2-mavzu: Pedagogik jarayonda tarbiyaning mazmuni. Tarbiya jarayonining shakllari va metodlari. Ijtimoiy pedagogika asoslari



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix10.01.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#122110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2-Maruza (3)

Tarbiya tamoyillari - bu tarbiyaviy ishning yo‘nalishiga, mazmuniga, metodlari va tashkil 
etilishiga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi mimosabatlarga qo‘yiladigan asosiy 
talablar ifodalanadigan dastlabki qoidalardir. 
maqsadga 
qaratilganligi va 
g‘oyaviy 
yo‘nalganligi 
o‘qituvchilar, 
jamoat tashkilotlari 
va oilaning talab 
hamda tarbiyaviy 
ta’sirlarining birligi 
tarbiyaning 
insonparvarla
shuvi
tarbiyaning 
hayot, 
mehnat bilan 
bog‘liqligi; 
tarbiyaga 
yaxlit(komp
leks) 
yondashuv; 
jamoada 
taibiyalash 
va jamoaga 
suyanib ish 
ko‘rish; 
shaxsga 
talabchanlik bilan 
hurmatni birga 
qo‘shib olib 
borish
tarbiyalanuv
chining yosh va 
individual 
xususiyatlarini 
hisobga olish; 


 
 
Tarbiya turlarining umumiy tavsifi. Tarbiya turlari turli sohalarga ko‘ra tasnif 
etiladi. Ko‘proq umumlashgan tasnif o‘zida aqliy, mehnat, jismoniy tarbiyani 
qamrab oladi. Ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy ishlaming turli yo‘nalishlari 
bilan bog‘liqlikda fuqarolik, siyosiy, baynalmilal, axloqiy, estetik, mehnat, 
jismoniy, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyaga bo’linadi. Institutsional belgilariga 
bo‘yicha oila, ta’lim muassasasi, ta
?
lim muassasasidan tashqari, diniy, bolalar, 
yoshlar tashkilotlaridagi tarbiya, maxsus ta’lim muassasalaridagi tarbiyaga 
bo‘linadi. 
Tarbiya va tarbiyalanuvchilar orasidagi munosabatlar uslubiga ko‘ra avtoritar, 
demokratik, liberal, erkin tarbiya; turli falsafiy kontseptsiyalar bilan bog‘liqlikda 
pragmatik, aksiologik, jamoaviy, individual tarbiya farqlanadi. 
Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» - 
yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Tarbiya amaliyotiga tatbiq etilganda, 
metodlar - bu tarbiyalanuvchilaming ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish 
usullaridir. 
Tarbiya usullari - umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada 
aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar - bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish 
uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o'rganilmagan 
so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta- 
sekin usullar keng ustunli yo‘llar - metodlarga aylanishi mumkin. 
Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullar deganda ta’sir 
ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi. Vosita - bu usul 
ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat - tarbiya vositasi, biroq uni 
ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko‘rsatish - bu usullar. So‘z 
(keng ma’noda) - tarbiya vositasi, biroq replika, taqqoslash - usullar. Bu bilan 
bogiiqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsadni muvaffaqqiyatli amalga 
oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi 
shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi. 
Tarbiya metodlari tasnifi. Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy 
vazifalami hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalami o‘zida aks ettiradigan 
o‘nlab tarbiya tasniflari mavjud. 
Metodlar o‘ziga xos xarakteriga ko‘ra ishontirish, mashq, rag‘batlantirish va 
tanbeh berishga bo'linadi. Mazkur holatda metodning umumiy xarakterli belgisi 
o‘ziga xoslikni, qo'llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlaming 
ko‘proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari 
mustahkam tutashib ketadi. U o‘zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, 
Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi: 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin