90
Men borgan joyimizni elas-elas esladim. Agar yanglishmasam, siz
kelin bo‘lib tushganda o‘tov tikib turgan joylaringiz. Tepada Marjontov,
pastda archazor... siz ko‘p
aytar edingiz, momojon. Otamlar tog’dan
qirg’ovul, kaklik otib kelar ekanlar. O‘zlari tosh qalab archa yoqib, kabob
qilar ekanlar. Men tentak bo‘lsam, yemayman, deb dod solib yig’lar
ekanman. Suyun burgutni ota-onasi ham o‘sha joyda turishar ekan.
O‘tovlariga chaqirishdi, mehmon qilishdi. Keyin o‘yin-kulgi bo‘ldi, taraf-
taraf bo‘lib o‘lan aytishdik.
Esingizdami, momojon, kichkinaligimda siz ham otamlarga qo‘shilib
ko‘p o‘lan aytardingiz. Kechalari meni o‘lan aytib uxlatardingiz.
Marjontov, Marjontov,
Aylanayin Marjontov.
O‘rgilayin Marjontov, – deb boshlanadigan o‘laningizni
ayniqsa
yaxshi ko‘rardim.
Bu yerda bu o‘lanni bilmaydigan birorta bo‘z bola, birorta qiz-
kelinchak yo‘q ekan. Suyun akamlar menga ham o‘lan to‘qishni o‘rgatdi.
O‘lanim sizga yoqadimi, yoqmaydimi, bilmadim, momojon. Men uni
Suyun akamlarga ko‘rsatdim. Suyun akamlar kuldilar. Bu shunchaki bir
ermak, dedilar. Ammo o‘lan to‘qish
ermakdan boshlanadi, dedilar.
«Yozaver-yozaver, aytaver-aytaver, axir bir kun odam bo‘lasan, dedilar».
Shu-shu, Burgut desa qizalog’ining og’zidan bol tomadigan bo‘ldi
(195 ta so‘z).
Dostları ilə paylaş: