, burqut, do‘rman, iyjon, qtoy, qarluq, mojor, qipchoq, qiyot, qo‘ng‘irot, 
qurlovut, mang‘it, nayman, nukus, tangut, uyg‘ur, markit, qo‘shchi, o‘tarchi, jot, 
chimboy, kenagas, uyshun, tuboyi, toymas, echki, tuman - ming, shodbaxtli, 
shunqorli va boshqalar) orasidan jangovar suvoriylar yetishib chiqib, ular 
dashtning erkin, o‘ziga xon, o‘ziga bek harbiy guruhlarini tashkil etganlar. Ular 
XV asr boshlarigacha bepoyon sahroning erkin qushlari, o‘ziga bek jangovar 
harbiylashgan bebosh guruhlari bo‘lib, ular o‘zlarini erkin va ozod beklardek 
tutganlar. 
Yuqorida qayd etganimizdek, XV asrning 20 - yillarida, ya’ni 1428 yilda 
Jo‘jixon nabiralaridan biri Abulxayrxon, ana shu sahroyi aslzoda - bekzodalardan 
tashkil topgan harbiy guruhlarni birlashtirib, aslzoda beklarning harbiy davlatini 
barpo etdi va bu ishda u asosan mang‘it qavmlariga tayanadi, Demak, o‘zbek 
atamasi dastlab XIII asr oxirlarida Dashti Qipchoqning «Oq O‘rda» deb atalgan 
sharqiy qismining harbiylashgan suvoriylar uyushmasiga nisbatan ishlatilgan. Bu 
erkin, ozod, mustaqil suvoriylar guruhining asosini aslzoda - bekzoda harbiylar 


20 
tashkil etgan edi
1
. O‘sha kezlarda «O‘zbek ulusi»ga Orol dengizining shimoliy 
qirg‘oqlaridan to Irtish daryosining o‘rta oqimlarigacha, sharqda Sarisuv va Chu 
daryolaridan, g‘arbda Yoyiq (O‘rol) daryosining so‘l sohillarigacha bo‘lgan yerlar 
qaragan. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin