9-bob. Tadbirkorlik, xususiylashtirish va mulkni davlat tasarrufidan chiqarish § 1. Tadbirkorlik. Uning mohiyati, shakllari va ahamiyati.
§ 2. O'zbekistonda xususiylashtirish jarayonlarining o'ziga xos tomonlari va bosqichlari. § 3.
Aktsiyalashtirish- xususiylashtirishning asosiy yo'nalishidir. § 4. O'zbekistonda iqtisodiy
islohotlaming ikkinchi bosqichida xususiylashtirishni chuqurlashtirishning asosiy vazifalari.
§ 1.
Tadbirkorlik. Uning mohiyati, shakllari va ahamiyati Bozor iqtisodiyoti biznesga asoslangan iqtisodiyotdir. Biznes biror ish yuzasidan bo'lgan
ishbilarmonlarning iqtisodiy munosabatidir. Biznes bilan shug'ullanuvchilarni ishbilarmonlar yok i
biznesmenlar deb yuritadilar (inglizcha business - ish, man - odam).
Biznes munosabat sifatida bir qator belgilarga ega: bizneschilar o'z manfaatiga ega, foyda
olishga intiladi- lar, xatarli ishga qo'l urishga tayyor, tashabbuskor, ishning siru asrorlarini biladigan,
o'zaro iqtisodiy aloqalar madaniyatini egallagan bo'ladilar, ularning aloqalari hamma ishtirokchilari
uchun naf keltiradi.
Biznes -
bu ruxsat etilgan, jamiyat a'zolariga naf keltiruvchi faoliyat bilan shug'ullanib, pul, daromad topishni bildiradi. Biznes keng ma'nodagi qonuniy yo'l bilan daromad topishga qaratilgan faoliyatdir. Madaniylashgan bozor iqtisodiyoti pul topishning g'ayri qonuniy usullanni tan olmaydi. Shu boisdan
qalloblik, tovlamachilik, poraxo'rlik, o'g'irlik, fohishalik, tilamchilik, bosqinchilik, narkotik moddalar
bilan shug'ullanib pul topish kabilarni haqiqiy biznes deb atash mumkin emas. Man etilgan yo'llar
bilan daromad topishni biznes munosobati inkor etadi. Ammo ijtimoiy hayotda g'ayri qonuniy yo'l
bilan pul topish uchrab turadi, lekin bu bozor munosobati qonunlari bilan boqliq emas. Biznes
ishbilarmonchilik munosabati sifatida o'z ishtirokchilariga ega. Ular jumlasiga:
-