www.ziyouz.com kutubxonasi
50
SHAQOVOTNING ALOMATLARI VA YOMONLIGI Shaqiy — dindor ko‘rinib, har xil gunoh qilishdan toymaydigan kimsa. Bu haqda Payg‘ambarimiz
shunday deganlar:
«Bir kishining shaqiy ekani shu alomatlaridan ma’lum bo‘ladi:
1.
Ilmi bor, amali bo‘lmaydi.
2. To‘g‘ri va halol ish qilmaydi.
3.
Yaxshi insonlar majlisida huzurni buzadi».
Zulm qilishdan chekinmoq, qo‘rqmoq kerak. Zulm — kishi uchun oxirat qorong‘uligidan boshqa
narsa emas. Zulm uch qismga bo‘linadi:
1. Amri va ta’siri ostida bo‘lganlarga yomonlik qilib, ularni qiynash.
2. Alloh taoloning amrlariga qarshi bo‘lish.
3. Zolim kimsalar bilan birga bo‘lib, ularga yordam berish.
Shu uch sifatdan biriga ega bo‘lgan kishi zolimdir.
Zolimlarning joyi esa jahannamdir.
Ey, farzand!
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«O’zida uch gunoh-kibr, hasad, omonatga xiyonatdan biri ham topilmagan kishining joyi
jannatdir.
Har narsaning boshi sabrdir. Bosh kesilsa, gavda halok bo‘ladi. Sabri bo‘lmagan kimsaning dini
ham yo‘q!»
Ey,farzand!
Bishri Xofiy hazratlari marhamat etadilar:
«Dunyoda aziz, oxiratda xushbaxt bo‘lmoq uchun shu uch narsadan saqlanish kerak:
1. Allohdan boshqasidan bir narsa istash va kutishdan.
2.
Bir kishining orqasidan qusurini gapirmoqdan, ya’ni g‘iybat qilmoqdan.
3.
Qo‘li bilan qo‘ymagan, o‘ziga oid bo‘lmagan narsani (ruxsatsiz) olmoqdan.
Alloh taolo uch toifa insonni sevadi:
1.
Faqir bo‘lgani holda jo‘mard (himmatli, saxiy) bo‘lganni.
2.
Zolim yonida ham to‘g‘ri gapirganni.
3.
Hech kim bo‘lmagan joyda ham Allohdan qo‘rqqanni». Hazrati Muso Alloh taolodan so‘radilar:
«Ey, har nedan yuksak, har kimdan buyuk Allohim! Eng qattiq jazo beradigan qullaring kimlar?»
Alloh marhamat etdi:
«Bir kishiga «Allohdan qo‘rq!» deyilsa, u kishi g‘azablanib:
«Menga Allohdan qo‘rqishni sen o‘rgatmoqchimisan?!» deya qarshilik ko‘rsatganga eng qattiq jazo
beraman, eng shiddatli azobimni yuboraman. Agar o‘sha kishiga «Allohdan qo‘rq!» deyilganda,
«Albatta, qo‘rqaman!» desa, o‘sha qulimni rahmatim bilan yorlaqayman, dunyo va oxirat murodi ne
bo‘lsa, beraman!»
Ey, farzand!
Qilgan ishlarining gunohi yuziga solinmasligi, holini tuzatgan kishi o‘tmishi tufayli ayblanmasligi
kerak. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar:
«Bir kishi boshqa bir kishining o‘tmish gunohini yuziga solsa, uni kechmishi bilan ayblasa, Alloh
taolo o‘sha ayblagan kishini ayni ayb bilan dunyodan oxiratga yo‘llaydi. Bunday kishiga tavba ham
nasib bo‘lmaydi».
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mana shularni la’natlanganlar deganlar:
1. Ota-onasiga osiy bo‘lib, dunyodan o‘tganlar.
2. Bir halol, pok hayvonni Alloh rizosi uchun emas, Allohdan boshqaning nomiga qurbonlik
qilganlar.
3.
Qizi bilan zino qilgan otalar.