Ichki nazorat tizimi quyidagilarni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan
siyosat va tadbirlardir:
aktivlarni himoya qilish;
sub’ektning moliyaviy siyosatiga mosligini ta’minlash;
buxgalteriya schyotlarida aks ettirilgan ko’rsatkichlarning
ishonchliligini ta’minlash.
Pul mablag’lari va likvidli aktivlar ustidan o’rnatilgan
qattiq ichki
nazorat tizimi, pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarining amalga
oshirilgan baholanishi moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun
aniq va ishonchli bo’lib hisoblanadi.
Pul mablag’lari ustidan o’rnatilgan ichki nazorat quyidagi vazifalarni
bajarishi kerak:
pul mablag’larini alohida saqlash va alohida hisobini yuritish;
naqd pulga amalga oshirilgan barcha muomalalarning hisobini yuritish;
kassada faqat zarur bo’lgan naqd pulning qoldig’ini saqlash;
kassadagi naqd pul qoldig’ining doimiy tekshiruv hisoblarini amalga
oshirish;
daromad keltirmaydigan pul mablag’larining qaytarilishini ta’minlash;
pul mablag’larini jismoniy nazorat qilish (vaqti vaqti bilan kassadagi
naqd pullarni inventarizasiya usuli yordamida tekshirib turish).
Pul mablag’larining kelib tushishini nazorat
qilish quyidagi tartibda
amalga oshiriladi.Hamma sub’ektlarda pul mablag’larining tushishishining
ko’p manbalari va har xil nazorat muomalalari mavjud. Amalda quyidagi
muomalalar ko’proq ishlatiladi:
pul mablag’larini to’lash, naqd pulga amalga oshiriladigan
muomalalarni aks ettirish va kassadagi qoldiqlarni taqqoslash bo’yicha
majburiyatlarni ta’minlash. Bu tartib o’g’irlikni qalbaki xujjatlar bilan
berkitish va o’g’irlik tavakkalchiligini kamaytiradi;
pul mablag’larining bankdagi schyotlarga
tushishidan boshlab,
doimiy va to’xtovsiz pul olish uchun har bir alohida xodimga majburiyatni
belgilash.
Bu nazorat o’z navbatida quyidagilarni talab etadi:
a) kechiktirilmagan hisoblashishlar, ya’ni hisoblashishlarni belgilangan
vaqtda amalga oshirish;
b) kechiktirilmagan yozuvlar, muomala yozuvlarini o’z
vaqtida amalga
oshirish;
v) olingan barcha pul mablag’larini o’z vaqtida deponentlash, ya’ni
tegishli maqsadlar yoki majburiyatlarga yo’naltirish.
39
Pul mablag’larining boshqaruv funksiyasini bajarish bo’yicha to’xtovsiz
nazoratni ta’minlash va yozuvlarni yuritish. Bu nazorat, kundalik va
kassadagi
naqd pulning kutilmagan hisobi, ichki taftish va kundalik
olingan pul mablag’lari, to’lovlar va qoldiqning kundalik hisobotini o’z
ichiga oladi.
Pul mablag’larining sarfini nazorat qilish tartibi quyidagilardir.
Кo’pchilik kompaniya va firmalar juda ko’p remitentlarga pul to’laydilar.
Pul mablag’larini nazorat qilish tizimi har bir kompaniya va firma uchun
ayrim ishlab chiqarilsa ham quyidagi qoidalar ko’p hollarda umumiy holda
qo’llaniladi:
pul mablag’larining xarajatlari haqidagi xujjatlarni yuritish bo’yicha
cheklarni yozish, imzolash, ularni yuborish va yozuvlarni yuritish bo’yicha
majburiyatlarni taqsimlab berish;
xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflangan xarajatlarni kichik summadan
tashqari (kichik kassalar), oldindan raqamlangan cheklar bilan
rasmiylashtirish (xarajat orderlari bilan);
agar kichik kassaning schyotlari qo’llanilsa, ulardan foydalanish
bo’yicha huquqlarni nazorat qilish zarur;
xarajatni tasdiqlovchi zarur xujjatlar mavjud bo’lsagina kassaning
chiqim orderlarini yozish;
pul mablag’larini ro’yxatga olish va rasmiylashtirish ustidan nazorat
qilish, ya’ni kassaning kirim va chiqim daftarini o’z vaqtida va to’g’ri
yuritish.
Dostları ilə paylaş: