Ferme rlar, tomorqa xo'jaligi sohiblari, dala hovli egalari. 4.
Jamoa va aktsionerlar mulkining birgalikdagi egalari.
5.
O'z korxonasiga ega, o'zgalarni yollab ishlatuvchi mulk sohiblari.
Aytilgan toifalar tadbirkorlik faoliyatining sub'ekti, ular o'zaro munosabatda bo'ladilar.
Tadbirkorlik mulkiy munosabatlar doirasida yuz beradi. Mulkchilik turli-tuman bo'lganidan
tadbirkorlik ham bir xil emas. Uni xususiy faoliyat bilan cheklab bo'lmaydi.
Xususiy tadbirkorlik bilan bir qatorda jamoa, individual-oilaviy, davlat, aralash (qo'shma) tadbirkorliklar ham bo'ladi. Tadbirkarlik turli mulk qorishmasiga tayanishi mumkin. Masalan, aktsioner jamiyat
doirasidagi tadbirkorlikda, xususan, jamoa, davlat va xorijiy kapital qatnashishi mumkin. Tadbirkorlik
rivojlangan jamiyatda mulk egalari ko'payganidan mol- mulkni talon-taroj qilgandan ko'ra, uni
avaylash va ko'paytirish iqtisodiy jihatdan hamma uchun ma'qul bo'ladi.
Tadbirkorlikning
muhim belgilari yoki amal qilish printsiplari quyidagicha: 1. Mulkiy munosabatlarning ishtirokchisi bo'lish ishlab chiqarish omillarining
barchasiga yoki ba'zi biriga va
yaratilgan tovarlarga egalik qilish. 2 Iqtisodiy e rkinlik, xo'jalik
faoliyati turini tanlash, uni
resurslar bilan ta'minlash, oldi- sotdi ishlarini yuritish, ishlab chiqarishni boshqarishda erkinlik.
3.
Iqtisodiy xatti- harakatlar uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olish;
ish natijasiga javob berish, tavakkal qilib ish yurita olish, iqtisodiy xatarli is hga qo'l urish 4. Foyda olishga intilish; foydaga erishish chora-tadbirlarini ko'rish, olingan foydani o'z
bilganicha ishlatish.