O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi Qo`qon Davlat pedagogika instituti Ziyayev Adhamjon Nisolmuxammatovich



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/69
tarix02.04.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#124708
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

O’z-o’zini qayta tarbiyalash – shaxsning o’zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi 
zararli sifatlarni yo’qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati jarayoni. 
O’zlashtirish –ta’lim jarayonida ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy talablarga 
muvofiq shaxs tomonidan muayyan xatti-harakat va xulq usullarining egallanishi.
O’rgatish - tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalari, odatlarini 
shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy 
ishlar. 
Oila tarbiyasi – ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas’ul shaxslar) 
tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog’lom etib 
tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. 
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon 
bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab 
jarayon. 
Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, 
asosiy boshlang’ich qoidasi; boshqaruvchi g’oya, faoliyatning asosiy qoidasi; 
umumlashtirilgan talab. 
Fuqarolik tarbiyasi – fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish 
orqali o’quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, 
ularni xalq, Vatan, jamiyat uchun fidoiy fuqarolar etib tarbiyalashdan iborat. 
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va 
dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi. 
Estetik tarbiya - o’quvchilarni tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, 
turmush go’zalligini idrok etish, to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy 
didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish va hayotiga go’zallik olib 
kirish qobiliyatini tarbiyalash jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi. 
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi - yoshlarni vatan himoyasi hamda 
harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani 


125 
tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik 
jarayon. 
Hikoya – o’qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va 
voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo’lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli 
tasvirlash yo’li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin