MADANIYLIK Madaniylik,
shirinsuxanlik,
ko‘ngilxonlik
inson
husnining
shartlaridandir. Bularsiz insonda na go‘zallik boru va na abadiylik.
Darhaqiqat, har bir odam xulq-atvori, xatti-harakati, yurish-turishi, o‘zini
tutishi, demak, madaniy saviyasi jihatidan el orasida yo yaxshi, yo yomon
nom qoldiradi. Hurmat bilan tilga olinishi ham, nafrat bilan yuz
o‘girilishiga ham odamning o‘zi sababchi. Odam bolasi esa dunyoda faqat
yaxshi otliq bo‘lish uchun, ya’ni yaxshi fazilati, adolati, madaniyati bilan
boshqalarga ibrat bo‘lish, boshqalarni yaxshi yo‘ldan ergashtirib borish
uchun keladi.
Yaxshi fazilat shunday narsaki, uni odam hayotining ma’naviy
xazinasi desa bo‘ladi. Bu xazinada inson husnining durdonalari saqlanadi.
Bu durdonalarni har bir odam o‘zi bitta-bittadan terib, husn xazinasiga
keltirib to‘kadi. «Inson» deganda biz shu ma’naviy boylik xazinasining
ajoyib sohibkorlarini tushunamiz (M.Ismoiliy «Inson husni»)(116 ta so‘z). QUSHLAR HAM «VATAN» DEYDI O‘shanda bahorning go‘zal kunlaridan biri edi. Buvimlarnikiga
bordim. Ayvonda uya qurgan ikki qaldirg`ochga ko‘zim tushdi. Bolalari
ham bor ekan. Ularning harakatlarini kuzata boshladim. Buvim esa
qaldirg`ochlarga qiziqib qolganimni ko‘rib, ular haqida so‘zlay boshladi.
Qaldirg`ochlar bu yerga in qurganlaridan so‘ng, yana ularning jajji
bolachalari tug`ilganini, ota qaldirg`och azonlab uchib ketib, kech qaytishi,
ona qaldirg`och uyasidan uzoqqa bormay, yaqin oradan bolalariga yegulik
olib kelib berishi haqida aytib berdi. Men esa o‘sha kungi kuzatishlardan
so‘ng qaldirg`ochlar xuddi buvim aytganidyek, hayot kechirishiga amin
bo‘ldim.
Yoz boshlandi. Bir necha kunga yana buvimlarnikiga bordim. Qiziq,
qaldirg`ochlar yo‘q-ku. Buvim yozda qaldirg`ochlar boshqa o‘lkalarga
ketishini, ammo tez-tez kelib uyalarini ko‘zdan kechirib ketishini aytdilar.
O‘z uyini sevish, uni vatan deb bilish faqatgina odamzotga xos xususiyat
emas (Zilola Rustamova)(118 ta so‘z).