QABR ZIYORATI VA AHAMIYATI
Ey, farzand!
Qabristonda kulish harom. U yerda kulganga Alloh uhud tog‘i og‘irligicha gunoh yozadi.
Qabristonda gunohlarini eslab, ichkin-ichkin yig‘lagan kulib-kulib jannatga kiradi. Qabristondan ibrat
olib, marhumlar holiga achingan kishi jahannamdan qutiladi.
Ey, farzand!
O’tgan kunlar o‘tmishda yashaganlarniki. Ertangi kunlar ham bizniki emas. Kun bugungi kundir.
Bu kunni qadrlash, qadrini bilish,
umrni bandalik xizmatidan uzoq, nafs amri va xizmatida o‘tkazmaslik
kerak. Har kecha-kunduz hol tili bilan bizlarga shunday hayqirmoqda:
«Ey, Odam farzandi! Fursatni qo‘ldan berma. Xizmatingdamiz. O’tgan kunning bir daqiqasini ham
qaytarib bo‘lmaydi. Ko‘zingni och! Kun kelib, sen ham ismi-jismi unutilganlar orasiga kirasan. Ketib,
nelarni ko‘rajaksan? Har ishing, har narsang bilan o‘limga hozirmisan»?
Ey, farzand!
Qiyomat kunida mahshar yeriga qarab azob farishtasi chiqib keladi. Ko‘rganlar qo‘rquvdan qotib
qolishadi. Jabroil (a.s.) undan so‘raydilar:
—
Ey azob farishtasi! Qayerdan kelyapsan?
—
Jahannamdan kelyapman, — deydi .
—
Maqsading nima? — deb so‘raydilar Jabroil (a.s).
—
Besh toifa
insonni talab qilaman, — deydi.
— Ular kimlar? — deb so‘raydilar Jabroil alayhissalom. Farishta ularni navbati bilan sanaydi:
1.
Besh vaqt farz namozlarini tark etganlar.
2.
Mast qiluvchi ichimlik ichganlar.
3.
Boyligidan zakot bermaganlar.
4.
Ota-onasini ranjitganlar.
Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
53
5. Masjidlarda dunyoviy so‘zlarga muhabbat qo‘yganlar va mahshargohda shu besh xil insonlarni
bir-bir yutib, to‘g‘ri jahannamga kirib ketadi.
Ey, farzand!
Odam qancha ko‘p yashasa ham, baribir o‘ladi. So’nggi nafasida imon bilan ketish-ketmaslik,
qabr, mahshar... va hokazo. Yo‘l tahlikalarga to‘la. Tutib qolish mumkin bo‘lgan narsa — Alloh rizosi
uchun qilgan qullik xizmatidir. Yana Allohning yaratganlariga bergan yordam —
insoniy xizmat ham
ko‘makka kelishi mumkin. Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Har qanday kishi o‘lib, ruhi tanini tark etgach, shunday bir ovoz keladi:
«Sen dunyoni tark etdingmi yo dunyo seni?
Sen dunyo yig‘dingmi yo dunyo seni yig‘dimi?
Sen dunyoni o‘ldirdingmi yo dunyo seni o‘ldirdimi?»
Yuvmoq uchun taxtaga olishganda uch marta ustma-ust shunday ovoz keladi:
«Kuch-quvvatli taning bor edi. Uni bu qadar zaif qilgan nima? Juda shirin tiling bor edi. Chiroyli
so‘zlar aytarding, go‘zal-go‘zal suhbatlasharding. Endi seni kim jim qildi?
Qancha-qancha sen sevgan dunyoviy do‘stlaring bor edi. Qani ular? Endi qaydalar? Seni nechun
bunday yolg‘iz tashlab ketdilar?» Kafanga o‘ralganda shunday bir tovush keladi: - «Xarjliksiz, oziqsiz
uzun yo‘lga chiqilurmi? Borsa kelmas uzoq yo‘lga chiqqaningni bilajakmi? Ey, oxirat yo‘lchisi! Agar
Alloh
rizosini qozonib, bu yo‘lga chiqqan bo‘lsang, senga mujdalar bo‘lsin! Agar uning g‘azabiga loyiq
holda bunday yo‘lga chiqqan bo‘lsang, holingga voy bo‘lsin!» Tobut qabr chetiga qo‘yilganda shunday
bir ovoz keladi: «Ey, Odam farzandi! Kelib joylashajaging bu qabrdagi uy uchun qanday xozirlik
ko‘rding? Bu qorong‘u joy uchun nur-yorug‘lik keltirdingmi?»
Qabrga qo‘yilgach, yana bir ovoz keladi:
«Ey, inson farzandi! Ustimda kulib yurarding, Endi ichimda yiglayapsan, Ustimda bulbulday
sayrarding. Endi qornimda jimsan».
Dafn
ishi tugab, xalq qabrdan uzoqlashgach. Alloh taolodan bir nido keladi:
«Ey, Mening qulim! Yolg‘iz qolding. Seni bu qorong‘u joyga — qaro yerga do‘stu yoring, tengu
to‘shing tashlab ketdilar. Holbuki, ular sening yaqinlaring, qarindoshu do‘stlaring edilar. Bu holga
tushmasliging uchun hech kimning biror foydasi bo‘lmadi. Sen esa, Mening amrlarimga doim qarshi
chiqarding. Qilingan nasihatlarni tinglamasding. Endi esa haqiqatlar bilan yuzma-yuzsan.
Seni bu qaro yerda — qorong‘u joyda yolg‘iz qoldirmoq Mening sha’nimga yarashmas. Izzatim va
Jalolim
haqqi Men senga shafqatla, rahmatla muomalada bo‘laman. Endi senga ota-ona farzandiga
ko‘rsatgan shafqat va marhamatdan ko‘proq shafqat va marhamat ko‘rsataman.
Seni mamnun qilmoqchiman!» deb qabrni jannat bog‘laridan bir bog‘ holiga aylantiradi va
ichkarisini qiyomatga qadar do‘stu yorlik qiladigan hurlar va g‘ilmonlar bilan to‘ldiradi. Qiyomatgacha
birga jannat ne’matlaridan foydalanadilar».
Ey, Odam farzandi!
Seni yo‘qdan bor etgan Alloh taoloning buyukligiga, shafqat va marhamatiga boq! U
naqadar
buyuk Sultondirki, bunday gunohkor qullarining gunohini kechiradi va U na qadar marhamatli bir
Zotki, har kun minglarcha martalab qullarining ishlarini ko‘rib, berkitadi. Biror kishining gunohini,
aybini yuziga solmas!
Uning ishlari O’z sha’niga munosib, O’z sha’niga yarashiqlidir. Qulning vazifasi — qullikka munosib
bo‘lmoq, qulga yarashganini bajarmoqdir. Qullik mavqei — xizmat mavqeidir! Alloh taologa xizmat!
Yaratganning
xurmati uchun, rizoligi uchun yaratganlariga xizmat!
Allohim! Biz ojiz bandalaringni so‘nggi nafasimizgacha O’zingni xizmatingda bo‘lmog‘imizni nasib
va muyassar ayla.
Farzandlarimizni imon va islomda sobitqadam qil.