114
1. si...(sinch)
ti...(tinch)
ga...(ganch)
ta...(tancha)
qa...(qancha)
shu...a(shuncha)
2. sa...ar(sarvar)
ga...ar(gavhar)
se...ir(sezgir)
ra...(rahm)
ra...ar(rahbar)
za..ar(zargar)
O‘quvchilardan qaysi biri topshiriqni to‘g‘ri bajarsa, o‘yin g‘olibi
hisoblanadi.
«Aytiladigan so‘zlarga – at qo‘shimchasini qo‘shib so‘zlarni
to‘g‘ri yozing»
o‘yini.
O‘quvchilarga oxiri –
iy
qo‘shimchasi bilan tugagan so‘zlar
(
zaruriy, majburiy, xususiy, qonuniy, rasmiy, qat’iy, madaniy, she’riy
va h.k.) aytib turiladi. O‘qituvchilardan bu so‘zlarga –
at
qo‘shimchasini qo‘shib yozish talab etiladi. (Masalan,
zaruriyat,
majburiyat, xususiyat, qonuniyat, rasmiyat, qat’iyat, madaniyat,
she’riyat
va h.k.). So‘zlarni xatosiz yozgan guruh o‘yin g‘olibi
sanaladi. Guruh o‘quvchilari yo‘l qo‘ygan xatolarni aniqlashda o‘zaro
tekshirishdan foydalanish ham mumkin.
«Nega lug‘atda buva so‘zi buvi so‘zidan oldin yoziladi?»
o‘yini. Bu o‘yinda o‘quvchilar lug‘atlarida so‘zlar
faqat birinchi harf
bilan emas, balki keyingi harflarning ham alifboda berilish tartibiga
joylashtirilishini sharhlaydilar. Ular
buva
so‘zidagi to‘rtinchi
harfi
a
,
buvi
so‘zidagi to‘rtinchi harfi
i
dan alifboda
oldin joylashganligini
aytadilar. Lug‘atda u yoki bu so‘zning joylashish tartibini to‘g‘ri
sharhlab bergan o‘quvchi o‘yin g‘olibi sanaladi.
Fan-texnika tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan,
odamlarning turli
xildagi ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar, izohli lug‘atlar
bilan
ishlashiga ko‘proq ehtiyoj sezilayotgan bir paytda so‘zni lug‘atdan tez
topish ko‘nikma va malakalari ustida ish olib borish ona tili ta’limi
oldida turgan muhim talablardan biridir. Ana shu maqsadda ayniqsa,
Dostları ilə paylaş: