yыg‘achnы ayag‘larыg‘a bag‘lab,»payi chobin» qыlыb yol yүrүrlәr (BN, 457).
b) payt bildiruvchi daim, mudam kabi so‘zlar yordamida ma’lum bir
grammatik zamon bilan bog‘liq bo‘lmagan doimiy holat ifodalanadi, ya’ni
sub’ektning doim shu fe’llar ifodalagan holatda ekanligi ko‘rsatiladi:
Mudam өsruk yatur mehrab ichindә,
Magar kafir kөzuң tarxan bolubtur (Otoyi, 136),
Paybusың arzusыda hamisha jan chekib,
Olturur daim yolыңda Furqati dedast-u pa (Furq. 175).
v) kelasi zamon ma’nosida ham qo‘llangan: Andыn soң sensiz bu dunyada
42
yurumәk mang‘a haram turur. Өzumni өzum өltүrүr- men taqы seniң ayaq үchiңdә
yatur-men (Sh. Tar., 56-57).
Shunday qilib, tur-, yat-, yur-, oltur- holat fe’llarining hozirgi zamon formasi
eski o‘zbek tilida ikki xil yo‘l bilan yasalgan: a) bu fe’llarning –b affiksli
ravishdosh formasiga (+turur>r>tur//dur) shaxs-son affikslari qo‘shilishi bilan; b)
bu fe’llarning -ur affiksli sifatdosh formasiga shaxs-son affikslari qo‘shilishi bilan.
Bulardan – b affiksli ravishdosh asosida yasalgan formaning qo‘llanishi asosan XV
asrdan boshlab kuzatiladi, -ur affiksli sifatdosh asosida yasalgan forma esa, yozma
yodgorliklarning ko‘rsatishicha, eski o‘zbek tili taraqqiyotining hamma davrlarida
iste’molda bo‘lgan.
Shu narsa xarakterliki, boshqa turkiy tillarga oid yodgorliklarda, masalan,
«Kodeks kumanikus», «Kitobi Dada-Qo‘rqud» asarlarida, qadimgi uygur tiliga oid
manbalarda faqat – ur affiksli sifatdosh orqali yasalgan forma qo‘llangan. Masalan:
Tag‘dыn yыңaqa kөrsәr-men, tөrtә әrklig qan olurur. Qachan chыqtыlar
Yarusalamdan, uch yulduz әkinchi kөrundi, bardы ilgәri aңa dәgri ol әvgә,qayda
Xristos yatыr, …
XI asr yodgorligi «Qutadg‘u bilig»da ham faqat -ur affiksli sifatdosh orqali
yasalgan forma qo‘llangan:
Әshitti Ilik, aydы: kәldur, qanы,
Qayuda turur, bir kөrәyin annы
Mәn әmdi әv ichra yatur-mәn osal
Ishim barcha tashtыn, ay bilgi tүgәl (QB, 210 a)
Yuqorida qayd qilingan faktlar asosida quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
tur-, yat-, yur-, oltur- holat fe’llarining -ur affiksi bilan yasalgan hozirgi zamon
formasi hamma turkiy tillar uchun umumiy bo‘lib, qadimiy formadir.
Shu munosabat bilan «Grammatika altayskogo yazыka» kitobida aytilgan
quyidagi fikr diqqatga sazovordir: «Iz vsex glagolov v altayskom (i kirgizskom)
yazыke, kak nekotoroe isklyuchenie, otlichayutsya sleduyuщie chetыre glagola: jat
«leji», tur «stoy», ottur «sidi». Eti glagolы, osobenno tri pervыe, oznachayut eщe
otvlechenno naxojdenie i takje prebыvanie v deystvii ili sostoyanii. Otlichie ix ot
43
vsex drugix glagolov sostoit v tom, chto tol’ko oni imeyut samostoyatel’no
obrazovannuyu formu sobstvennonastoyaщego vremeni. Polnaya tyurkskaya forma
(razryadka bizniki.— Sh. Sh.) etogo vremeni oznachennыx chetыrex glagolov est’:
jatыr, turur, oturur t. e. okanchivaetsya na r s predыduщey begloy ы ili u»
23
Keyinchalik turkiy tillarda bu fe’llarning har xil yo‘llar bilan yasalgan hozirgi
zamon formalari vujudga kelgan. Masalan, hozir tuva, qozoq, no‘g‘oy va boshqa
ayrim turkiy tillarda tur-, yur-, oltur- holat fe’llarining hozirgi zamon formasi bu
fe’llarning negiziga shaxs-son affikslarining bevosita qo‘shilishi bilan hosil
bo‘ladi, ya’ni hozirgi zamon formasining yasalishida bu fe’llar tarkibidan -ur
affiksi tushib qoladi. Hozirgi turkman tilida holat fe’llarining hozirgi zamon
formasi quyidagicha ikki xil yo‘l bilan yasaladi: duryar//duur, yatya //yatыыr,
Dostları ilə paylaş: |