V. S. Raxmanova



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/50
tarix08.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#128875
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50
defektologiya asoslari


parta-pata, o‘rtoq-o‘toq.
2. Yumshatib talaffuz etilishi – ruchka-ryuchka, ro‘mol-
ryomol, karam-karyam.
3. «R» tovushini bo‘g‘izdan chiqarib tomoqni qirib talaffuz 
etish – randa-g‘anda, ro‘mol-g‘o‘mol.
4. Yon rotatsizmi. Bu tipdagi rotatsizmda til uchi o‘rniga til 
yonlari tebranadi. Shuning uchun, masalan, taroq-tariyoq, parta-
parilta shaklida talaffuz etiladi, ya’ni «r» o‘rniga «rl» kabi tovush 
eshitiladi.
5. «Aravakash» rotatsizm. Bunda «r» tovushi mahkam jipslash-
gan lablarning tebranish natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, prrr.
Pararotatsizmlar.
Bularning turi ham har xil: chunonchi «r» 
tovushi o‘rniga «a», «v», «d» tovushlari va boshqalar talaffuz 
etilishi mumkin. Masalan archa-adcha, ari-adi, xo‘roz-xo‘noz, 
o‘rik-o‘niq, archa-aycha, anor-anoy, archa-avcha.
Rotatsizm va pararotatsizmlarni bartaraf etishda turli 
metodlarni qo‘llash mumkin.
Oynaga qarab taqlid qilish. 
Bu usul eng oson, yengil 
rotatsizmlarni bartaraf etishda qo‘llaniladi. «R» tovushining 
artiku latsiyasini o‘rgatishda tayyorlov mashqlarining roli 
nihoyatda katta. Ular ikki yo‘nalishda olib boriladi.


93
Birinchisi «r» tovushining asosan vibratsiyasiz artikulat-
siyasini o‘rgatish, ya’ni frikativ «r» ni hosil qilish.
Ikkinchisi tilning vibratsiyasini hosil qilish. Shu maqsadda 
quyidagi tayyorlov mashqlarini o‘tkazish mumkin.
A) Keng yoyilgan tilni yuqori labga ko‘tarib, tekkazish. 
Bunda til yonlari ham yuqori labga zich bo‘lib turishi kerak. 
Pastki lab tilga tegmasligi lozim.
B) Tilni shu shaklda tutib turib, tishlar orqasiga tortiladi.
Tilning uchi harakatlarini rivojlantirish maqsadida quyidagi 
gimnastika o‘tkaziladi:
A) Til uchini yuqori labga – pastki labga, yuqori tishlar 
orasiga – pastki tishlar orasiga qo‘yish.
B) Chapga-o‘ngga (og‘iz burchaklariga), so‘ngra o‘ngga- 
chapga harakat qildirish.
D) Lablarni aylanasiga yalash; lab va jag‘lar o‘rtasida tilni 
aylanasiga harakatlantirish (chapdan o‘ngga va teskari yo‘nalishda). 
Bunda til uchi lablar tashqarisiga chiqib ketmasligiga e’tibor berish 
kerak. Gimnastikani bolalar oynaga qarab bajarishi lozim.
Tayyorlov mashqlarini o‘tkazishda logoped bolalarga shpatel 
bilan yordam berishi mumkin yoki bolaning o‘zi barmoqchasi 
bilan tilni kerakli holatga keltiradi. Bolalar bilan til vibratsiyasini 
hosil qilish, kerakli holatga keltirishga yordam beradigan 
mashqlar ham o‘tkaziladi. Bu mashqlarni har xil ovozlarga 
taqlid qilish tariqasida o‘tkazish va ayni vaqtda bolaga tegishli 
savollarni berib, uni taqlid qilib ko‘rishga undash mumkin, 
chunonchi, mushuk suvni qanday ichadi? Ot chopganda qanday 
tovush eshitiladi? va hokazo.
Titrovsiz-frikativ tovushni «sh-j» tovushlaridan hosil qilish 
mumkin. Buning uchun og‘izni kattaroq ochib, til uchini 
alveolalarga tekkazib turib, «sh» yoki «j» tovushini ayttirish 
tavsiya etiladi. Keyinchalik bu usulda hosil bo‘lgan tovushni 
mustahkamlash, avtomatlashtirish maqsadida frikativ tovushni 


94
avval bo‘g‘inlarda, so‘ngra so‘z va gaplarda talaffuz etishga 
o‘rgatish mashqlari o‘tkaziladi. Logoped bu bosqichda frikativ 
«r» tovushining to‘g‘ri aytilishiga ko‘proq e’tibor bermog‘i lozim.
Agar «sh-j» tovushlari ham noto‘g‘ri talaffuz etiladigan bo‘lsa, 
logoped oldin shu tovushlar talaffuzini o‘rgatishi kerak.
Tilni tebrantirishni ham bir necha usul bilan ishlab chiqish
o‘rgatish mumkin. Oyna qarshisida o‘tirgan bolaga og‘zini keng 
ochtirib, til uchini yuqori tishlar orqasiga ko‘tarib «z» tovushini 
cho‘zib ayttirish tavsiya etiladi. Shu payt logoped shpatel 
yordamida tilning tagida tebranma harakatlar qiladi. Natijada «r» 
tovushining hosil bo‘lishida ishtirok etadigan titrash hosil bo‘ladi.
Til uchini tepaga ko‘tarib turib, «t» tovushini bir dam bilan 
ketma-ket bir necha marta talaffuz etiladi. Ayni vaqtda tovushlar 
qatorining eng oxirini urg‘u bilan talaffuz etmoq kerak – ttt. 
Xuddi shu ishni «d» tovushi asosida ham amalga oshirish 
mumkin – «dd», «ddd», «dddd».

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin