qonunda tadbirkorlarga o'z mol-mulkidan foydalanish erkinligi, maxsulotlami
taqsimlash mustaqilligi,
huquqiy tenglik, ixtiyoriy ishga yollash, cheklanmagan daromad olishga imkoni kafolatlanadi. Odatda tadbirkorlar qonunlar man etmagan har qanday faoliyat - bilan
shug'ullanishga haqli bo'ladi. Tadbirkorlik faoliyati mavhum bo'lmay, aniq, ochiq-oydin ishda, ya'ni
turli-tuman firmalar, kompaniyalar va korxonalar ishida o'z ifodasini topadi.
Tadbirkorlikning o'z
axloqiy qoidalari bor, ulardan eng muhimi halollik va haromdan xazar qilishdir. Bu qoida islom ta'limotida qo'llanis hi shart deb bilinadi. Alloh taolo Qur'oni Karimda «halol va pokiza nafaqa englar va solih ishlar bajaringlar» deb buyurgan. Hadisi shariflardan birida payg'ambarimiz «halol nafaqa bilan ta'minlash har bir musulmon uchun farzdir» - deganlar. Islom ta'limotiga ko'ra mehnatsiz qo'lga kiritilgan luqma haromdir. Tadbirkorlar
xam o'z risqu nasibasini halol mehnat bilan topishlari shart, halollik — imijga ega bo'lishni
kafolatlaydi.
Tadbirkorlikni
yo'lga qo'yishning quyidagi uchta muhim shakli bor: yakka holda tadbirkorlik qilish, shirkat va korporatsiya (kooperativ). Yakka holda tadbirkorlik qilish eng oddiy shakl bo'lib, bunda boshqaruv ishlarini bir odam
olib boradi, lekin bu barcha ishni bir odam bajaradi degani emas. Yakka holdagi tadbirkorlikka
asoslangan korxonada juda ko'p
yollangan ishchilar me hnat qiladigan joylar bor. Agar ishni bir kishn
olib borsa, demak, u sohibkor hisoblanadn. Sohibkor nazorat qiladi, butun ma'suliyatni o'z zimmasiga
oladi va tushgan daromadni hisoblab turadi. Tadbirkorlikni yo'lga qo'yishning mazkur shakli bir
qancha
afzalliklarga ega. Bunda tadbirkor tijorat faoliyatini hech bir
shartnomasiz, faqat o'z qaroriga
ko'ra boshlashi mumkin. Uning o'zi qabul qiladigan qaror
shaxsiy qaror bo'lib, u sherikka ham,
direktorlar kengashiga ham bog'liq bo'lmaydi. Bundan tashqari tadbirkor faqat o'z qarori uchun javob
beradi va shunga asoslanib ish tutadi.