88
hakimlarning so’ziga amal
qiluvchi va ularga mulozim, xizmat qiluvchi
bo’lishi lozim. So’zlagan so’zida yumshoqlik va dilni xursand qiluvchi,
o’zida esa sharmu-hayo va xushfe’llik bo’lishi kerak.
Shafqat va mehribonligi bo’lgan tabibning Isoyi ruhullohga
o’xshashligi bo’ladi. Isoning ishi odamdan
chiqqan jonni duo yordamida
yana tanga kirgizish bo’lsa, tabibning ishi davo bilan chiqayotgan jonga
to’sqinlik qilishidir. Bunday tabibning yuzi bemorning ko’ngliga yoqimli,
so’zi esa har qanday kasalning joniga orom beruvchidir. Uning bergan har
bir qadamidagi davosi xasta kishilarga shifo yetkizadi. Uning tal’ati
(qiyofasi) najot hizr kabi, bergan sharbati
esa bemor uchun obihayot
kabidir.
Ammo, tabib o’z fanida mohir bo’lsa-da, biroq badfe’l, bemor uchun
beparvo hamda qo’pol so’zlovchi bo’lsa, kasalga bir tomondan davo
yetkazsa ham boshqa tomondan mijoziga, ya’ni kayfiyatiga o’zgarish
yetkazadi.
Biroq, savodi yo’q, omi tabib jallodning
shogirdi hisoblanadi, jallod
tig’ bilan, omi tabib esa zahar bilan o’ldiradi. Tig’ bilan o’ldiruvchi jallod,
shubhasiz, omi tabibdan yaxshiroqdir, chunki u gunohkorni o’ldiradi. Har
qanday gunohkor jallod oldida xor bo’lmasin, har qanday begunoh bemor
esa omi tabibga ko’rinuvchi bo’lmasin.
Hoziq tabibi xushgo’y tan ranjig’a shifodur,
Omiy-yu tundu badxo’y el jonig’a balodir (
193 ta so’z).
USTOZLARNI HURMATLASH BAYONIDA
Har bir inson uchun o‘z muallimini va ustozini e’zozlash, hurmat va
ehtiromini ado qilish shartdir. Negaki, bu
zotlar har qanday insonning
ruhini tarbiyalaydi, ma’naviy boylik bilan to‘ldiradi, har qanday ruhiy va
maishiy kamchilik va illatlarni poklaydi, jaholat degan buyuk aybdan holi
va ozod qiladi.
Muallim
va ustoz shunday zotki, u insoniyatni ilm bezagi bilan
ziynatlaydi, ularga chiroyli va yoqimli fazilatlar bilan chiroy va oro beradi,
tushuntirish bilan foydasiz narsalardan odamni xalos etadi, insonni haqiqiy
komil inson darajasiga yetkazish bilan bilim xazinasini ularning qalblariga
joylaydi.
Muallim va ustoz shunday zotki, u sening insonlik haq-huquqlaring
nimadan iborat ekanini tushuntirib beradi, yaramas,
yomon ishlardan
qaytaradi va eng yaxshi ishlar va fazilatlar sari yo‘l ko‘rsatadi. Ular sening
yuksakliging va kamolga yetishingni o‘ylashib, hamisha jon kuydirishadi,
el ichida o‘ylab, butun kuch va imkoniyatlaringni ishga solishadi.
89
Muallim va ustozning vaqtlari qimmatli ekanligini bilib, aytganlariga
diqqat bilan quloq sol. Bordi-yu, biror narsani tushunmay qolsang, odob va
muloyimlik bilan qayta so‘rashing zarur. Muallim va ustozing nima
so‘rasalar kulib turib, odob va ikrom bilan chiroyli so‘zlarni saralab javob
ber. Ilm maskanidan tashqarida yoki ko‘cha-ko‘yda ularni ko‘rib qolsang,
ta’zim bajo qil, qo‘lingni ko‘ksingga qo‘yib salom ber. (Abduqodir Nuriy
al-Barzaniy) (
201 ta so‘z).
Dostları ilə paylaş: