§ 5. Aholiga maishiy xizmat ko'rsatish tarmog'ini qayta qurish Maishiy xizmat ko'rsatish. milliy iqtisodiyotning o'ziga xos sohalaridan biridir. Hozir
O'zbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat ko'rsatish xizmatining o'z an'analari va tarixiga ega
bo'lgan tizimi shakllangan. Maishiy xizmat sohasida 130,0 ming kishi yoki respublika iqtisodiyot
tarmoqlarida band bo'lgan jami ishchi va xizmatchilaming 8%dan ko'prog'i ishlaydi. Respublikada
60,0 mingdan oshiq modalar atelelari, salonlar, qabul punktlari ishlayapti. Aholiga maishiy xizmat
ko'rsatish iste'molchilar bilan bajaruvchilar o'rtasidagi munosabatdir. Bu munosabatlami tartibga solish
uchun Respublika Vazirlar mahkamasining qarori bilan O'zbekiston respublikasi aholisiga maishiy
xizmat ko'rsatish qoidalarini ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Tizim korxonalari aholiga SOOdan ortiq xizmat turini ko'rsatadi. Ular poyafzal, kiyim kechak,
trikotaj buyumlarini yakka tartibda tikish, to'qish va ta'mirlash, radio-televizion apparaturalar,
ro'zg'orda ishlatiladigan asboblar, metal buyumlarini tuzatish va yasash, shaxsiy transport vositalariga
texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash, mebellarni ta'mirlash, kiyimlarni kimyoviy usulda tozalash va
buyash, kir yuvish, suratga olish, xammom, sartaroshlik xizmatlari, ro'zg'or buyumlarini ijaraga berish,
transport xizmatlari, uy-joylar qurish va ta'mirlash xizmati, bog' va polizlarda qishloq xo'jaligi ishlarini
bajarish xizmati va boshqa shunga o'xshash ishlami bajaradi.
Aholiga maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari davlat, jamoa, koope rativ, s haxsiy, aktsiyadorlik kabi turlicha mulk shakllariga asoslangan korxonalardan iborat. Maishiy xizmat ko'rsatish korxonalarida har yili aholiga xizmat ko'rsatishning 150 dan ortiq turi
va usullari joriy qilindi. Barcha xizmat turla rining soni qariyb 800 ga etdi. Lekin aholiga maishiy
xizmat ko'rsatish aholining o'sib borayotgan talabini etarlicha qondira olmadi. Respublikaning ko'plab
qishloqlarida maishiy xizmat ko'rsatish talab darajasidan juda uzoq edi.
Aholiga maishiy xizmat ko'rsatishni yanada takomillashtirish maqsadida 1992 yil aprel oyida
aholiga
maishiy
xizmat
ko'rsatish
korxonalari
va
tashkilotlari
uyushmasi