28
XUSHMUOMALALIK
Xushmuomalalik yarim baxtdir, ya’ni u baxt eshigini ochishi mumkin,
xolos. Biroq, bu bilan baxtni uzoq ushlab bo‘lmaydi. O‘zingiz o‘ylang,
inson xushmuomala bo‘lsa-yu, lekin mehribonlikni va g‘amxo‘rlikni
bilmasa, birovning
mushkulini oson qilmay, faqat o‘zining shaxsiy
manfaati
uchun ish yuritsa, hurmatga sazovor bo‘lmaydi, yakkalanib
qoladi
(H. Ziyoyev) (43 ta so‘z).
POYTAXTIM - TOSHKENT
Toshkent – O‘zbekistondagi eng chiroyli va qadimiy shahar.
Uning
yoshi ikki ming yildan ham ortiq. Keyingi yillarda shahar chiroyiga chiroy
qo‘shilmoqda. Katta-kichik xiyobonlar, keng va ko‘rkam ko‘chalar yanada
obodonlashdi. Chet ellardan, dengiz orti mamlakatlardan ko‘plab
mehmonlar kelmoqdalar. Ko‘chalar chetida chaman-chaman bo‘lib
ochilgan gullar yo‘lovchilar bahri dilini ochadi
(«Gulxan»)(46 ta so‘z).
ONA TILIM
O‘zbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi.
O‘zbek tilining rivojlanishida XI asrda yashab o‘tgan
eng birinchi turkiy
tilshunos olim Mahmud Qoshg‘ariy, adib Yusuf Xos Hojib, buyuk alloma
Alisher Navoiylarning hissalari kattadir.
O‘zbek tilining rivojiga, ayniqsa, O‘zbekiston
mustaqillikka
erishgandan so‘ng ahamiyat berildi
(44 ta so‘z).
Dostları ilə paylaş: