103
Qo‘shimcha topshiriqli bayon
, asosan, ona tili darslarida
o‘tkaziladi. Bunda biror grammatik qonun-qoida asosida olingan
bilimni ko‘nikma va malakalarga aylanish ko‘zda tutiladi. Masalan,
so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi,
moslashuv, boshqaruv, bitishuv,
gapda
so‘zlar tartibi, gap bo‘laklari, gapning uyushgan bo‘laklari, ko‘chirma
va o‘zlashtirma gap, sinonim so‘zlar, ritorik so‘roq gaplar, inkor
gaplar, tinish belgilarining ishlatilishiga oid nazariy bilimlar
o‘rganilgach, qo‘shimcha topshiriqli bayon o‘tkazish
maqsadga
muvofiqdir.
Saylanma bayonda
matnning hammasi yozilmaydi, balki
o‘quvchilar bir necha qismli matning xohlagan
bir qismi yuzasidan
bayon yozadilar. Bunda o‘quvchilarga erkinlik beriladi, ular o‘zlariga
yoqqan, qiziqtirgan biror qismni saylab oladilar. Bu bayon turining
ahamiyati
shundaki, o‘quvchilar keng hajmli mazkur asar haqida
yaxlit tasavvurga ega bo‘ladilar, undagi qismlar orasidagi bog‘lanishni
tushunib yetadilar va saylab olingan qism mazmuniga ongli,
ijodiy
munosabatda bo‘ladilar, tafakkur va nutqlari tezroq rivojlanadi,
mustaqillik, saylab olish, tanlash ixtiyori ularni quvontiradi. Uni
tashkil etishda o‘qituvchi matnni bir marta ifodali o‘qib beradi, reja
tuzmasdan ham yozishga kirishish mumkin.
Dostları ilə paylaş: