Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

«
К
ovushim, kangla qushim. Yo‘rg‘alaydi juft ravishim
» 
o‘yini. Bu o‘yinda sinf o‘quvchilari partalararo kuch sinashishlari 
mumkin. O‘qituvchi she’riy hazillar orqali kovushning juftligi haqida 
o‘quvchilar bilan fikrlashadi va juft ravishlar ham ikki so‘zdan 
iboratligini uqtiradi. Shundan so‘ng ravishlar majmuasini tavsiya 
etadi. Qaysi guruh shular orasidan juft ravishlarni tezda aniqlab yozsa, 
o‘yinda g‘olib bo‘ladi. 
So‘zlar:
ochiq, oydin, eson, omon, qishin, 
yonma yon, boshdan oyoq, yozin, sekin, ochiq, asta, to‘kin.
 
Namuna:
ochiq-oydin, qishin-yozin, eson-omon. 
«Ravish» so‘z turkumini o‘rganishda mazkur so‘zlardan 
foydalanib gap tuzish, gapdagi ravishlarni ularning ma’nodoshi bilan 
almashtirish, ma’lum ma’noviy guruhga mansub ravishlar lug‘atini 
tuzish, ravishlardan foydalanib matnlar yaratishga oid zukkolar va 
topqirlar bellashuvlari mazkur so‘z turkumiga doir zaruriy bilim, 
ko‘nikma va malakalarini puxta egallashga,
dars jarayonida 
o‘quvchilarning ishchanlik faoliyatini oshirishga yordam beradi. 
«Olmosh» so‘z
turkumini o‘rganish. 
Ma’lumki, turkiy-
shunoslikda olmosh nafaqat ot, sifat, son, balki fe’l, ravish, taqlidiy 
so‘zlar, undovlar va hatto matnni ham almashtirishi, ularga ishora 
qilishi ma’lum. Shuni nazarda tutib, mazkur so‘z turkumi barcha 
mustaqil so‘z turkumlaridan keyin o‘qitiladi. 
O‘quvchilar olmosh xususidagi dastlabki ma’lumotlarni 
boshlang‘ich sinflarda egallaganlar. Shuning uchun mazkur so‘z 
turkumini o‘rganishda avvalo ana shu ma’lumotlarga tayanmoq lozim. 
Ular oldin egallangan bilimlarga asoslanib, berilgan gaplar yoki 
matnda ajratilgan so‘zlar (olmoshlar) qaysi so‘z, gap, voqea-
hodisaga ishora qilayotganligini aniqlashlari mumkin. 
«Olmosh» so‘z turkumi xususidagi izchil bilimlar 7-sinfda 
beriladi. O‘quvchilar berilgan gap juftlarida ajratilgan so‘zlar oldingi 
gapdagi qaysi so‘zga ishora qilayotganligini aniqlash, ularning 
gapdagi vazifasini tushuntirish; bir gapni ikki yoki uch gapga ajratish, 
gaplarni o‘zaro mazmunan bog‘lashda olmoshlardan foydalanish; 
berilgan gap juftlarini bir gapga birlashtirish; olmoshlarni qatnashtirib 


216
gaplar tuzish singari amaliy topshiriqlar orqali bu so‘z turkumi 
xususida ma’lumotga ega bo‘ladilar. 
Shundan so‘ng olmoshlarning ma’no guruhlari o‘rganiladi. 
«
К
o‘rsatish olmoshlari» mavzusi o‘rganilar ekan, 
bu, shu, o‘sha, u 
olmoshlari gapdagi biror so‘zni aniqlab kelishi ham, matndagi biror 
tushuncha yoki fikrga ishora qilib, uni almashgirib kelishi ham 
mumkinligini bilib oladilar. Mazkur mavzuni o‘rganishda asosiy 
e’tibor bu olmoshlarning ma’nosi, imlosi, talaffuzi va qo‘llanilishiga 
qaratiladi. 
К
ishilik olmoshlari xususidagi dastlabki ma’lumotlar 
boshlang‘ich sinfda, shuningdek, 5-sinfda berilgan. 7-sinfda esa bu 
bilimlar takomillashtiriladi. 
O‘quvchilar shaxs, predmet, voqeaga ishora etuvchi olmoshlarni 
puxta egallashlari uchun gap yoki matndan darslikda berilgan 
(masalan, 
Rahimjon bugun xursand. U chigal jumboqni echdi. 
Rasmda chiroyli manzara tasvirlangan ekan. Bunday rasmlardan biz 
ona tili mashg‘ulotlarida tez-tez foydalanamiz

men, sen, u, biz, siz, 
ular, bu, shu, o‘sha, ana, mana, mana bu, anavi 
singari olmoshlarning 
nimalarga ishora etayotganligini aniqlashlari, matndagi yoki 
gaplardagi so‘z, so‘z birikmasi, gap, voqea-hodisa tavsifini ishora 
so‘zlar bilan almashtirishlari, bu so‘zlarning ma’nosini sharhlashlari, 
shunday so‘zlardan foydalanib matn yaratish kabi amaliy ishlarni 
bajarishlari maqsadga muvofiqdir. 
O‘zlik olmoshi predmetni aniqlab yoki ta’kidlab ko‘rsatish uchun 
xizmat qiladigan olmoshdir. O‘quvchilar berilgan gaplardagi 
ko‘rsatish, kishilik olmoshlarini 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin