G‘OYAT SO‘LIM, AMMO G‘AMGIN BIR OQSHOM
Quyosh botmoqda. Atrofni so‘lim oqshom qopladi. Osmon ko‘m-
ko‘k, bulutsiz. Berjlu qishlog‘i ham, o‘rmon ham chuqur sukutga
cho‘mgan: oldinda va orqada, o‘ngda va so‘lda, yaqin va uzoqda jimjitlik
hukmron. O‘rmon ham nihoyat darajada g‘amgin ko‘rinadi bu oqshom: uni
buzib, yo‘q qilib tashlamoqchilar-da, axir!
Soat yigirma. Kechki ovqat vaqti bo‘ldi. Ota-ona ham, ularning
farzandlari ham ochiqishgan. Bolalar stolni hozirlay boshladilar.
– Ovqat tayyor, - dedi madam Parga, - marhamat qilinglar.
Butun oila sukut og‘ushida. Stolga o‘tirdilar. Hamma jim: o‘rmonga
quloq solmoqda. Ular kattakon stol atrofida jim o‘tirib ovqatlanishmoqda.
Hech kim churq etmaydi. Hammaning qulog‘i o‘rmonda. Oshxonaning
ochiq turgan derazalaridan bog‘ni, tomorqani, o‘rmonni ko‘rish mumkin.
Mushuk va it ham oshxonada. Ular ko‘zlarini lo‘q qilib, Antuan va
Martinga qaraydi: birga o‘ynamoqchi edilar-da! Biroq Antuanning ham,
Martinning ham ko‘ngliga qil sig‘maydi: ular g‘oyat g‘amgin bir holatda
o‘y surmoqdalar, mash’um xabar ustida bosh qotirmoqdalar.
– Shu ham gapmi? O‘rmonni yo‘q qilib bo‘ladimi? O‘rmonni-ya?!
– Hech kim o‘rmonni buzolmaydi, - gapida davom etdi u.
–O‘rmonimizni buzishga men hech qachon yo‘l qo‘ymayman.
Qishlog‘imni, mana shu o‘rmonni … yo‘q, yo‘l bermayman, yo‘q, Hech
kim o‘rmonni buzolmaydi, hech kim!- dedi madam Parga rangi-quti
o‘chib. (A.Dotel. O’rmon yog‘dusi) (185 ta so‘z).
112
ADABIYOTLAR
1. Abdullayeva Q. Nutq o‘stirish. Toshkent: O‘qituvchi, 1980.
2. Oripov Q., Obidova M. Ifodali o‘qish. Toshkent: O‘qituvchi, 1882.
3. Usmonova O‘. Talaffuz madaniyati. Toshkent: Fan, 1976.
4. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va
uslubiyat asoslari. Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
5. G‘ulomov A., Qobilova B. Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari. Toshkent:
O‘qituvchi, 1995.
6. Umarova F. Diktant va bayonlar to‘plami.- Toshkent, 2003.
7. Yusupova M. Diktantlar to‘plami. – Toshkent: O‘qituvchi, 2001.
|