1992 yil 3 iyulda «Avtomobil yo'llari to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. 1992 yil fevralda O'zbekiston avtomobil yo'llarini qurish va undan foydalanish davlat-
aktsionerlik kontsemi («Uzavtoyo'l») tuzilgan. Kontsern tarkibida Qoraqolpog'iston Respublikasi
va viloyat avtomobil yo'llari boshqarmalari, 163 tuman avtomobil yo'llari boshqarmalari, 532
yo'llarni asrash va ulardan foydalanish bo'limlari, «O'zyo'lloyiha» respublika yo'l va inshootlar
qurish, qayta qurish va ta'mirlash bo'yicha loyiha-qidiruv instituti, ko'prik temir-beton qurilmalari
zavodi va boshqa korxonalar bor.
20-asr boshida O'zbekistonda 27 ming km yo'l bo'lib, asosan ot arava, karvon va
yo'lovchilarga mo'ljallangan, shundan faqat
2 ming km.ga shag'al yotqizilgan edi. Respublika
mustaqillikka erishganidan keyin mavjud avtomobil yo'llarini xalqaro andozalarga moslash,
yo'llarni saqlash va ta'mirlash, yangi barpo etilayotgan sanoat rayonlarini xalqaro magistrallar bilan
bog'laydigan yo'llar qurilishi masalalariga e'tibor kuchaydi. Bu borada O'zbekiston Xitoy va
Pokistonga chiqish imkoniyatini beruvchi Andijon-0'sh-Ergashtom-Qashqar avtomobil yo'lini
ishga tushirishdi (1997 yil 21 iyul).
Hind okeaniga chiqish imkonini beradigan Termiz-Xirot- Karachi avtomobil yo'li qurilishida o'z ulushi bilan qatnashmoqda. Respublika o'zida Farg'ona
vodiysi bilan Toshkent vohasini Qamchiq dovoni orqali bog'laydigan yirik avomobil yo'li hamda
Qo'ng'irot-Beynov avtomagistrali qurilishi oxirlab qoldi.
Respublikada jami yo'llarning 95,6%)iga qattiq qoplamalar yotqizilgan, jumladan, tsement-
beton qoplamali yo'llar 0,8%) (336 km), asfalt beton qoplamali yo'llar 49,6%) (21819 km), qora
shag'alli va qora qoplamali yo'llar 40,6%) (17796 km)ni tashkil etadi.
Havo transports O'zbekiston jahondagi ko'p mamlakatlaming poytaxtlari, yirik shaharlar,
sanoat markazlari bilan havo yo'llari orqali bog'langan.