O bobojonov k. Jumaniyozov


 Tayyor mahsulotlarni baholash va ularning nomenklaturasi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

8.4. Tayyor mahsulotlarni baholash va ularning nomenklaturasi.
Tayyor mahsulotlar harakatining hisobini to’g’ri tashkil qilish uchun 
korxona tomonidan ishlab chiqiladigan mahsulotlarning turlari nomining 
ro’yxati - nomenklaturasidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Uni tuzish 
asosida tayyor mahsulotni turkumlash, ya’ni ushbu sub’ektda ishlab 
chiqariladigan bir mahsulot turini boshqa mahsulotdan ajratib turuvchi 
ma’lum belgilari yotadi. Nomenklatura ro’yxatini tuzish asosida quyidagi 
belgilar olinadi: model, fason, artikul, marka, nav va hokazo. 
Har bir mahsulot turiga nomenklatura raqami biriktiriladi va u har xil 
sondan iborat bo’ladi. Mahsulot nomenklaturasidan sub’ektning quyidagi 
xizmatlarida foydalaniladi:
dispetcherlik xizmati mahsulotlarni ishlab chiqarish grafigining 
bajarilishini nazorat qiladi;
sexlar - ishlab chiqarilgan mahsulotlarning assortimentini nazorat 
qilib omborga tayyor mahsulot topshirishda yukxati yozish uchun 
foydalanadi;
marketing bo’limi - tayyor mahsulotlarni jo’natish bo’yicha 
shartnomalarni bajarish imkoniyatini nazorat qilish uchun foydalanadi;
buxgalteriya - tayyor mahsulotlarning analitik hisobini yuritish, 
umumiy ma’lumotlar va hisobotlar tuzish uchun foydalanadi.
330


8.5. Tayyor mahsulotlarning xarakatini – jo’natish va sotish 
jarayonini xujjatlashtirish.
Tayyor mahsulotlarning xaridorga jo’natilgani, ishlar bajarilgani va 
xizmatlar ko’rsatilgani, vositachilik asosida yoki boshqa shunga o’xshash 
asoslarda tayyor mahsulotlar sotish uchun o’tkazilganligi xususida tegishli 
xujjatlar (yukxatlar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari) bilan 
rasmiylashtirilganida mahsulot (ish, xizmat)larni yuklab jo’natilgan 
(sotilgan) mahsulot, bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmatlar deb ataladi.
"Asosiy xo’jalik faoliyatdan olingan daromadlar" nomli 2-BXMS 
muvofiq mahsulot ombordan chiqarilgan yoki to’lov xujjatlari bankka 
topshirilgan vaqtdan boshlab, xaridorlar ularga haq to’lashidan qat’iy 
nazar mahsulot sotilgan deb hisoblanadi.
Tayyor mahsulot xaridorlarga mahsulot etkazib berish shartnomasi va 
yuklab jo’natish rejasiga ko’ra jo’natiladi.
Shartnomada etkazib berilayotgan mahsulotning nomi, miqdori, turi va 
sifat darajasi yoziladi, narx, hisoblashishlar tartibi, mahsulot etkazib 
beruvchi bilan xaridorning to’lov va pochta rekvizitlari hamda boshqa bir 
qancha ma’lumotlar qayd etiladi. Mahsulot sotish bo’limi shartnomaga 
asosan tayyor mahsulot omboriga mahsulotni xaridorga yuklab jo’natish 
haqida buyruq beradi. Mahalliy xaridorlarga mahsulot ishonchnoma 
asosida, boshqa shaharlik xaridorlarga esa farmoyish va yukxat asosida 
beriladi.
Farmoyishli yukxatda quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
berilishi lozim bo’lgan va aslida berilgan mahsulotning nomi, navi va 
miqdori;
narxi va umumiy summasi;
xaridorning manzili;
javobgar (topshirgan va olgan) shaxslarning imzolari.
Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar topshirish dalolatnomalari 
bilan rasmiylashtiriladi.
Sub’ektning buxgalteriyasi mahsulotni jo’natish xujjatlari yoki 
bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlarni topshirish dalolatnomasi asosida 
xaridor, buyurtmachi nomiga to’lov xujjatlarini, ya’ni schyot-faktura 
(ilova), to’lov talabnomasi (ilova) va to’lov talabnoma-topshiriqnomalarini 
(ilova) yozib beradi. Bu xujjatlar mahsulot sotib oluvchini tayyor mahsulot 
yuklab jo’natilganidan xabardor qiladi va uning haqining to’lanishini talab 
qiladi. To’lov xujjatlarining nusxalari buxgalteriyada qoladi va jo’natilgan 
mahsulotlarni hisobga olishda asos bo’lib xizmat qiladi.
331



Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin