48
Demak,
-g‘ay affiksining [y] undoshisiz
-g‘a formasida qo‘llanishi o‘zbek va
boshqa turkiy tillar tarixida xarakterli hodisa bo‘lgan.
Eski o‘zbek tilida ham hozirgi va qadimgi
turkiy tillardagi kabi -g‘ay(-g‘a)
affiksli formaga shaxs-son affikslarining to‘la formalari qo‘shilgan.
Shaxs
Birlik
Ko‘plik
I Shaxs
alg‘ay-men // alg‘a-men
alg‘ay-miz // alg‘a-miz
(alg‘ay-biz // alg‘a-biz)
II Shaxs
alg‘ay –sen // alg‘a-sen
alg‘ay-siz // alg‘a-siz
III Shaxs
alg‘ay (alg‘a)
alg‘aylar (alg‘alar)
XIII—XIV asrlarga oid yodgorliklarda
-g‘ay(-g‘a) affiksli fe’lning I shaxs
birligining yasalishida shaxs-son affiksi –
ыm /-im, -ыn /-in. yoki -
m formasida ham
qo‘shilgan, ya’ni
barg‘ay- men, bilgәy-men o‘rnida
barg‘ayыm, bilgәyim,
barg‘ay’n, bilgәyin, barg‘am, bilgәm formalari qo‘llangan.
-
g‘ay affiksining etimologiyasi va tarkibi masalasi deyarli o‘rganilgan emas.
Bu affiksning etimologiyasi va tarkibi haqida gapirilganda, birinchi navbatda,
uning
-g‘a formasida ham qo‘llangani faktiga e’tibor berish,
-g‘ay va
-g‘a
formantlaridan qaysi birining qadimiy ekanligini aniqlash kerak bo‘ladi. Bu haqda
ikki xil fikr aytilgan. A. Gabenning ko‘rsatishicha,
-g‘a formanti qadimiy bo‘lib,
keyinchalik unga [y] qo‘shilishi bilan
-g‘ay affiksi vujudga kelgan
(-g‘a + y>-
g‘ay), -g‘a formanti esa aslida fe’ldan ism yasovchi (Verbalnomen) affiks bo‘lgan.
Avtor
-g‘ay affiksining «Qutadg‘u bilig»da
-ga formasida ham qo‘llangani,
«Devonu lug‘otit turk» va boshqa manbalarda «o‘ylamoq, fikrlamoq» ma’nosidagi
ө- fe’liga
-gә qo‘shilishi bilan yasalgan
өgә (aqlli, tajribali) formasining yasalishi
kabi faktlarga asoslanib shunday xulosaga kelgan.
Boshqa tadqiqotchilarning
ko‘rsatishicha bu affiksning
-g‘ay formasi qadimiy bo‘lib,
-g‘a formasi keyingi
hodisadir, ya’ni
bu affiks dastlab -g‘ay formasida qo‘llangan bo‘lib, keyinchalik
uning tarkibidan [y] undoshining tushib qolishi natijasida
-g‘a varianti vujudga
kelgan.
49
Mavjud faktlar bu affiks dastlab
-g‘a formasida qo‘llangan bo‘lib, keyinchalik
unga [y] undoshi qo‘shilishi bilan
-g‘ay formasi vujudga kelgan, degan fikrni
tasdiqlaydi.
-g‘a formanti aslida hozirgi-kelasi zamon ma’nosidagi
sifatdosh formasini
yasovchi affiks bo‘lgan. Lekin yodgorliklar tilida bu affiks yordamida
bil-
(bilmoq),
ө- (o‘ylamoq, fikrlamoq) kabi ayrim fe’llardangina sifatdosh yasalishi
kuzatiladi (
bil+gә, ө+ge).
Yodgorliklarda
өgә sifatdoshi
asosan otlashgan holda, ba’zan atributiv
pozidiyada qo‘llangan.
Bilge sifatdoshi esa quyidagi uch holatda qo‘llangan:
1. Predikat funktsiyada kelgan:
Nәgү bilgә telva bilig qadrыnы (QB).
Biligsiz
nә bilgә bilig qimmatы (QB).
2. Atributiv pozitsiyada (aniqlovchi vazifasida) qo‘llangan:
Bilgә qag‘an
әrmis (KT).
Bilgә Tonyuquq qazg‘antuq үchүn (Ton).
Әshitkil ңagү bөkү bilgә bәg
(QB).
Bilgә әrig әzgү tutub, sөzin әshit (MK).
3. Otlashgan holda qo‘llangan:
Alp chәrikdә,bilgә tirikdә (MK).
Өkүsh
sөzlәyү bilgә bolmas kishi (QB).
Bilgә sifatdoshi otlashganda, ot kategoriyasiga xos bo‘lgan egalik, kelishik va
ko‘plik affikslarini ham qabul qiladi:
Nәgү tәr, eshit tәjik bilgәsi. Tәjik bilgәlәri
Dostları ilə paylaş: