211
Respublikasining «Davlat tili» to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilingan
kun va h.k.
Berilgan arabcha raqamlarni rim raqamlari va so‘zlar bilan yozish
ham o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirishda o‘ta muhimdir.
Masalan, 6-sinf–VI sinf–oltinchi sinf o‘quvchilar rim raqamlaridan
keyin chiziqcha qo‘yilmasligini esda saqlab qolishlari talab etiladi.
Sonlarni o‘rganishda o‘quvchilarni soatda ko‘rsatilgan vaqtni
o‘qishga o‘rgatish ham juda zarurdir. Bu ishni bajarishda sinf
o‘quvchilarini ikki yoki uch guruhga bo‘lib,
muayyan vaqt
ko‘rsatilgan rasmlarni namoyish etiladi. O‘quvchilar soatda
ko‘rsatilgan vaqtni daftarlariga yozib boradilar hamda bu vaqt
birliklarining ma’nodoshlarini topadilar. Masalan, rasmda soat mili 8
dan 45 daqiqa o‘tganligini ko‘rsatib turibdi. O‘quvchilar bu vaqtni
sakkizu qirq besh daqiqa, chorakam to‘qqiz, o‘n besh daqiqa kam
to‘qqiz
deb yozadilar. O‘quvchilar sutkaning boshlanishi deb yarim
kun (kech soat 24 yoki 00 soat) qabul qilinganligini,
shuning uchun
yarim kundan tushgacha (kunduz soat 12.00 gacha) soat hisobi 0, 1, 2,
3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12 deb o‘qilishini, tushdan yarim tungacha
esa soat 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24 (yoki 00) deb
o‘qilishini esda tutishlari zarur. Imlo va talaffuz bilan bog‘liq bo‘lgan
bu amaliy ko‘nikmalarni singdirishda ham o‘yinlardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: