3. Tijorat tadbirkorligi
Tovar birjalari. Tijorat tadbirkorligi bilan shug„ullanuvchi-larning
faoliyati tovar birjalari va savdo tashkilotlari bilan bog„liqdir.
Tovar birjasi - ulgurji tovar bozorining shunday ko„rinishiki, unda xaridor
oldindan tovar namunasi bilan tanishmagan bo„ladi. Tovar birjasida tijoratchi
vositachilar va birja xizmatlari savdo-sotiq ishlarini birgalikda ishlab chiqilgan
tartibga asosan amalga oshirish maqsadida ixtiyoriy birlashadilar. Tovar birjasining
maqsadi erkin raqobatni boshqarish mexanizmini tashkil etib, uning yordamida,
talab va taklifning o„zgarishini hisobga olgan holda, haqiqiy bozor narxlarini
aniqlashdir. Tovar birja muntazam {faoliyat ko„rsatuvchi standartlar bo„yicha
sotiluvchi ulgurji tovarlar g„alla, ko„mir, metal, neft, yoqoch va h.k) bozorining
rivojlangan shaklidir. Bunday birjalar ko„p yillardan buyon barcha iqtisodiy
rivojlangan davlatlarda faoliyat ko„rsatmoqda. Misol tariqasida Pondon (rangli
metallar), Liverpul (paxta) Singapur (kauchuk) va boshqa birjalarni ko„rsatish
mumkin.
Haqiqatda tovar yetkazib beruvchilar bilan qilinadigan oddiy oldi-sotdi
bilan bir qatorda, tovar birjalarida fyuchers muomalalari deb nomlanuvchi
operatsiyalar bo„yicha shartnomalar tuzilishi mumkin. Bunday muomalalarda
ko„zda tutilishicha, shartnomada ko„rsatilgan narxlarda pul to„lash, shartnoma
tuzishgandon so„ng ma‟lum muddat o„tgach amalga oshiriladi.
Tovar birjalari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
- savdo kelishuvlarining tuzilishida vositachilik qiladi;
- tovar savdosini tartibga soladi, savdo operatsiyalarini boshqaruvi va
kelishmovchiliklarni hal qiladi;
- narxlar to„g„risida va ularga ta‟sir ko„rsatuvchi omillar haqida
ma‟lumotlarni yig„adi va e‟lon qiladi.
Tovar birjalari ishining ko„p qismini naqd tovarlar oldi-sotdisi (kassa
muomalasi) emas, balki endi olinadigan tovar yoki shartnoma bo„yicha
qo„yiladigan tovar (muddatli kelishuv) oldi-sotdisi tashkil qiladi. Tovar birjalari
yopiq yoki ochiq bo„lishi mumkin. Yopiq tovar birjalarida faqat brokerlar -
sotuvchilar va xaridorlar o„rtasidagi birja vositachilarigina qatnashishi mumkin,
ochiq tovar birjalarida esa, birjaga tashrif buyurganlar ham oldi-sotdida ishtirok
etishlari mumkin. Birja operatsiyalari bo„yicha birjalar qaqiqiy (real) tovar va
fyuchers birjalariga bo„linadi. .
Tijorat tadbirkorligining asosiy mazmunini oldi-sotdi bo„yicha kelishuvlar
va operatsiyalar boshqacha aytganda tovarlar va qayta sotish operatsiyalari
tashkil qiladi. Tijorat tadbirkorlikning umumiy sxemasi, ma‟lum darajada ishlab
chiqarish tadbirkorlik sxemasiga o„xshab ketadi. Ammo bundan farqli raviida
material resurslari o„rniga tayyor tovarlar sotib olinadi. Shu tariqa, mahsulot ishlab
chiqarish o„rniga tayyor mahsulot olish keladi.
Tijorat bitimini tuzishdan avval bozorni marketing tahlilini qilish zarurdir.
Umumiy holda marketing deganda, tijorat korxonasi, firmaning xo„jalik
faoliyatini har tomondan boshqarish va tashkil qilish tizimi tushuniladi. Marketing
savdo korxonasining faoliyatiga komlleks yondoshuvga asoslanadi. Marketing
yordamida savdo korxonasining barcha muhim sikllari, ya‟ni, bozorni o„rganish,
tovarni iste‟molchiga bo„lgan harakati, moliyaviy ta‟minlash va foyda olish amalga
oshiriladi.
Bu borada savdo korxonasiga ikkita o„zaro bog„liq talab qo„yiladi:
iste‟molchi tabiatining o„zgarishiga iloji boricha ko„proq ko„rinish va raqobat
sharoitida yashovchanlikni saqlab qolish.
Savdo faoliyatida marketingning amalga oshirilishini muhim sharti uni
rejalashtirilishi hisoblanadi. Marketing rejasi natura va pul ko„rinishida sotish
hajmini belgilashning asosini bildiradi. Bu borada tovarlar-talab harakteri bo„yicha
quyidagilarga bo„linadi: birinchi guruh - bozorni egallab ulgurmagan tovarlar;
ikkinchi guruh - muhim talabga ega bo„lgan an‟anaviy tovarlar.
Tezkor boshqaruv ishidan tashqari marketing tarkibi o„z ichiga bozorni
o„rganish, holatni baholash, oldindan ko„rish, rejalashtirish (bu haqda yuqorida
so„z yuritildi) kabi funksiyalar va bu funksiyalarni amalda bajarilishi ustidan
nazorat o„rnatish kiradi.
Agar bozorni oldindan qilingan tahlili va istiqboli tijorat bitimi olib
borishni maqbul ekanligini bildirsa, tadbirkorga biznes-reja ishlab chiqishga to„g„ri
keladi. Biznes-reja harakat fooliyati va qilinadigan sarf-harajatlar, kutilayotgan
natijalar hisobi aks ettiriladi.
Umumiy ko„rinishda har qanday tijorat bitimi dasturi o„ziga quyidagilarni
mujassamlantiradi:
— savdo-vosita xizmatlarini bajarish uchun ishchilarni yollash
(tovar
sotib
olish,
tashish,
sotish,
reklama
ishini
yuritish,
zarur
qujjatlarni rasmiylashtirish);
'
— tovarni saqlash va sotish uchun zarur binolar, omborlar, bazalar, savdo
shaxobchalarini sotib olish yoki ijaraga olish;
— keyinchalik sotishni ko„zlagan holda tovarlar sotib olish;
— bitimni amalga oshirish uchun kredit olish va keyinchalik kreditni va
undan foydalanganlik evaziga foizlari bilan qaytarish;
— vositachilik ishlarini bajarib bergan chet korxonalar va-shaxslar bilan
hisob-kitob qilish;
bitimni rejalashtirish, rasmiylashtirish va boshqarish uchun zarur bo„lgan
axborot olish;
xaridorga tovarlarni sotish va pul tushirish;
— bitimni ro„yxatdan o„tkazish, soliq va moliya organlariga
to„lovlarni to„lash.
Nihoyat biznes-reja va harakatni muvofiqlashtirish rejasi ishlab chiqariladi.
Agar bitim yirik va uzoq muddatli bo„lsa muddatlari ko„rsatilgan holda reja-grafik
ishlab chiqilishi tavsiya etiladi.
Yuqorida aytilgan masalalar yuzasidan respublikamizda tad birkorlikning
ichki xo„jalik mexanizmi quyidagicha olib borilyapti,
Agrar islohotlar maqsadi qishloq xo„jaligida tadbirkorlikni rivojlantirish
orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mavjud salohiyattardan
tejamli foydalanish asosida sifatli va arzon mahsulotlar ishlab chiqarib xalk
turmush farovonligini oshirishdir. Tadbirkorlik iqtisodiy o„sishning omil sifatida
bozor munosabatlarining shakllanishiga, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar va
ularning o„zaro munosabatlari mexanizmini tarkib topishiga olib keladi. Yirik
qishloq xo„jalik korxonalarid (ilgarigi jamoa va davlat xo„jaliklari) tadbirkorlikni
yuzaga chiqarish uchun uning ichki mexanizmini bozor iqtisodiyoti talablariga
moslashtirish zarurati tug„iladi.
Xorijiy mamlakatlardagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug„ullanishning
nazariy va amaliy jihatlarini hamda mamlakatimiz qishloq xo„jaligida mavjud
korxonalar faoliyatining ichki iqtisodiy munosabatlarini o„rgangan holda uning
tarkibiy elementlarini biznes-reja orqali amalga oshirgan ma‟qul. Taklif
qilinayotgan biznes-reja bilan amalga oshiriladigan ichki xo„jalik mexanizmi
quyidagilardan iborat:
1. Bozorni tahlil qilish. Agrosanoat majmui korxonalarining rivojlanish
tendensiyalari, potensial raqobatbardoshlar, potensial isge‟molchilar.
Tadbirkorlik loyihasining mohiyati. qishloq xo„jalik mahsulotlari va
xizmat turlari, ma‟muriy va ishlab chiqarish personali, tadbirkor va uning sheriklari
haqida ma‟lumotlar.
3. Ishlab chiqarish rejasi. qishloq xo„jalik ekinlari agro texnikasi,
pudratchilar xizmati, yer va suv resurslari, ishlab chiqarish obyektlari va ishlab
chiqarish salohiyati, qishloq xo„jalik texnikasi, ehtiyot qismlar, yoqilg„i-moylash
materiallari, o„g„it va boshqa materiallar yetkazib beruvchilar.
4. Marketing rejasi. Narxlar, sotish kanallari, realizatsiya muddatlari, yangi
mahsulot prognozi, maqsadli ko„rsatkichlar.
5. Tashkiliy reja. Mulk shakli, mulk va yer paylari, korxona muassislari va
ishtirokchilari, boshqaruv organlari, ularning funksiyalari va soni, tashkiliy
struktura, mehnatni tashkil etish va unga haq to„lash shakli, ichki xo„jalik
bo„linmalari va ularning o„zaro munosabatlari.
6. Xavf-xatarni baholash. Korxonaning ojiz tomonlari, muqobil
strategiyalar.
:
7. Moliya rejasi. Daromadlar va harajatlar, pul tushumlari va chiqimlar,
balans, o„z-o„zini qoplash nuqtasi, mablag„lar manbalari va ulardan foydalanish.
SHeriklar
mulkining
shakllanishi
tadbirkorlik
munosabatlari
rivojlanishining asosiy harakatga keltiruvchi usullardan biridir. Bu yuqori
mas‟uliyat, mustaqillik, xo„jayinlik hissi, moddiy manfaatdorlikka imkon yaratadi.
Yangi xo„jalik mexanizmida qishloq xo„jalik korxonasini tadbir -korlik
asosida qayta tashkil etish natijasida olingan mulk va yer paylari amalda
qo„llaniladi. Bu paylarning egalari korxonaning qayta tashkil etgan tadbirkor
sheriklar bilan shartnoma tuzadilar. Bunda sheriklar pay egalariga ijara haqi va
ulushlaridan daromad to„laydilar.
Taklif qilinayotgan tadbirkorlik tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi asosiy
ishlab chiqarish va xizmat ko„rsatish bo„linmalarining bozor munosabatlari
shartlariga asoslangan o„zaro hamkorlikni nazarda tutadi. Ichki xo„jalik jamoalari
munosabatlari tashkiliy-huquqiy shakllarda ham tovar va xizmatlarga oldindan
belgilangan narxlar bo„yicha shartnoma asosida tashkil etilishi maqsadga
muvofiqdir.
Shartnoma tizimi mulkiy munosabatlar tizimini o„zgartirishga imkon
beradi. Asosan ular uchta tipdagi shartnomalar bilan tartibga solinadi: yer ulushi,
ijarasi, mulk payi badali, ishchi bilan mehnat shartnomasi bo„yicha.
Bu shartnomalarning har biri alohida tuziladi va inkor etiladi. Yer ulushini
ijaraga berib, lekin korxonada ishlamaslik va uning a‟zosi bo„lmasligi mumkin.
Ishchi mehnat shartnomasini buzishi, lekin ijara shartnomasi yoki korxona
a‟zoligini saqlab qolishi mumkin. Shartnoma tizimi bir tomondan sheriklar
tanlashga, boshqa tomondan sheriklarga tadbirkorni tanlashga imkon beradi.
Kimdir tadbirkor bilan ishlashni hohlamasa ulushini o„zi olishi yoki boshqaga
berishi mumkin.
Ushbu mexanizm orqali korxona hajmi optimallashtiriladi. Chunki hozirgi
qishloq xo„jalik korxonalari davlat mulki sharoitida shakllangan. Agar xo„jalikda
pul yo„q bo„lsa ham oylik o„z vaqtida berilgan va davlat bunga pul ajratgan.
Rahbarlar korxonani davlat nomidan boshqargan. Endilikda esa korxona rahbari -
tadbirkor o„z shaxsiy imkoniyati va qobiliyatidan kelib chiqib, ishni
tashkillashtirssh va barcha oqibatlar bo„yicha mas‟uliyatni o„z bo„yniga olishi
talab qilinadi.
Yuqoridagi
mexanizmining
amalga
oshishi
birinchi
navbatda
tadbirkorning moliya, iqtisod, texnologiya va bozor sohalarida qanchalik bilimga
ega ekanligiga ko„p jihatdan bog„liq bo„ladi. U qanday va qaysi yo„nalishlar
bo„yicha o„z bilim saviyasini oshirishi va maslaxatlar uchun kimga murojaat
qilishni avvaldan rejalashtirishi lozim. Har bir tadbirkorning ixtiyorida uchta
resurs - moliyaviy, moddiy-texnik va ishchi kuchi bo„lishi lozim.
Keyingi muammo (agar mablag„ bo„lsa) xo„jalik yuritish uchun zarur
resurslarni qayerdan va qanchaga sotib olishdir. Servis xizmati tizimining
shakllanib ulgurmaganligi (texnika, o„g„it, qurilish materiallari, yoqilg„i va
boshqalarni sotish) tadbirkorlarning samarali faoliyat ko„rsatishiga salbiy ta‟sir
ko„rsatmoqda. Tashkiliy-iqtisodiy mexanizm orqali resurslar bilan ta‟minlashning
muqobil yo„llari tanlab olinadi.
Tadbirkorlik ichki xo„jalik mexanizmi faoliyatida sotish va marketingni
yo„lga qo„yish ushbu mexanizmining yanada samarali ishlashini ta‟minlaydi.
Masalan, AQShda bitta fermerga beshta, mahsulotni qabul qilib oladigan,
tozalaydigan, saqlaydigan, sotadigan hamkorlar to„g„ri keladi. Lekin bizda bu ishni
korxonaning o„zida o„z ishchilari orqali yo„lga qo„yish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo„jalik mahsulotlarining harakat qilish tizimi iqtisodiy samarali
kanallarni tanlashi hamda uning bevosita taqsimotini o„z ichiga oladi. Realizatsiya
qilish tarmog„i tovarning ishlab chiqaruvchidan, oxirgi iste‟molchiga yetkazishda
mahsulotni xaridorga yetkazuvchi yoki unga egalik qilish huquqini olishda
qatnashuvchi korxonalar, tashkilotlar va firmalar yig„imidir.
Korxona rahbariyati uchun chiqarilgan mahsulotni taqsimlash kanalini
tanlash murakkab va muhim masaladir. Korxona tomonidan tanlangan kanallar
marketing sohasidagi boshqa barcha qarorlarga: baho siyosatiga, vositachilar
tanlashga, marketing faoliyati uchun xodimlar tayyorlashga, avtotransport va
boshqa aralash tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish sharti va muddatiga bevosita
ta‟sir qiladi.
Optimal tashqi qilingan taqsimot kanali tufayli mulkka egalik qilish
huquqini olishdagi, mulkning joylashishi vaqtidagi uzoq muddatli uzilishlar
bartaraf qilinadi.
Tadbirkorlikning ichki xo„jalik mexanizmi ancha murakkab bo„lib, u
butun xo„jalik yuritish jarayonini qamrab oladi. Mulkdorlarga, ya‟ni korxona
egalariga o„z mulkiy huquqidan foydalanishga imkon yaratadi, korxonadagi ichki
munosabatlarni o„zaro foydali holga keltirib ixchamtashtiradi, korxonani tashqi
muhitga moslaydi. Sotish va marketing faoliyatini tadbirkorlikning muhim
elementi sifatida amalga oshirilishiga olib keladi.
4. Moliyaviy tadbirkorlik
Tijorat
banklari.
Yuqorida
biz
tadbirkorlik
faoliyati
bilan
shug„ullanuvchilar tijorat banklari va fond birjalari bilan bog„liq holda ish olib
boradilar degan edik. Bozorning bu institutlarining mohiyati nimada?
Tijorat banki — pul omonatlarini (depozit) qabul qilish va mi-jozlar
topshirigiga ko„ra boshqa hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish ishlari bilan
shug„ullanuvchi, asosan tijorat tashkilotlariga haq to„lash asosida kredit beruvchi
aksiyadorlik ko„rinishidagi moliya-kredit muassasadir. Tijorat bankining daromad
manbai - depozit va qarz mablag„larning foiz stavkalari o„rtasidagi farqdir.
Tijorat banklar operatsiyasi uch guruhga bo„linadi: passiv (mablag„ jalb
etish), aktiv (mablag„ joylashtirish), tijorat - vosita (mijoz topshirig„iga ko„ra turli
operatsiyalarni amalga oshirish) operatsiyalaridir.
Bu banklar tijorat harakteridagi tavakkalchilik bilan ish olib boradilar.
Chunki ular o„e mijozlariga avval belgilangan muddatlarda foizlarini qo„shib pul
berishga majburdir. U yoki bu sabablarga ko„ra mijozlar talab qilgan paytlarda pul
bera olmaslik ehtimolini oldini olish uchun tijorat banklari ma‟lum miqdorda pul
zahirasiga ega bo„lishi lozim.
Respublikamizda bunday banklar ko„paymoqda. Yana kelajakda, yaqin
kunlarda xurmatli Prezidentimiz I. A. Karimovning tashabbuslari va
ko„rsatmalariga asosan endi xususiy banklar ham ko„payib boradi.
Fond birjalari. Moliyaviy tadbirkorlikning yana bir elementi, bozor
instituti fond birjalaridir.
Fond birjasi, deyilganda - kapital harakatini tezlatuvchi va aktivlarni
qaqiqiy
qiymatini
aniqlashga
yordam
beruvchi,
tashki-lotchilik
bilan
rasmiylashtirilgan, muntazam faoliyat ko„rsatuvchi qimmatli qoqozlar bozori
tushuniladi. Fond birjasining faoliyati tamoyillari talab va taklifni tezkor
boshhariluviga asoslanadi. Fond birjasida k,im/atpi k,oqozparni aylanishi,
muomalada bo„lishi (kotirovkasi) ta‟minlanadi. Buning uchun birjaning muomala
bo„limi mutaxassislari tomonidan birjadan o„guvchi barcha qimmatli qogozlarni
sotib oluvchilar kurslari va sotuvchilar kurslariga muntazam ravishda baxo berib
boriladi. Bu borada joriy kurslar doimiy ravishda tabloda ko„rsatib turiladi va
maxsus byulletenlarda e‟lon qilib boriladi. Joriy kurslar ayni vaqtda qaysi birjada
ma‟lum aksiyalarni qanday baxolarda sotib olish mumkinligini ko„rsatadi. Bu
narxlar, maxsus formulalar orhali qisoblanib, birja faoliyati indekslarini olishda
asos-iqtisodiy aqvolni belgilovchi o„ziga xos barometr qisoblanadi.
Firma va korxonalar chet elda birjalarda ishtirok etmaydilar. Odatda ular
birjalarda bank, birjaning yoki xolding brokerlik kompaniyalari orhali
qatnashadilar. Bunday a‟zolar soni boshhariladi va ularning obro„-e‟tibori
benuqson bo„lishi .shart. Bundan tashhari bunday a‟zolik pul talab qiladi. Masalan,
Nyu-York fond birjasida xar bir o„rinning narxi 450 dan 6000 dollargacha
o„zgarib, turadi, a‟zolar soni esa 1469 nafar bo„lib,
o„zgarmaydi.
Shu bilan bir qatorda kapitalizmning davlat-monopoliya sharoitida
qimmatli qog„ozlar savdosi birjalarining roli bir muncha kamaydi. Buning asosiy
sababi qimmatli qoqozlar savdosining katta qismini birjalar vositachiligisiz o„z
qo„li ostiga olgan, quvvatli kredit-moliyaviy institutlarning vujudga kelganligidir.
Shuningdek qimmatli qoqozlar savdosi birja rolining pasayishiga davlat tomonidan
chiharilayotgan zayomlar xajmini ortib borayotganligi ham o„z tasirini
ko„rsatmoqda.
5. Konsultativ tadbirkorlik
Konsultativ xizmat moqiyati va bosqichlari. «Konsultant» lotincha so„z
bo„lib, maslahat beruvchi ma‟nosini anglatadi. Bu so„z orqali ma‟lum soha
bo„yicha maslaxat beruvchi mutaxassis tushuniladi. Chet el amaliyotida boshqaruv
masalalari bo„yicha pulli maslahat berish konsalting deb nomlanadi. Iqtisodiyot va
boshharuv Yevropa Federatsiyasi konsultantlar Assotsiatsiyasining ta‟biricha:
Menejment - konsalting mohiyati boshqaruv masalalari bo„yicha mustaqil
maslahatlar berish va yordam ko„rsatish bo„lib, o„z ichiga muammolar va
imkoniyatlarga baho berishda, zarur tadbirlar borasida tavsiyalar berishda va
ularning bajarilishida yordam ko„rsatishda mujassamlangan.
Sanoati rivojlangan davlatlarda konsultativ xizmatlar shaklida intellektual
kapitalga mablag sarflash samaradorligi, yalpi qurilmalar va ilgor texnologiyalarga
mablag„ sarflanishidan kam bo„lmaydi.
Germaniyadagi taniqli «Porshe» avtomobil ishlab chiqarish firmasi 1991
yilga kelib, inqiroz qolatiga tushib qoldi. Korxona rahbariyati Yaponiyadagi «Sin
gidzyutsu» deb nomlanuvchi konsalting firmasiga murojaat qildi. «Sin gidzyutsu»
(«Yangi texnologigya» ma‟nosini anglatadi) firmasi Yaponiyadagi mashhur
«Toyota» firmasining sobiq xizmatchilarini yig„ib olib ish boshladi. Yaponiyalik
konsultantlar ahvolni chuqur o„rganib chiqdilar va barcha ishlab chiqarish
bo„linmalaridagi sarf-harajatlarni eng kam miqdorga tushirishni ko„zlagan holda
“Porshe”da, ishlab chiqarishda uzluksiz Yaponiya tizimini joriy qila boshladilar.
Mahalliy xususiyatlar, tajriba va an‟analarni hisobga olgan holda eski tizimga
tuzatishlar kiritishdan voz kechdilar: tizim to„la zanjir bo„yicha ishlaydi yoki
umuman ishlamasligi kerak, degan tushuncha bilan ish boshladilar.
Uch yil vaqt o„tgandan keyin yaponchasiga qayta qurilgan «Porshe»
o„zining natijalarini bera boshladi. Kompaniya kam harajatlar qilgan holda ko„p
avtomobil ishlab chiqara boshladi. Ishlovchilar sonini 19 % ga qisqartirgan holda,
ish tezroq va sifatliroq bajarila boshlandi. Yaponniyalik mutaxassislar tavsiyasiga
ko„ra yiqish konveyyeri qisqardi, ko„plab yordamchi binolar yo„q qilindi, natijada
zavod hududi 30 % ga kichraydi. Sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish ikki barobar
qisqardi. Avtomobillarni yig„ish sur‟ati 40 % ga oshdi. Bularning hammasi ilgari
mavjud bo„lgan qurilma, jihozlar, o„sha ishchi va muhandislar yordamida amalga
oshirildi. Ratsionalizatorlik taklifi berishga qiziquvchanligi ortgan zavod ishchilari
va mutaxassislari oyiga ikki yarim , mingdan ortiq taklif kiritmoqdalar. Shunday
qilib bir guruh yapon pensionerlari nemislarga yaponchasiga ishlashni o„rgatib
qo„ydilar.
Konsalting xizmati bir marotabalik og„zaki maslahatlar ko„rinishida
berilishi mumkin. Lekin ko„p hollarda bu maslahatlar konsalting loyihalari
ko„rinishida berilib, o„zida quyidagi bosqichlarni aks ettiradi:
— muammolarni aniqlash (diagnostika);
— qaror va loyihalar ishlab chiqish;
— qaror va loyihalarni amalga oshirish.
Loyihaning hajmiga qarab, yakuniy bosqich bir necha kundan boshlab bir
necha oyni o„z ichiga olishi mumkin. Ayrim hollarda mijozlar bilan ishlash ko„p
yillarga cho„ziladi.
Konsultatsiya berish usullari. Bu usullar turlicha bo„lishi mumkin. Eng
ko„p tarqalgani ekspert, jarayon va o„qitish usulidir.
Ekspert konsultatsiyasi - konsaltingning nisbatan passiv shaklidir. Bu
yerda konsultant diagnostikani qaror va tavsiyalarni ishlab chiqishni o„zi mustaqil
allalga oshiradi. Mijoz esa konsultantni zarur axborotlar bilan ta‟minlaydi xolos.
Jarayonli konsultatsiyada esa konsalting firmasining mutaxassislari
loyihani ishlab chiqishning barcha bosqichlarida mijozlar bilan faol munosabatda
ish olib borib, ularning g„oya va takliflarini hisobga oladi, konsultantlar mijozlar
bilan birgalikda muammolarni tahlil qiladi, takliflarni ishlab chiqadi, o„qitish
konsultatsiyasida esa mutaxassislarning asosiy vazifasi g„oyalar kelib chiqishiga
zamin yaratishdir. Shu maqsadda ular mijozlar uchun ma‟ruzalar qiladilar,
seminarlar o„tkazadilar, mijozlar uchun o„quv qo„llanmalari ishlab chiqadilar va
shu tariqa nazariy va amaliy axborot bilan ta‟minlaydilar.
Amaliyotda yuqorida ko„rib chiqilgan usullarning birortasi ham alohida
qo„llanilmaydi, balki ularning uchalasi aralash holda qo„llaniladi.
Sanoati rivojlangan xorijiy davlatlarda konsultatsiya xizmatlari ko„p
yillardan buyon bozor iqtisodiyotinin.g eng muhim elementi sifatida qabul
qilingan. Statistika tomonidan konsalting aloqida tarmoq sifatida tan olingan.
AQShda bu tarmoqqa 700 mingga yaqin aholi xizmat qiladi, yillik ish hajmi esa
deyarli 50 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Konsalting xizmati turli-tumandir.
Konsultantlarning Yevropa ma‟lumotnoma-ko„rsatkichida hozirgi paytda, 84
turdagi konsalting xizmatlari ko„rsatilgan bo„lib, ular sakkiz guruhni tashkil qiladi:
umumiy boshqaruv, ma‟muriyatlashtirish. moliyaviy boshqaruv, xodimlar
boshqarmasi, marketing, ishlab chiqarish, axborot texnologiyasi, ixtisoslashgan
xizmatlar.
Konsultatsion loyihalarni amalga oshirilishini tashkil qilish. Firma-mijoz
bilan aloqa vujudga kelishi bilan taklifni ishlab chiqarishga qirishiladi. Bu mijoz
bilan konsultant hallkorlik loyiqani muqokama qilishdan boshlanadi. Dastavval
firma-mijoz to„g„risida yetarli axborot to„planishi kerak bo„ladi. Konsultant firma
to„g„risida quyidagilarni bilishi shart:
Firma nima ishlab chiharadi va nima bilan shug„ullanadi; ishlovchilar soni
va ularning mutaxassisligi; boshkaruv apparat xodimlari hissasi, ishlab chiqarish,
ishlar va xizmatlar hajmi, harajatlar tarkibi, daromad miqdori va uning manbalari,
firmaning moliyaviy ahvoli, shartnollalar soni sheriklarining ishonchliligi.
Shundan keyingina ahvol o„rganiladi, uning o„zgarish dinamikasi va muammolar
mohiyati tekshiriladi. Keyin bajariladigan ishlarning reja-grafigi tuziladi va zarur
yuridik hujjatlar rasdliylashtiriladi. Reja-grafik tuzilishiga muhim e‟tibor
qaratilishi va uning bajarilish muddatlari aniq belgilanishi lozim. Belgilangan
muddatlarga rioya qilish yoki ishlarni muddatidan oldin bajarish konsultant
obro„yi saqlab qolinishining muhim jihati hisoblanadi.
Xulosa
Ishni qay shaklda yakunlash, ya‟ni bu xizmat bo„ladimi yoki aniq natijaga
erishiladimi, oldindan belgilar qo„yilishi shart. Bularning barchasi reja-grafikda
aks ettiriladi. Buyurtmani bajarish jarayonida firma-mijozning psixologiyasi
hisobga olinishi lozim. Ishning borishi davomida qiziqishi susayib boradi, shuning
uchun uning qiziqishini kuchaytirib borish choralari ko„rilishi kerak bo„ladi.
Buning uchun mijoz qiziqishi eng yuqori bo„lgan davrda qandaydir oraliq
variantni amalga oshirish lozim. Bu firma-buyurtmachi rahbariyati uchun aniq
taklif, xizmat yig„ilishida konsultant taklifini ko„rib chiqish, alohida takliflarni
amalga oshirish borasida buyruqlar tayyorlash ko„rinishda bo„lishi mumkin. Ish
yakunida yozma hisobot yoki loyihani amalga oshirish borasida reja-tadbirlar,
tavsiyalar ro„yxati rasmiylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |